Refraktometriya usulining qo’llanilishi
Davlat farmakopeyasiga optik usullardan refraktometriya usuli ham kiritilgan bo’lib, bu usul nazorat analitik laboratoriyalarida, dorixonalarda, dori-darmonlar sifatini nazorat qilishda keng qo’llaniladi. Refraktmetriya usulidan dori moddalarning chinligi, tozaligi va ularning eritmadagi konsentratsiyasini tahlil qilishda fordalaniladi. Berilgan to’lqin uzunlikda tiniq va toza har qanday suyuqlik, eritma, kristall faqat o’ziga xos qiymatiga ega bo’lgani uchun mazkur qiymat tahlil etiluvchi moddaning chinligini aniqlashda ishlatiladi.
Refraktometr tozalangan suv yordamida sozlanib, buning uchun kamida besh marotaba nur sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi va tozalangan suvning aniqlangan nur sindirish ko‘rsatkiclari bilan solishtirilganda farq 0,0002 dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Eritmalarda dori moddalarining konsentratsiyasini nur sindirish ko’rsatkichi asosida o’quv qo’llanmalarda keltirilgan maxsus jadvallardan yoki quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi. Eritmaning nur sindirish ko‘rsatkichi formula bilan ifodalangan uchun, eritmaning konsentratsiyasi formula bilan hisoblanadi.
C- eritmaning foiz konsentratsiyasi;
n - eritmaning nur sindirish ko‘rsatkichi;
n0 - erituvchining nur sindirish ko‘rsatkichi;
F - refraktometrik omil bo‘lib, eritma konsentratsiyasi 1% ga o‘zgarganda nur sindirish ko‘rsatkichi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadigan kattalik.
Aniqlanuvchi eritma bir nechta moddalardan iborat bo‘lsa, nur sindirish ko‘rsatkichi erituvchining va eritmadagi moddalar nur sindirish ko‘rsatkichlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi n=n0+n1+n2+.........ni yoki n=n0+C1F1+C2F2........CiFi Aniqlanuvchi eritma tarkibida bir necha dori modda saqlagan eritmalar miqdorini aniqlashda , ulardan faqat birini refraktometrik usul bo’yicha aniqlash mumkin, qolgani esa oldindan tegishli kimyoviy usullar yordamida aniqlangan bo’ladi. Bir necha moddalardan iborat bo’lgan eritmadagi moddalardan birining konsentratsiyasi quyidagi hisoblash formulasi yordamida aniqlanadi: n - murakkab tarkibli eritmaning nur sindirish ko‘rsatkichi; n0 - erituvchining nur sindirish ko‘rsatkichi; S1,S2,Si - eritmadagi moddalarning foiz konsentratsiyasi; F1,F2,Fi - refraktometrik omillar.
Tekshirilayotgan eritmaning konsentratsiyasini refraktometrik jadval yordamida aniqlashda uning o’lchab olingan nur sindirish ko’rsatkichi va konsentratsiyasi jadvalda keltirilgan sonlarga mos kelmay, farq qilsa, u holda moddaning miqdori interpolyatsiyasi yo’li bilan hisoblab chiqariladi. Bu aniqlanayotgan eritmaning nur sindirish ko’rsatkichiga refraktometrik jadvalda yaqin keladigan ikkita ma’lum qiymatdan foydalanib, eritmaning konsentratsiyasini hisoblab chiqarishga asoslangan. Nur sindirish ko‘rsatkichining qiymati asosida, aniqlanuvchi modda konsentratsiyasini refraktometrik jadvaldan foydalanib aniqlash ham mumkin. Bunda ko‘pincha jadval qiymatlarini interpolyatsiyalashga to‘g‘ri keladi.
Refraktometrik jadvalni interpolyatsiyalash, nur sindirish ko‘rsatkichining butundan keyingi to‘rtinchi qiymatiga mos kelgan konsentratsiyadagi farqni refraktometrik jadval ma’lumotlari asosida topib, so‘ng eritma konsentratsiyasini hisoblashdan iborat. Nur sindirish ko‘rsatkichining butundan keyingi to‘rtinchi xonasiga mos konsentratsiya quyidagi formuladan topiladi:
formulada: b - nur sindirish ko‘rsatkichining butundan keyingi to‘rtinchi xonasiga mos kelgan konsentratsiya - nur sindirish ko‘rsatkichining butundan keyingi to‘rtinchi xonasi qiymati - refraktometrik jadvaldan olingan konsentratsiyadagi farq. Eritmaning konsentratsiyasi esa quyidagicha hisoblanadi:
Х%=С+b=9,80+0,12=9,92%
Interpolyatsiyalashni yuqorida berilgan qiymatlar asosida ushbu usul bilan ham bajarish mumkin.1,3480-1,3474=0,0006 bunda 1,3480-refraktometrik jadvaldan olingan nur sindirish ko‘rsatkichining yuqori qiymati 1,3474-nur sindirish ko’rsatkichining aniqlangan qiymati Х%=С-b=10,10-0,18=9,92%
C - nur sindirish ko’rsatkichining yuqori qiymatiga mos konsentratsiya.
Moddaning ma’lum konsentratsiyaga mos keladigan refraktometrik omilini, uning dastlabki refraktometrik omili asosida F=F0kC formula yordamida hisoblash mumkin.
F0 - moddaning 1% li eritmasiga mos kelgan refraktometrik omili
k - tuzatish koeffitsiyenti
C - eritma konsentratsiyasi
Refraktometriya usuli farmakopeya usuli hisoblanadi. Bu usuldan qator dorivor suyuqlik, erituvchi va eritmalar: masalan, nikotin kislotasining dietilamidi tokoferol atsetat-E vitamin (1,496-1,4985), metilsalitsilat(1,535-1,538), ftoratan (3,3695-3,3705), vinilin (1,450-1,457), evkalipt moyi (1,458-1,47), kanakunjut moyi(1,475-1,48), shaftoli moyi (1,451-1,454) va boshqalar chinligini aniqlashda foydalaniladi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki odamlar va hayvonlar kasallanganda ularning qoni, siydigi va orqa miya suyuqligidagi tuz, qand va oqsillarning konsentratsiyalari o’zgarib ketadi, natijada ularning nur sindirish ko’rsatkichi ham o’zgaradi. Shuning uchun nur sindirish ko’rsatkichining normal qiymatdan chetlanishiga qarab, ba’zi kasalliklarni diagnostika qilish maqsadida qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |