Mundarija № Kirish



Download 1,6 Mb.
bet126/173
Sana01.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#876078
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173
Bog'liq
Falsafa majmua

Umumiy ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pi 25 yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksadvazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.
Ayni paytda barchamiz yoshlar dunyoqarashini kengaytirishimiz, imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniyaqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, ornomus, iroda, sharm- hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
Ko‘p narsa internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq. Shu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish