Mundarija : Kirish: I – bob: Fe`l haqida ma`lumot 1 Ingliz va o`zbek tillarida fe`l 1,2


Bitiruv malakaviy ishimning ilmiyligi va amaliy ahamiyati



Download 358,5 Kb.
bet2/19
Sana09.06.2022
Hajmi358,5 Kb.
#647548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Hozirgi zam (2)

Bitiruv malakaviy ishimning ilmiyligi va amaliy ahamiyati.
- bitiruv malakaviy ishning ahamiyati shundaki, mazkur bitiruv ishdagi materallar qiyosiy grammatika mashg`ulotlarida, amaliy grammatika mashg`ulotlarida foydalanish mumkin. Mavzuga oid barcha adabiyotlarni to`plash va ular asosida o`timsiz fe`llarni sintaktik – semantik qatlamlarini o`rganib chiqishdan iborat. Shu sohada ish olib brogan olimlarning fikriga tayangan holda “hozirgi zamon ingliz va o`zbek” tillarida o`timsiz fe`llarni badiy adabiyotdan olingan misollar asosida tahlilni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Bitiruv malakaviy ish – Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki bitiruv ishidagi materiallardan o`quv qo`llanmalar tuzish, tadqiqot izlanishlar natijasida to`plagan materiallar leksikologiya, amaliy grammatika so`zlashish nutqini o`stirishda, o`quv qo`llanmalar tuzishda keng qo`llanilishi mumkin.
I – bob: Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bobida ingliz va o`zbek tillaridagi so`z turkumlari haqida qisqacha ma`lumot berdim. Ingliz va o`zbek tillaridagi fe`l va uning turlaridan o`timsiz va o`timli fe`llar haqida to`xtalib o`tdim. Bundan tashqari hozirgi zamon ingliz va o`zbek tilidagi o`timsiz fe`llar haqidagi olimlarning fikrlarini, qarashlarini ularni gapda sintaktik vazifa bajarib kelishini misollar asosida yoritishga harakat qildim. Holatni yoki turg`unlikni bildiruvchi leksik-semantik guruhlarga kiruvchi o`timsiz fe`llar haqida to`xtalib o`tdim. Bundan tashqari harakatni bildiruvchi leksik – semantik guruhga kiruvchi fe`llar to start, to go, to come, to arrive, to march, to jump kabi fe`llarni tashqi muhitga bo`lgan ta`sirini ifodalovchi fe`llar haqida yoritib berishga harakat qildim. Tashqi muhitni ifodalovchi fe`llar quyidagilar: to laugh, to cry, to smile, to sorrow.
II – bob: Bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobida o`timsiz fe`llarning tahlili va ish – harakatning obyektga yo`naltirilishi o`timsizlik hodisasi ro`y beradi. O`timsizlik – fe`l birikmalari vositasida ham ifodalanishi mumkin. Hozirgi zamon ingliz tilidagi o`timsiz fe`llarning o`timli fe`llarga o`tishi oson. Deyarli hamma o`timsiz fe`llar ot bilan ishlatilishi natijasida o`timlilashib kauzativ ma`noga ega o`timsiz fe`llar gapning egasi bilan bevosita aloqador bo`ladi. O`timli fe`llar esa avval to`ldiruvchi bilan keyin ega bilan birikadi. Bundan tashqari o`timsizlikni fe`l birikmalari bilan ifodalanishi haqida to`xtalib o`tdim. Ingliz va o`zbek tillaridagi fe`l birikmalarni misollar asosida ko`rib o`tamiz.
She began to make bed – U o`rin solishni boshladi.
His coffee grew cold – Uning kofisi sovib qoldi.
She tried not smile too much – U ko`p kulmaslikga harakat qildi.
O`zbek tilida bunday fe`llarga afsus chekmoq, azob yemoq, ajrim bo`lmoq, abgor bo`lmoq va shunga o`xshash birikmalar kiradi. O`timli, o`timsizligi teng huquqli bo`lgan ikki xil ma`noli fe`llar deyiladi.
To move – siljimoq – siljitmoq
To stop – to`xtamoq – to`xtatmoq
To finish – tugamoq – tugatmoq
Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishimning II – bobida o`timli, o`timsizlikning birlamchi va ikkilamchiligi haqida to`xtalib o`tdim. Fe`lning o`timli, o`timsizlikka aylanish darajasiga qarab, fe`llar birlamchi o`timli, birlamchi o`timsiz, ikkilamchi o`timli va ikkilamchi o`timsizlarga bo`linadi.
Turli tillarning semantikasiga ko`ra ba`zi fe`llar otimlilikni, ba`zilari o`timsizlikni anglatadi. Ingliz tilida come, live, sleep. O`zbek tilida kelmoq, yashamoq, uxlamoq kabi fe`llar birlamchi o`timsiz fe`llardir. Ular egani to`g`ridan –to`g`ri aniqlaydi. Ikkilamchi o`timli, o`timsizlik turli yo`llar bilan ifodalanadi.
O`timli, o`timsizlik bilan aloqador bo`lgan so`z yasovchi morfemalar fe`l negiziga qo`shilish natijasida
Fe`lga nisbat formalarini yasovchi Grammatik morfemalar natijasida
Sintaktik usul bilan yangi ma`no yasash natijasida ikkilamchi o`timsizlik yuzaga keladi
II – bobimizning so`ngida ikki funksiya bajaradigan fe`llar haqida to`xtalib o`tdim. Suffikslar ma`lum nisbat bilan aloqador bo`lgan birnecha suffikslarni qo`yish mumkin. Nisbat yasovchi suffiks bir vaqtning o`zida ikki funksiya bajarib keladi.
Fe`l yasaydi
Nisbat yasaydi.
Fe`l yasovchi funksiyaga –lan va –lash suffikslarini kiritish mumkin. Nisbat yasovchi funksiyaga kauzativ o`timli fe`l yasovchi –m suffiksini kiritish mumkin. to`latmoq, o`ynatmoq
I- bob – Ingliz va o`zbek tillarida so`z turkumlari haqida.
So`zlar bir- biridan ma`no va Grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Ba`zi so`zlar mustaqil ma`no ifodalay olsa , ayrimlari boshqa so`zlar bilan birgalikdagina ma`lum Grammatik ma`noni ifodalab, o`zicha mustaqil ma`no bildirmaydi, shu sababli mustaqil qo`llana olmaydi. Shunga ko`ra so`zlar uch turkumga ajratiladi:
Mustaqil so`zlar (ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish)
Yordamchi so`zlar (ko`makchi, bog`lovchi, yuklama)
Undov so`zlar va taqlid so`zlar:
J. Bo`ronovning fikricha – ingliz va o`zbek tillarida fe`l so`z turkumi harakat yoki holatni bildirib, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt va boshqa grammatik kategoriyalarga ega bo`lgan so`z turkumi fe`l deyiladi. Fe`l – asosan shaxs faoliyatini ko`rsatib keladi. Fe`llarning aniq va noaniq formalari (finite and non-finite forms of the verb). Fe`l formalari gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko`ra aniq yoki predikativ forma va noaniq yoki predikativ bo`lmagan formaga bo`linadi. Shaxs, zamon, son va mayl kategoriyalarida o`zgarib, gapda kesim vazifasida keluvchi fe`l formalari fe`lning aniq yoki predikativ formalar deyiladi. Harakat yoki holatni umuman ko`rsatish bilan birga qisman belgi yoki predmetlashganlikni ko`rsatib keluvchi fe`l formalari fe`llarning noaniq yoki predikativ bo`lmagan formalari deyiladi. Fe`lning noaniq formalari harakat yoki holatni gapning egasi bilan bog`lanib emas, balki undan ajralgan holatda, o`z - o`ziga ko`rsatib kelishi mumkin.
Fe`lning – noaniq formalari odatda shaxs-son, zamon, mayl kabi kategoriyalarini to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatmaydi. Bu formalarga hozirgi ingliz tilida infinitiv, sifatdosh gerundiy kiradi. Fe`llarning aniq formalari gapda kesim vazifasida keladi, noaniq formalari ega gapda kesim bo`la olmaydi. Balki uning bir qismi vazifasida kelishi mumkin. fe`l strukturasi (verb structure) yasalgan fe`llar qo`shma yasama fe`llar deyiladi.
Predmetning harakatini va jarayon tarzidagi holatini bildirgan mustaqil so`z turkumi fe`l deyiladi. Fe`l nima qlmoq? so`rog`iga javob bo`ladi. Yozmoq, o`qimoq, bormoq, kelmoq, topmoq kabi. Fe`llar shaxs va predmetlar harakatini ifodalash bilan birga turlicha holatini, belgining o`zgarishini ham harakat tarzida anglatadi.
O`zbek tilida harakat va holat ma`nosi doim fe`llar orqali ifodalanavermaydi. Otlar ham mavhum harakat va holatni anglatadi. Fe`l ish-harakatning biror bajaruvchi tomonidan ma`lum vaqtda bajarilganligini bildiradi. Fe`llar ham boshqa so`z turkumlari kabi sodda, yasama va qo`shma fe`llarga bo`linadi. Sodda yoki tub fe`llar. Bir o`zakdan iborat bo`lgan fe`llar sodda fe`llar deyiladi.
Masalan: to come, to see, to work, to bright, to draw va boshqalar.
Fe`l, zamon, shaxs, nisbat kabi grammatik kategoriyalarida kelgan kategorial grammatik suffekslar uning strukturasini o`zgartirmaydi, ya`ni fe`llar sodda fe`ligicha qoladi. Masalan: Work – worked , works-working. Yasama fe`llar o`zak va affikslarning qo`shilishidan yasalgan fe`llar yasama fe`l deyiladi. Qo`shma fe`llar ikki yoki undan ortiq o`zaklarning o`zaro qo`shilishidan yasalgan qo`shma fe`l deyiladi. Qo`shma fe`llarga boshqa suffekslar qo`shilishi natijasida harakat bilan bajaruvchi orasida aloqa gapda fe`lning shaxs-son shakllar orqali egaga tobeligining ko`rsatadi .Fe`l biror holat belgining o`zgarishini bildirishi jixatidan sifatga zid qo`yiladi. Fe`l faol o`zgarishi jarayonidagi harakat va xolatni ma`lum vaqt bilan bog`liq tarzida ifodalaydi. Bu uning zamon shakllarida ko`rinadi. Fe`l- gap tizimida ot kabi sintaktik asos bo`lib xizmat qiladi. Fe`llarida uyushtiruvchilik xususyati kuchli bo`lib, ko`pincha boshqa so`zlarni o`ziga ergashtirib, uni boshqarib keladi.
Gapning ikkinchi darajali bo`laklari xol va to`ldiruvchi asosan fe`lga bog`lanadi. Ma`no xususyatiga qarab, fe`llar ikki turga bo`linadi:
1).Mustaqil fe`llar 2). Yordamchi fe`llar
Mustaqil fe`llar harakat va holat ma`nosini mustaqil ravishda bildiradi, fe`lga xos barcha grammatik xususyatlarga ega. Yordamchi fe`llar mustaqil fe`llarga birikib, xilma-xil ma`no anglatgan formalar xosil qiladi: o`qib chiqdi, cho`chib ketdi, o`qib beradi, o`qiy boshladi kabilar.
Yordamchi fe`llarning bir turi deb qaraluvchi to`liqsiz fe`llar asosan fe`lning analitik zamon shakllarini yasashda xamda ot kesimning bog`lama qismi vazifasida qo`llaniladi.
Fe`l- nisbat, mayl, zamon va shaxs-son kabi grammatik kategoriyalari predeaktiv munosabati ifodalanishining asosiy shakllariga kiradi. Fe`lning o`timli va o`timsizligigi, bo`lishili va bo`lishsizligi shakllari ham uning o`ziga xos xarakterli belgilaridandir. Fe`llar bo`lishli va bo`lishsiz shaklda bo`ladi. Fe`lning bo`lishli shakli harakatning bajarilishi xaqida tasdiqni bildirsa, bo`lishsiz shakli esa harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi.
Masalan: yozaman, -yozmayman, o`qiyman,- o`qimayman. Fe`lning bo`lishli shakli maxsus affiksga ega emas. Bo`lishsiz shakli ega maxsus affeksga ega emas. Bo`lishsiz shakli esa maxsus grammatik vositalar orqali hosil qilinadi.
1). Fe`l asosiga – ma, affiksini qo`shish bilan.
Bu affiks fe`l shakllarida inkor ma`nosini ifodalovchi asosiy morfologik ko`rsatgich xisoblanadi.-ma affiksi bilan yasalgan bo`lishsiz shaklda xarakatning bajarilmasligi , bajarilmayotganligi ifodalanadi: Masalan: Uning havas bilan ishlayotganligini ko`rib indamadi. 2). Emas- yordamchi bilan: emas –yordamchisi asosan gap affikili sifatdan va moqchi- affikisi kelasi zamon fe`lining bo`lishsiz shaklini xosil qiladi. Masalan: 1).U xalqni , kalxozni aldamoqchi emasdi.2).Urushga qatnashganlar unitilmaydi. 3).yuq- yordamchi bilan hosil qilinadi . Bu yordamchi asosan –gan, -yotgan affiksli sifatdoshlarga qo`shilib, bo`lishsiz shakl xosil qiladt Masalan: Bu asarni hech kim o`qiyotgani yuq. 4). Na----na –inkor yuklamasi yordamida ifodalanadi. Bu yuklama bo`lishli fe`l bilan ishlatiladi. Bo`lishsizlik ma`nosi ifodalanadi.

Download 358,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish