12
1.
Arab yozuvini o‘zbek tilining tovush tizimiga moslashtirish, uni jonli
talaffuz va so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish.
2.
Arab alifbosida oltita unli (o, a, u, u, i, e) bo‘lishi
va yozuvda ularni alohida
shakl-belgilar bilan ifodalash.
3.
Arab harflari ikki shaklda, ya'ni alohida yozilish shaklida hamda so‘z
boshida yozilishi shaklida bo‘lishi.
4.
Arab yozuvidagi ba'zi unli va undoshlar shakllari uchun alohida shakllar
belgilash yoki hech bo‘lmaganda ularni farqlash uchun muayyan harakatlar orqali
ifodalash.
Fitrat o‘zining ilgari surgan takliflarini har tomonlama izohlab,
asoslab
beradi.
Elbekning "Yozuv yo‘llari" darsligi ham "Bitim yo‘llari" zamirida yaratildi. Bu
risolalar quyidagi jihatlari bidan bir-biridan farqlanadi:
-
"Bitim yo‘llari" o‘qituvchilarga qo‘llanma sifatida yaratilgan bo‘lsa,
Elbekning "Yozuv yo‘llari" saboqlik-darslik shaklida tuzilgan.
Fitrat hamda boshqa taraqqiyparvar tilshunos olimlarning harakat va
faoliyatlari natijasi o‘laroq 1922-yilda arab alifbosi rasman isloh qilindi. Shuni
aytib o‘tish joizki, bu o‘zbek xalqining o‘n asrdan ortiqroq davr mobaynida
foydalanib kelgan arab alifbosi bo‘yicha qilgan eng jiddiy islohoti edi. Bu islohot
o‘zbek adabiy tilining rivojiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Isloh etilgan yozuvda
harakatlar,
se, sod, zod, itqi, izg‘i, ayn, hamza
harflari chiqarib tashlandi, so‘zda
unlilarning to‘liq yozilishi ta'minlandi. "Arab grafikasining birinchi isloh qilinishi,
o‘zbek adabiy tilini jonli talaffuz va so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirish borasida
birinchi qadam bo‘ldi"
1
.
Fitrat takliflari alifbo islohotini joriylantirish jarayonida, asosan,
inobatga
olindi. "Natijada arab yozuvi ma’lum ma'noda milliylashtirildi. Olimning bu
1
Боровков
А
.
К
.
Узбекско
-
русский
словарь
.-
М
,:
ГИС
, 1959.- 839
б
.
13
xizmatlari savod chiqarish jarayonida, maorif va maktab ishida ancha qulayliklar
yaratdi"
1
.
O‘zbekiston Muxtor sho‘rolar jumhuriyati davrida alifbo va imlo bir necha
bor
rasmiy ravishda isloh etilib, ularda asosan Fitrat va unga hamfikr ziyolilarning
g‘oyalari o‘z ifodasini topdi. Ammo barcha ziyolilar buni birdek qabul qilmadi.
O‘lkada chop etilayotgan turli gazeta va jurnallar o‘zlari ma'qul ko‘rgan imloda ish
ko‘rdi.
Maorif tizimida ham shu hol davom etdi deyish mumkin. Bunga faqat
O‘zbekiston Sho‘rolar Ijtimoiy Jumhuriyati tashkil topib,
yozuv lotin alifbosiga
ko‘chirilgachgina barham berildi. Shu sababli o‘zbek xalqining yangi alifboga –
lotin yozuviga o‘tish hodisasi madaniyat va maorif sohalarini ancha taraqqiy
ettirishga sabab bo‘lgan ijobiy hodisadir. Eng muhimi, yozuv o‘zgarishi
O‘zbekistondagi sohaga aloqador ziyoli, mutaxassis, olimlarning alifbo, imlo,
adabiy til masalalarida yakdil bo‘lishlarini ta'minladi. Lotin alifbosiga ko‘chish
sabablari va uning adabiy til
ravnaqidagi ijobiy tomonlari, ayrim mutaxassislarning
bu jarayonga munosabati to‘g‘risida keyingi faslda fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: