1-jadval. Voyaga yetmaganlarda g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning o‘z ixtiyori yoki boshqa ta’sirlar natijasida sodir etilganlik ko‘rsatkichi (foiz hisobida)4
Bunday g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etish niyati ko‘pincha, bolalar va o‘smirlarda muayyan vaziyatlarning ta’siri natijasida to‘satdan paydo bo‘lganligi kuzatiladi. Bunga bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlari, ya’ni ularda qat’iy hayotiy xatti-harakatlarning mavjud emasligi, axloqiy va huquqiy qarashlarning shakllanmaganligi, tajriba va dunyoqarashning yetarli emasligi kabilar sabab sifatida xizmat qilgan. Shuningdek,o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan hissiy beqarorlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirlanuvchanlik xususiyatlari va yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish malakasining yetishmasligi hamda o‘zida yuzaga kelgan o‘y va niyatlarni tezroq amalga oshirishga bo‘lgan intilishning kuchliligi ularda g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi niyatning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Biroq, unutmaslik kerakki, muayyan vazi yatlar yoki tashqi ta’sirlarning barchasi ham bolalar va o‘smirlarda g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish niyatining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qilmaydi.
Qachonki, o‘smir xulq-atvori va xarakter xislatlaridagi o‘zgarish bilan tashqi ta’sir o‘rtasida yaqinlik, bog‘liqlik yuzaga kelsa, g‘ayriijtimoiy harakatlarni amalga oshirish niyati pay do bo‘ladi. G‘ayriijtimoiy niyatning paydo bo‘lishi va amalga oshirilishiga o‘smirlarning shaxsiy intilishi va qiziqishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan kuzatiladiki, o‘smirning o‘zi g‘ayriijtimoiy harakatlar, kriminogen guruhlar psixologiyasiga ishtiyoqmand bo‘ladi.
Shuning uchun ular bunday g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqli o‘smirlar guruhini o‘zlari izlab topadilar va ular bilan birga bo‘lishga intiladilar. Ushbu guruhdagi muhit va ularning faoliyat maqsadlari o‘smir ongi, xulq-atvoriga asta-sekin singib ustanovka (yo‘nalish beruvchanlik) vazifasini o‘taydi. Bunday paytda
dastlab o‘smirda g‘ayriaxloqiy niyat va maqsad paydo bo‘ladi va oxir-oqibatda xulq og‘ishi kelib chiqadi.
G‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy ustanovka va qiziqishlarning shakllanishi va ularning barqaror, doimiy tus olishi xilma-xil omillar, komponentlarga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, bolalar va o‘smirlarda shaxsiy, qatiy ijtimoiy maqsad va yo‘nalishlarning shakllanmaganligi hamda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ichki motivlarga ega bo‘lish va bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy zararli, ham ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqalar g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy ustanovkalar va qiziqishlarning shakllanishiga hamda uning doimiy tus olishiga sabab bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlarda g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqning shakllanishiga muayyan ustanovkalar bilan bir qatorda, ularning qiziqishlari ham o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Qiziqishlarning g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqning shakllanishiga ta’siri xususida fikr yuritishdan avval qiziqishlar tushunchasi to‘g‘risida, ya’ni, qiziqishning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari, psixologik mazmuni to‘g‘risida biroz to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Ma’lumki, qiziqishlar ijtimoiy va psixologik mazmunga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayoni mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Qiziqish ijtimoiy muhit shart-sharoitida jamoada, ijtimoiy munosabatlarda shakllanadi hamda u shaxs xohish-irodasi va ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ehtiyojlarni qondirish maqsadida muayyan obektga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu qiziqishning ob’ektiv mazmunga ega ekanligini ko‘rsatadi. Biroq, qiziqishning sub’ektiv asosi ham mavjud bo‘lib, u kishi faoliyatini yo‘naltiruvchi, undovchi motiv sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, qiziqish nafaqat mazmun jihatdan, balki namoyon bo‘lish shakli bo‘yicha ham shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Garchand qiziqishning ob’ektiv jihatlari belgilovchilik vazifasini o‘tasada, ammo uning namoyon bo‘lishi shaxsning sub’ektiv xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun aytish mumkinki, qiziqish ob’ektiv va sub’ektiv mazmunga egadir va shaxsning ruhiy olami bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga keladi va namoyon bo‘ladi.
Qiziqishning g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy harakatlar motivi sifatidagi o‘rnini o‘rganish jarayonidan ayon bo‘ladiki, voyaga yetmagan yoshdagi xulq og‘ishiga ega bo‘lgan o‘smir o‘z qiziqishi yo‘naltirilgan ob’ektning mazmun va mohiyati, uning ahamiyatini to‘laqonli anglab yetmaydi. Ammo ushbu ob’ektga nisbatan bo‘lgan emotsional qiziqish o‘smirda turli xil qarama-qarshi yondashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan ko‘pincha o‘smirning qiziqishi noturg‘un, beqaror va tarqoq xarakterga ega bo‘lib, biror-bir mashg‘ulot yoki predmetga nisbatan o‘zgaruvchan ko‘rinishli ishqibozlik sifatida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotimiz natijalarining ko‘rsatishicha, voyaga yetmagan yoshdagi g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqli o‘smirlarning qiziqishlari aksariyat hollarda nafaqat beqaror, balki bir-birini inkor qiladigan xaraktergaham egadir. Masalan «Bo‘sh vaqtingda nima bi-
lan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rasan»? deb berilgan savolga respondentlarning «Kitob o‘qish bilan mashg‘ul bo‘laman» deb bergan javoblari atigi 18,0%ni tashkil qilgan bo‘lsa, «O‘qishga, bilim olishga qiziqasanmi»? deb berilgan savolga respondentlarning bor-yo‘g‘i 16,4%i «qiziqaman» deb javob bergan. Ushbu holat
ularning qiziqishlari bir-birini inkor etayotganligi yoki bir-biriga unchalik to‘g‘ri kelmayotganligini ko‘rsatadi. Chunki, 1-savol – kitob o‘qish bilan shug‘ullanishga qiziqish ko‘rsatkichi 2-savolning bilim olishga, o‘qishga nisbatan bo‘lgan qiziqish ko‘rsatkichidan ancha farqlanadi (2-jadval).
Ushbu natijalardan ko‘rinadiki, g‘ayriijtimoiy va g‘ayriaxloqiy xulqqa ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qiziqishlarning ba’zan bir-birini inkor etish holati ularda yosh ortib borishi bilan kamayib borganligi kuzatiladi.
Ushbu vaziyatni tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, ulardagi bunday holatni bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyati, muayyan faoliyat yoki predmetga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarining beqarorligi, muqarrar hayotiy pozitsiyaning shakllanmaganligiga bog‘lab tushuntirish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlarda qiziqishlarning namoyon bo‘lish ko‘rsatkichi quyidagi ko‘rinishlarni hosil qildi. Respondentlarning 62,8%i «bo‘sh vaqtimda sport bilan shug‘ullanishni xush ko‘raman» deb javob bergan bo‘lsa, 19,2%i «hech narsa bilan shug‘ullanmayman», deb javob bergan. Yosh davriga ko‘ra, sport bilan shug‘ullanishga nisbatan bo‘lgan qiziqish yosh ortib borishi bilan yorqinroq namoyon bo‘lib borganligi kuzatiladi. Masalan, 11-13 yosh davrida sport bilan shug‘ullanishga qiziqish 49,7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 16-17 yoshda bu ko‘rsatkich 62,4%ga teng bo‘lgan. O‘z navbatida, respondentlarning 19,2%i «hech narsa bilan shug‘ullanmayman» deb javob berganlarining guvohi bo‘lamiz.
Ularning fikricha, «bo‘sh vaqtlarini o‘zlari xohlaganday, ya’ni ko‘chada aylanib yurish, ichish, chekish, o‘g‘rilik, bezorilik, bosqinchilik qilish bilan o‘tkazish» ularga ma’qulroq kelar ekan. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga bo‘lgan qiziqish bolalar va o‘smirlarda juda kam foizni ko‘rsatadi (19,2%). Qolgan katta qismi, ya’ni, 62,8 va 18,0%i sport va kitob o‘qish bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni
Do'stlaringiz bilan baham: |