4. Ishlab chiqarish - texnika to’garaklari maktablardagi va maktablararo ustaxonalar bazasida, sanoat korxonalari bazasidagi yosh texniklar uyushmalarida va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda tashkil qilinadi. Odatda bunday to’garaklar ro’yxati mahalliy sharoitlarga ko’ra, avvalo o’quvchi to’garakda olgan bilimlarini, kasb-hunar kollejlari yoki o’quv - ishlab chiqarishda o’zlashtirgan amaliy malakalarini keyinchalik qay darajada takomillashtira olishiga ko’ra belgilanadi.
Demak tashkil qilinadigan har bir to’garakda reja asosida o’rganilishi lozim bo’lgan mareriallar o’quvchilarning iqtidoriga, yosh xususiyatiga, uning qiziqishiga bog’liqdir. Ayniqsa har bir to’garak rahbari o’quvchilar qiziqishi va ruhiyatidan kelib chiqqan holda o’z imkoniyatidan kelib chiqib ish tutmog’I lozim. Ana shunday vaqtda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar o’z intiqomini ijobiy topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |