4-Mavzu. Tara va qadoqlashning logistik jihatlari.
Reja:
Logistik etkazib berish zanjirida taralash va himoyaviy o‘rab -chirmash zarurati.
Iste’mol va sanoatda himoyaviy o‘rab chirmash.
Konteynerlashtirish.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlanishning ob’ektiv sharoitlari logistik zanjirda tovarlar harakati jarayonini boshqarish samaradorligiga katta talablar qo‘ymoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, moddiy oqimlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etkazib baerish zanjiridagi eng zaif nuqtalardan biri tovarlarni himoyaviy o‘rab -chirmash va taralar bo‘lib, ularni yaratish tamoyillari deyarlik o‘zgarmagan. Hozirgi vaqtda himoyaviy o‘rab-chirmash turlari va usullari o‘zgarishining ko‘p qismi ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot umumiy narxini arzonlashtirish va tashishda qulay bo‘lishini ta’minlashga qaratilmay, balki o‘rab-chirmashni arzonlashtirish va unga noyob ko‘rinish berishga qraratilgan.
Himoyaviy o‘rab-chirmash xarajatlari logistik tizimning unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xarajatlarning eng ko‘zga ko‘ringanlari quyidagicha:
himoyaviy o‘rab-chirmash materiallarini sotib olish xarajatlari;
mahsulotlarni himoyaviy o‘rab-chirmash avtomatlashtirilgan yoki qo‘l mehnati xarajatlari;
himoyaviy o‘rab-chirmash materiallarini qayta ishlash xarajatlari.
Bu erda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, o‘rab-chirmash materiallarini bir tashkilot xarid qilib olsa, boshqasi uni qayta ishlaydi. SHuning uchun o‘rab -chirmashdan keladigan samara butun logistik kanal bo‘yicha taqsimlanadi, bu ham o‘z navbatida o‘rab-chirmashning iqtisodiy samarasini sezilmay qolishiga olib keladi. Logistikaning asosiy tamoyillaridan biri xarajatlarni butun logistik kanal bo‘yicha aniqlash va ularni kamaytirishning samarali yo‘llarini topish va nazorat qilishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilarni ko‘rib chiqish kerak:
o‘rab-chirmash funksiyalarining logistik tizimning boshqa elementlari bilan o‘zaro ta’siri va uni sanoat va iste’mol bozoridagi ahamiyati;
o‘rab-chirmashning asosiy maqsadi, ya’ni tovarlarni himoya qilish, axborotlarni uzatish va oxir-oqibat yuklarni qayta ishlashdagi roli;
an’anaviy va noan’anaviy o‘rash materiallari, o‘rashning hozirgi zamon texnologiyalari va u bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik muammolar.
O‘rab-chirmash butun logistik faoliyatga ta’sir etadi chunki:
- zaxiralarni boshqarish, avvalo, yuklardagi belgilarning bir xil o‘qilishiga bog‘liq, belgilar esa o‘ramda aks ettiriladi;
- buyurtmalarni bitta qilib tez, samarali va aniq butlash o‘ramlarni belgilash ishonchililigiga, uning gabarit o‘lchamlariga va shakliga hamda yuklarni qayta ishlash uchun yaroqililigiga bog‘liq;
- yuklarni qayta ishlash narxiga o‘ramlarni birlashtirib yiriklashtirish mumkinligi bevosita ta’sir etadi;
- saqlash va transportirovka narxi o‘ramlarning o‘lchamlari va zichligi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan.
Himoyaviy o‘rab-chirmashning mustahkamlik, qulaylik, axborotlarga boyligi va ekologik andozalarga mosligi mahsulotlarning iste’mol sifatini va logistik xizmat ko‘rsatish darajasini oshiradi.
Logistikada himoyaviy o‘rab-chirmashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |