Quvuryo‘l transporti. Quvuryo‘llar uch turga bo‘linadi: neft quvuryo‘li, mahsulot quvuryo‘l va gaz quvuryo‘llarga.
Quvuryo‘l transportining afzalliklari quyidagilar:
neft va neft mahsulotlarini tashish uchun istalgan joydan quvurlarni yotqizish mumkinligi;
tashish tannarxining kichikligi;
tashish jarayonida mahsulotlarning to‘liq saqlanishi;
neft va neft mahsulotlarini nasos bilan tortish va quyish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish imkoniyati;
quvuryo‘l transportining atrof-muhitga salbiy ta’siri yo‘qligi;
ish unumdorligining yuqoriligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |