Fito sanitar sertifikat – davlat organlari tomonidan karantin bo‘lganda yoki eksport qilayotgan davlat o‘simliklarni himoya qilishda beriladi. U transport hujjatlariga qo‘shib jo‘natiladi.
Fumigatsion sertifikat – bu hujjat oziq-ovqat mahsulotlarida har hil hasharotlarni yo‘qotish uchun qayta ishlov berilganligini tasdiqlashda ishlatiladi.
Gigiena sertifikati (tahlil sertifikati – inson sog‘lig‘i uchun zarar keltiradigan tovarlarga talab etiladi. Turli davlatlarda bu tovarlar nomenklaturasi har hil bo‘lishi mumkin, lekin shunday tovarlar borki, ularga majburiy ravishda bunday sertifikatlar beriladi: oziq-ovqat mahsulotlari; konservantlar; bolalar uchun tovarlar; ichimlik suv ta’minotida ishlatiluvchi materiallar, buyumlar va jihozlar; parfyumeriya-kosmetika vositalari; himiya va neft-himiya mahsulotlari; polimer va sintetik materiallar; inson terisi bilan bog‘lanuvchi buyumlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |