Havo transportida daryo nakladnoy yoki dengizkonosamenti (daryo-dengiz aralash tashishlarda) yuklarni tashishda shartnoma mavjudligini isbotlovchi hujjat hisoblanadi. Bu hujjatlar yuk jo‘natuvchi tomonidan yagona namuna asosida tayyorlanadi. Nakladnoyda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib yuk jo‘natuvchi port yoki pristan yo‘l qaydnomasini tuzadi va u yuk bilan birgalikda qabul qiluvchi port yoki pristanda qoladi. YUkning qabul qilinganligi haqida jo‘natuvchiga kvitansiya beriladi. Nakladnoyda yuk jo‘natuvchi, kemaning nomi yoki uning tartib raqami, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi portlarning nomi, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning to‘liq nomi va manzili va yuk haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |