yuklash va tushirishning maxsus tartibini;
ularni tashish uchun maxsus harakatlanuvchi sostav, dengiz yoki daryo tonnaji, konteynerlardan foydalanishni;
odatdagi transport vositalarini qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlashni;
tashishning ekologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuklarning yaroqsiz holga kelishi va halokatga uchrashining oldini olishning an’anaviy chora-tadbirlariga qo‘shimcha ravishda maxsus chora-tadbirlarga rioya qilinishini;
davlat fitosanitariya (karantin), veterinariya va tibbiy-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini maxsus nazorat qilishni;
xalqaro va ichki qonunchilik, bunday yuklarni tashishning umumiy tarmoq qoidalari, shuningdek konkret yuklarni tashishning shaxsiy, mulkiy va ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus shartlarning talablarining so‘zsiz bajarilishini talab qiladigan yuklar kiradi.
Quyidagilar maxsus shartlar bo‘yicha tashiladigan yuklarga transport xizmat ko‘rsatishning xarakterli chizgilari bo‘lib hisoblanadi:
yuk egasining tashuvchigi yukning sifat va organik xarakteristikasini taqdim qilish bo‘yicha odatdagi tashishlarga nisbatan katta javobgarligi;
tashuvchi tomonidan taqdim qilinadigan transport vositalari va asbob-uskunalarni inspeksiyalash zarurligi;
yuklash-tushirish ishlarining bajarilishini nazorat qilish;
yuklarni transportirovka qilish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish uchun muhandis-texnologlarni, muhandis-mexaniklarni, tayyor mahsulotlarning tovarshunoslarini, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati xomashyosi va yarim fabrikatlarining tovarshunoslarini jalb qilish zarurligi;
transport xarajatlarining odatdagi yuklarga qaraganda kattaroq miqdorlari; masalan, og‘ir vaznli (3-5 tonnadan oshiq) va uzun o‘lchamli (12 metrdan oshiq) asbob-uskunalarni tashish uchun to‘lov stavkasi, qoidaga ko‘ra, odatdagi yuk o‘rinlariga qaraganda o‘rtacha 2-3 martaga oshiq;
transport hujjatlarida ajralib turuvchi belgilarning qo‘llanilishi; masalan, xavfli yuklar uchun blankalar och-qizil yoki pushti rangga, sovutilgan va refrijerator yuklari uchun blankalar – yashil rangga bo‘yaladi;
sochiladigan, to‘kiladigan, kimyoviy yuklar uchun faqatgina standart 20 va 40 futli emas, balki o‘rtacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan (masalan 3 m3sig‘imli)ixtisoslashtirilgan konteynerlar, yuqori xavflilik darajasiga ega bo‘lgan zaharli va emiruvchi, oson alangalanadigan suyuqliklar uchun maxsus konteyner-sisternalar parkining bo‘lishi.
Uyilgan holda tashiladigan yuklarni tashishda transport xizmatlar ko‘rsatish
YUklarni uyilgan holda tashish qoidalari ko‘mir, barcha turdagi ma’danlar (rudalar), tabiiy kelib chiqishli toshlar, shuningdek ma’danli bo‘lmagan qurilish materiallari: qum, qum-shag‘al aralashmalari, galkalar, shag‘al, maydalangan toshlar, ohaktoshlar, bo‘r, tuproq, metallurgiya sanoatining chiqindilari (kul, kuyindilar, shlaklar va hokazolar) qor, axlat va boshqa shunga o‘xshash yuklarni tashish shartlarini ko‘zda tutadi.
YUklarni uyilgan holda tashishni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash murakkab ish emas. Bunday yuklarni temir yo‘l transporti bilan etkazib berishda ekspeditorlardan avvalambor tashiladigan yukning massasini aniqlash tartibini batafsil ishlab chiqish talab qilinadi. Uyilgan holda tashiladigan yuklar greyfer, bunker va vagon tarozilarida tortiladi. Vagon tarozilarida tortish, qoidaga ko‘ra, vagonlarni uzmasdan, biroq tortish maydonchasida to‘xtash bilan amalga oshiriladi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari (tuz va boshqalar) vagonlarni albatta uzish bilan tortiladi va vagonning o‘zining og‘irligi alohida o‘lchanadi. .
Ommaviy yuklarni doimiy yo‘nalishlarda temir yo‘l bo‘ylab tashishda vagonlar guruhi yoki butun marshrutga bitta nakladnoy yozishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda shuningdek bitta vagon varag‘i yoziladi. Dengiz transportida kema partiyasiga bitta konosament, daryo transportida – bitta nakladnoy yoziladi. Avtomobil transportida bunday tashishlar yuk jo‘natuvchi bilan avtotransport korxonasi o‘rtasidagi shartnoma asosida, buyurtma-naryadlar bo‘yicha, haydovchilarning yo‘l varaqalarida ko‘rsatish bilan amalga oshiriladi. YUklarni bitta nakladnoy bo‘yicha tashish tegishli hujjatlarni rasmiydashtirishni tezlashtiradi, tovar va yuk xizmatlarining ish hajmini qisqartiradi.
To‘kma holda tashiladigan yuklarga transportxizmat ko‘rsatish
To‘kma holda tashiladigan yuklarga (har xil turdagi donli mahsulotlar va urug‘lar) transportxizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari ularning transport xususiyatlari – yuqori oquvchanlik va namlik yuqori bo‘lganda oshiqcha qizib ketish mumkinligi, shuningdek zararkunandalar bilan zaharlanish ehtimoli bilan bog‘lanadi. SHundan kelib chiqqan holda Temir Yo‘llar Vazirligining (MPS) “YUklarni tashish qoidalari” da ularni maxsus vagonlarda ham, odatdagi yopiq – biroq qo‘shimcha ravishda maxsus asbob-uskunalar bilan (masalan, echib olinadigan yoki echib olinmaydigan don shitlari) jihozlangan vagonlarda ham tashish ko‘zda tutilgan.
Quruq yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan kemalarda to‘kma holdagi yuklarni tashishda “donli” charterlarning shartlariga ko‘ra (masalan, «Zernokon») kemani yollovchilar to‘shash va separatsiyalash uchun zarur bo‘ladigan to‘shamalarni taqdim qilish, kema egalari esa – reys davomida to‘kma holdagi yukning ko‘chishining oldini olish maqsadida kema tryumlariga ko‘ndalang va bo‘ylama yog‘och to‘siqlar o‘rnatish majburiyatini oladilar.
Don mahsulotlari, moyli va dukkakli ekinlarning urug‘lari faqatgina jo‘natuvchi tomonidan Davlat Don Inspeksiyasining (GXI) sertifikati yoki sifatga muvofiqlik sertifikati taqdim qilingandan keyin tashish uchun qabul qilinadi. Davlat Don Inspeksiyasi organlari 16% dan yuqori namlikka ega bo‘lgan donni odatdan tashqari sharoitlarda tashishga ruxsat berishi mumkin. Portlarda don mahsulotlarini qayta yuklash paytida Davlat Don Inspeksiyasining vakillari bo‘sh vagonlar va kemalarni inspeksiyalashni amalga oshiradi. Ularni yuklash faqatgina yuk jo‘natuvchilar tashuvchilarga Davlat Don Inspeksiyasining mos keluvchi ruxsatnomalarini taqdim qilgandan keyin boshlanadi.
Tez buziladigan yuklarni tashishda transport xizmat ko‘rsatish
Bu yuklarni tashishning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, tashish paytida ularni tashqi havoning yuqori va past temperaturalaridan himoyalash talab qilinadi. Bu talabni qanoatlantirishga turli xil sovutish qurilmalari yoki muz zapaslari bilan jihozlangan kemalar va konteyner-refrijeratorlarning maxsus harakatlanuvchi sostavidan foydalanish bilan erishiladi.
Transportda ilmiy-texnik revolyusiya keyingi yillarda tez buziladigan yuklarni tashishning eng yangi texnologiyalari yaratilishida o‘zini yaqqol namoyon qilgan.Temperaturani sintetik openomaterialdan tayyorlangan odatdagi izolyasiyaga qaraganda 10-15 marta samaraliroq ushlab turadigan vakuum issiqlik-izolyasiyali konteynerlar yaratilgan.
YAngi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va gullarni tashish uchun kemalarda refrijerator-konteynerlar va almashuvchi kuzovlarni havodan olinadigan sof azot bilan to‘ldirish tizimi qo‘llaniladi (uzilgan gullarning saqlanish muddati 21-28 kungacha, pomidor va salatlarning saqlanish muddati – 40 kungacha uzayadi). Bu bunday mahsulotlarni qishda Janubiy yarim shardan SHimoliy yarim sharga etkazib berish muammosini bartaraf qiladi.
Mevalarni tashish uchun temperaturani +1° dan +12° S gacha, pishloqni tashish uchun +2odan +5° S gacha, muzlatilgan go‘shtni tashish uchun -9° dan -18° S gacha, baliqni tashish uchun -18° dan -25° S gacha oraliqda ushlab turish talab qilinadi (-18° S va undan ham pastroq temperaturani talab qiladigan yuklar “chuqur muzlatishni talab qiladigan yuklar” deb ataladi). Bir qator bunday yuklar tashish uchun oldindan yaxlatilgan yoki muzlatilgan holatda taqdim qilinadi.
Refrijerator vagonlar katta tezlik rejimida butun boshli poezd bo‘lib (21 yoki 23 ta vagon), yoki 5-12 ta vagondan tarkib topgan mexseksiyalar bilan yoki avtoamtik rejimda ishlash bilan avtonom ravishda (xuddi konteynerlar kabi) harakatlanadi.
Refrijeratorli flot, qoidaga ko‘ra, shartnomalar asosida - kema egalari, portlar va yuk egalari tomonidan mevalar, bananlar, ananaslarni etkazib berishda mavsum yoki chorak (kvartal) uchun, baliqni jo‘natishda baliq ovi mavsumi uchun, go‘shtni jo‘natishda – mollarni so‘yish mavsumi uchun muvofiqlashtiriladigan maxsus jadval bo‘yicha ishlaydi. Bunday yuklarni tashish uzoq davom etmaydi. Temperatura o‘zgarishlariga ko‘proq barqaror bo‘lgan tovarlarni (sitrus mevalar) tashish esa odatdagi transport vositalari bilan amalga oshiriladi.
Davlat tibbiy-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati ostida tashiladigan yuklarga transportxizmat ko‘rsatish
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon kelib chiqishli xomashyo (teri, jun), tirik hayvonlar, o‘simliklar, o‘simlik va o‘rmon mahsulotlari ana shunday yuklar bo‘lib hisoblanadi. Bunday yuklar mamlakat ichida, yuqumli kasalliklar tarqalmagan punktlar va xo‘jaliklardan temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘ylab hech qanday to‘sqinliklarsiz, biroq har doim Davlat veterinariya, fitosanitariya (karantin) inspeksiyalarining (Davlat sanitariya nazorati, Davlat karantin inspeksiyasi, Davlat don inspeksiyasi) qat’iy nazorati ostida tashiladi.
Hayvon kelib chiqishli mahsulotlar va xomashyoni jo‘natishda (tashish qoidalaridagi ro‘yxatga ko‘ra) yuk jo‘natuvchilar stansiyaga har bir vagon yoki kichik jo‘natma uchun belgilangan formadagi veterinariya guvohnomasini taqdim qilishlari shart (veterinariya guvohnomasining barcha bo‘limlari batafsil to‘ldirilgan bo‘lishi lozim, masalan, junni tashishda jun yuvilgan yoki yuvilmagan holatda jo‘natilayotganligini, jun qanday usulda yuvilganligini ko‘rsatish talab qilinadi).
O‘simlik va o‘rmon mahsulotlari, tirik o‘simliklarni tashish yuk jo‘natuvchi tomonidan tashish huquqini beradigan karantin hujjatlari – karantin sertifikati yoki karantin ruxsatnomasi (guvohnomasi) taqdim qilingandan keyin amalga oshiriladi. Karantin hujjatlari har bir vagon uchun alohida tuziladi va qat’iy hisobot berish hujjati sifatida yukni jo‘natish stansiyasida saqlanadi, ularning dublikatlari esa nakladnoylarga qistiriladi va yukni etkazib berish stansiyasida yukni qabul qilib oluvchiga beriladi.
Mamlakatda import yuklarning karantin nazoratining qat’iy tartibi amal qiladi. Xorijiy davlatlardan o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasining davlat cheragasidan o‘tkazishga faqatgina:
a) Davlat karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruxsatnomasi;
b) undan mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning mos keluvchi qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan, davlat cheragasi orqali o‘tadigan mahsulotning zararkunandalar, kasalliklar va o‘simlik kelib chiqishli begona o‘tlar bilan zararlanmaganligini tasdiqlaydigan karantin sertifikatlari
bo‘lgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Xavfli yuklarni tashishda transportxizmat ko‘rsatish
Xavfli yuklar (rus. OG) – bu yuklash, tashish, tushirish va saqlash paytida ularga nisbatan noto‘g‘ri yoki ehtiyosizlik bilan munosabatda bo‘linganda portlashi, yonib ketishi, yong‘inning sababchisi bo‘lishi, transport vositasi yoki boshqa yuklarning shikastlanishi yoki yaroqsiz holga kelishiga sababchi bo‘lishi, odamlarning zaharlanishi va kuyishiga sababchi bo‘lishi, atrof-muhitga ekologik zarar etkazishi mumkin bo‘lgan yuklardir, shu sababli ular yuklash, tashish, tushirish va saqlashda maxsus ehtiyotkorlik shartlari va chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
Xavfli yuklardan tashqari yana bir qator engil alangalanadigan yuklar mavjud, ular o‘zlarining xususiyatlariga ko‘ra xavfli yuklar qatoriga kirmaydi, biroq tashish va saqlashda yong‘in chiqishiga nisbatan ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qiladi. Bunday yuklarga paxta tolasi, turli xil makulatura, har xil o‘tinlar, oltingugurt, pichan, somon, to‘qimachilik mahsulotlari, torf, yog‘och ko‘miri, paxta, sellyuloza, turli xil priborlar, qurilmalar va hokazolar kiradi.
Transportning barcha turlarida xavfli yuklarni tashish qoidalarining asosiga xalqaro qonunchilik qo‘yiladi. Deyarli barcha mamlakatlar xalqaro qoidalarni milliy qonunchilikka joriy qilganlar. Bunday qonunchilik 1965 yilda “BMT IMO kodi” ning (Xalqaro dengiz tashkiloti) tarkibiga kirgan “Xavfli yuklarni kodlashtirish bilan dengiz orqali tashishning Xalqaro qoidalari” bilan taqdim qilingan. Bu qoidalar xavfli yuklarning klassifikatsiyasini va ularni dengiz transporti bilan tashish qoidalarini belgilaydi.
Xavfli yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi ekspeditorlar sug‘urta qiluvchilar, qoidaga ko‘ra, ularning sabablari sud yoki arbitraj tomonidan xodimlarning xavfli yuklarni tashish qoidalarini bilmasligining oqibati deb talqin qilinishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashni sug‘urtalashdan bosh tortishlarini hisobga olishlari lozim bo‘ladi. SHu sababli ham bu qoidalarni bilish talab qilinadi. YUklarni terminallarning omborxonalariga taqdim qilish va qabul qilish hamda olib chiqib ketishning barcha xavfli yuklar uchun umumiy bo‘lgan shartlariga, idishlar, o‘ramlar, harakatlanuvchi sostav va tonnajga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarga, yuklarning massasini aniqlash va yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilish zarur bo‘ladi. Ehtiyotkorlikning umumiy chora tadbirlaridan tashqari har bir xavfli yuk uchun alohida ravishda, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan (idish va o‘ram turi, idishdagi yozuvlar va yorliqlar va boshqalar) individual ehtiyotkorlik choralari ham amal qiladi.
Transportassotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi FIATA xavfli yuklarni jo‘natuvchilar va ekspeditorlarga yordam tariqasida xavfli yuklarni dengiz, temir yo‘l va avtomobil transporti bilan tashishning amaldagi xalqaro qoidalariga muvofiq yuk jo‘natuvchining xavfli yukni tashish to‘g‘risidagi deklaratsiyasini ishlab chiqqan. Klassifikatsiyaga ko‘ra xavfli yuklar 9 ta klasslarga bo‘linadi. Xavfli yuklarning har bir klassi va tagklassi uchun o‘zining yorliq-belgisi ko‘zda tutilgan. Haydovchilar va xavfli yuklarni kuzatib borish uchun yuborilgan shaxslar maxsus o‘qitilgan bo‘lishi va ularning malakasi mos keluvchi guvohnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun javobgarlik avtotransprt korxonasining rahbari zimaasiga yuklanadi.
YUklarga kuzatuvchilar hamrohlik qilgan holda yuklarni tashishda transportxizmat ko‘rsatish
Ba’zi bir yuklarni tashishda yo‘lda ularga maxsus xizmat ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash yoki ularning yaroqsiz holga kelishi, halokatga uchrashi va o‘g‘irlanishining oldini olish uchun ularni uzluksiz kuzatib borish talab qilinadi. Ular qatoriga tashish paytida maxsus xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan (isitish, boqish, qarash) hayvonlar, qushlar, asalarilar, tirik baliq, o‘simliklar va tirik gullar, tez buziladigan yuklar; ba’zi bir xavfli yuklar; avtomobillar va g‘ildirakli texnika; muzey eksponatlari; antikvar boyliklar va boshqalar kiradi.
Temir yo‘l transportida yuklarga hamrohlik qilish masalalari “YUklarni tashish qoidalari” ning 21-bo‘limi bilan tartibga solinadi, u ularni tashish Temir Yo‘llar Vazirligining harbiylashtirilgan qo‘riqchilar bo‘linmalarining xodimlari, yuk jo‘natuvchilar yoki yukni qabul qilib oluvchilarning vakillari hamrohligida amalga oshiriladigan yuklar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
YUklarning ba’zi bir turlariga nisbatan ekspeditorlik kuzatuvi majburiy bo‘lib hisoblanadi. Agar yuk jo‘natuvchining (qabul qilib oluvchining) ekspeditori hamrohligida tashiladigan bo‘lsa, yuk jo‘natuvchi (qabul qilib oluvchi) ekspeditorning yukni jo‘natish joyiga harakatlanuvchi sostavning kelish momentiga etib kelishini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Agar ekspeditor harakatlanuvchi sostavning kelish momentiga etib kelmasa, yukni jo‘natuvchi (qabul qilib oluvchi) harakatlanuvchi sostavning turib qolganligi uchun avtotransport korxonasi oldida javobgar bo‘ladi, bunday javobgarlik shartnomada va avtomobil transporti Nizomining 141-moddasida ko‘zda tutiladi.
YUk jo‘natuvchining (qabul qilib oluvchining) ekspeditorini bir soat davomida kutgandan keyin avtotransport korxonasi harakatlanuvchi sostavni garajga qaytarishga yoki undan boshqa tashishlar uchun foydalanishga haqli bo‘ladi. Bunday holda tashish amalga oshmadi deb hisoblanadi, turib qolish uchun jarima hisoblash to‘xtatiladi va tashishning amalga oshmay qolganligi uchun avtotransport korxonasi javobgar bo‘lmaydi.
Parsel jo‘natmalar va bahosi e’lon qilingan yuklarga transportxizmati ko‘rsatish
Parsel operatsiyalarga odatda tovar bo‘lmagan, qimmatli yuklarni (tovarlarning namunalari, reklama materiallari, o‘ramdagi donabay yuklar, sovg‘alar va boshqalar) kichik partiya-jo‘natmalar bilan etkazib berish kiradi, ularning bahosi ma’lum bir maksimumdan oshmasligi lozim, bu transport servisi shartlarining maxsus bo‘limida (liniya tariflari, yo‘nalishdagi qoidalar) kelishiladi. Bunday yuklarni dengiz transporti bilan tashishda konosament o‘rniga maxsus transport hujjati – parsel kvitansiyasidan foydalaniladi, unda jo‘natmaning bahosi ko‘rsatiladi. Parsel yukni yuklash, tushirish, tashish liniya tarifining maxsus stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda ko‘rgazma yuklari va reklama materiallari uchun ular, qoidaga ko‘ra, pasaytirilgan bo‘ladi. Parsel kvitansiyasi – shaxsan yo‘llangan transport hujjati bo‘lib hisoblanadi. SHundan kelib chiqqan holda uni unga odatdagi uzatish yozuvini kiritish bilan boshqa kishiga berish mumkin emas. Oluvchining jo‘natmani qabul qilib olganligi to‘g‘risidagi tilxati parsel tilxati deb ataladi.
Parsel jo‘natmalarni amaldagi transport va tovar-taqsimlash hujjatlari bilan tashiladigan, bahosi e’lon qilingan yuklarni tashish bilan tenglashtirmaslik lozim. Ko‘pgina tariflar va qoidalarning shartlariga ko‘ra, qimmatli yuklarni tashishda yuk jo‘natuvchi qimmatbaho metallar, toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, san’at asarlari, badiiy buyumlar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, antikvar buyumlar, shuningdek yuk jo‘natuvchining kuzatuvchilari hamrohlik qilmaydigan uy-ro‘zg‘or buyumlari kabi bunday yuklarni jo‘natishda ularning bahosini e’lon qilishi shart. Bahosi e’lon qilingan yuklarni tashish yollash ,yoki tariflarning oshirilgan stavkalari bo‘yicha yoki maxsus to‘lovni qo‘shimcha ravishda to‘lash bilan amalga oshiriladi. Bunda bahosi e’lon qilingan yuk yo‘qolganda tashuvchi yukning egasiga e’lon qilingan bahoga mos keladigan, biroq uning amaldagi qiymatidan oshiq bo‘lmagan summani to‘laydi.
“Temir yo‘llar texnik shartlari”ning 23-moddasiga muvofiq yukning e’lon qilingan bahosining summaasi yuk jo‘natuvchi tomonidan nakladnoyning “YUkning e’lon qilingan bahosi” grafasida jo‘natish mamlakatining valyutasida yoki tarif valyutasida ko‘rsatilishi lozim, u mazkur yukning xorijiy etkazib beruvchining schetida ko‘rsatilgan bahodan yoki davlat bahosidan oshiq bo‘lmasligi lozim. YUkni jo‘natadigan temir yo‘l stansiyasi yukni tashish uchun qabul qilib olish paytida yukning e’lon qilingan bahosi uning qiymatiga mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rish huquqiga ega. Agar temir yo‘l ma’muriyati bilan jo‘natuvchi o‘rtasida e’lon qilingan bahoning qiymati bo‘yicha kelishmovchiliklar kelib chiqsa, bu kelishmovchilik jo‘natish stansiyasining boshlig‘i tomonidan hal qilinadi. YUk jo‘natuvchi stansiya boshlig‘ining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, yuk jo‘natuvchi o‘zining hisobidan davlat savdo yoki sanoat organlaridan ekspert taklif qilish huquqiga ega. Ekspertning xulosasi har ikkala tomon uchun majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Uyilgan holda, to‘kma holda, quyilgan holda tashiladigan, shuningdek tez buziladigan va xavfli yuklarning bahosi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek bitta tovar-transport nakladnoyi bo‘yicha tashiladigan yukning bir qismining bahosi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilingan baho yukning haqiqiy qiymatidan oshmasligi lozim. Avtotransport korxonasi bilan yuk jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) o‘rtasida yukning bahosi bo‘yicha kelishmovchiliklar kelib chiqqanda yukning bahosi ekspertiza tomonidan aniqlanadi, bunda mos keluvchi dalolatnoma tuziladi.
Bahosi e’lon qilingan yukni tashish uchun taqdim qilishda yuk jo‘natuvchi belgilangan formada uch nusxada yuk o‘rinlarining ro‘yxatini tuzishi shart, ular avtotransport korxonasiga beriladi. Ro‘yxat tekshirib ko‘rilgandan keyin uning bir nusxasi yuk jo‘natuvchiga qaytarib beriladi, ikkinchisi avtotransport korxonasida qoladi, uchinchisi esa yukni topshirish paytida yukni qabul qilib oluvchiga topshiriladi. Uyilgan holda, to‘kma holda, quyilgan holda va konteynerlarda tashiladigan yuklarni yuk jo‘natuvchi tashish uchun topshirayotganda va avtotransport korxonasi mazkur yuklarni tashish uchun qabul qilib olayotganda mazkur yuklarning og‘irligi aniqlangan va tovar-transport nakladnoyida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |