Mundareja: Kirish aj “Milliy bank” to’g’risida qisqacha tafsif va tashkiliy strukturasi aj “Milliy bank”ning faoliyatini belgilovchi meyoriy-huquqiy xujjatlar


«Milliy bank» da orttirgan tajribam



Download 67,28 Kb.
bet4/5
Sana10.06.2023
Hajmi67,28 Kb.
#950326
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mohinur

6. «Milliy bank» da orttirgan tajribam
Men amaliyotimni AJ «Milliy bank» Shahrisabz filialida 2021 yilning 14-iyunidan boshladim. Amaliyot boshida birinchi navbatda men bankning boʻlimlari bilan tanishib chiqdim. Har bir boʻlimning oʻzining asosiy bajaradigan vazifalari mavjud ekan. Boʻlimlarda men turli xil hujjatlarni oʻrganib chiqdim. Hujjatlar qanday yuritilishi, nima maqsadda yuritilishi haqida maʼlumotlarga ega boʻldim. Shuningdek amaliyot mobaynida bankning xodimlar bilan ishlash departamentining direktori bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Xodimlar bilan ishlash departamentining direktori mening qiziqishlarim va nimalarni bilishim xaqida qiziqdi. So‘ngra meni bankning G‘aznachilik va qimmatli qog‘ozlar departamentining direktori bilan tanishtirdi. U yerda ham qisqa tanishtiruvdan so‘ng departament ishi haqida tushuntirish berildi.
Meni G‘aznachilik va qimmatli qog‘ozlar departamentining Pul bozori amaliyotlari bo‘limiga amaliyot o‘tashga qabul qilishdi va ushbu bo‘limning asosiy vazifalari bilan tanishtirishdi. Departamentning asosiy maqsadi – bank likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish hisoblanadi. Shuningdek, bank uchun maqbul bo‘lgan shartlarda depozit portfelini shakllantirish va boshqarish, bank kapitalini adekvatligini ta’minlash, tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan aktiv va passivlarni samarali boshqarish orqali likvidlilik holatini bir maromda saqlanishini ta’minlashdan iborat.
Har qanday tashkilotda bo‘lgani kabi, departamentda mavjud bo‘lgan ba’zi bir nizomlar bilan tanishdim. Unda men o‘z faoliyatimni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik va mehnat qonunchiligi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlar, xukumat qaror va Farmonlari, Bank Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yo‘riqnomalari, qo‘llanmalar, buyruqlar hamda G‘aznachilik va qimmatli qog‘ozlar departamenti to‘g‘risidagi Nizomga qat’iy amal qilgan holda bajarishim kerakligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim.
Ushbu nizomlarda majburiyatlar haqida ham so‘z borgan. Ularga:

Bank manfaatlariga xizmat qilishga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va Turonbankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq tarqatilishi cheklangan hamda “bank siri” hisoblangan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashni tashkil etishga, shuningdek, bunday hujjatlardan fosh etilishiga;


Departament faoliyatiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Prezident Administratsiyasininng topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Markaziy bankning ko‘rsatma xatlari, me’yoriy hujjatlari hamda Turonbankning ichki me’yoriy hujjatlari va amaldagi boshqa qonun hujjatlari talablarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga;
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda amaldagi “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari”da va Ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda, shubhali va (yoki) gumonli alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita o‘z rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimiga yozma ravishda zudlik bilan xabar berishi lozim.
Departamentning funksiyasi bankning rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, bank aktivlari va majburiyatlarini muntazam tahlil qilib borib, ularni samarali boshqarish orqali quyidagilarga erishish:
- yuqori daromadlilik;
- oqilona tavakkalchilik;
- bankning yetarli darajada likvidliligini ta’minlash;
- mavjud hisobotlardan foydalanib Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy me’yorlarga amal qilish.
Amaliyotimni bo‘limdagi xujjatlarni o‘rganishdan boshladim. Xar kunlik departamentga keladigan va chiquvchi xatlarni mazmunini o‘rganib, ularni aloxida jurnallarga qayd qilishni o‘rgandim. Xatlarni qayd qilib bo‘lgach, xar birini tegishli ijrochisiga yetkazib turdim.
Men tushgan bo‘limda bank va uning filiallaridagi likvidlik, ya’ni to‘lovga layoqatlilikni ta’minlash maqsadida to‘xtovsiz monitoring qilish uchun turli ko‘rsatkichlar va filiallararo muloqot qilishda qatnashdim.
Departamentda har kuni vaziyatga qarab filiallarga moliyaviy resurs beriladi, buning uchun avval moliyaviy yordam zarur bo‘lgan filial rasmiy buyurtmanoma bilan Boshqaruv Raisiga murojaat qiladi. Agar ruxsat berilsa, uning ijrosi bilan bizning departament shug‘ullanadi. Ushbu jarayonda o‘zim ham qatnashdim va quyidagi tartibda ish olib bordim:
1. Qaysi filialga qancha miqdorda moliyaviy resurs berilishi, uning maqsadi va tegishli debet va kredit hisob raqamlari yozilgan farmoyish yoziladi.
2. Farmoyish pastki qismiga ijrochi, ya’ni men va departament direktori viza imzosi qo‘yiladi.
3. Keyin esa farmoyishga dastlab bank bosh buxgalteriga imzo qo‘ydirib, uni Boshqaruv Raisi o‘rinbosarining qabulxonasiga topshiriladi.
4. Farmoyish qabulxonadan chiqqandan so‘ng, undan yana ikkita nusxa olinadi va devonxonadan farmoyishni jurnalga qayd qildirib, tegishli tartib raqam olinadi va bitta nusxasi devonxonada qoladi.
5. Farmoyishni original nusxasini Markazi Amaliyot Boshqarmasining buxgalteriya bo‘limiga farmoyishda ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun topshiriladi.
6. Farmoyishning bitta nusxasini departamentdagi farmoyishlar papkasiga tikib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, departamentda qilinadigan kunlik hisobotlarni bajarishni ham o‘rganib oldim. Buning uchun hisobot fayliga bankning IABS dasturidan tegishli formatdagi konsodillashgan ma’lumotlarni qo‘yib chiqish kerak. Hisobot bitgandan so‘ng esa undan nusxa olib, aloxida kunlik hisobotlar papkasiga ko‘chiriladi. Ushbu papkadan o‘tgan davrdagi barcha hisobotlarni topish mumkin. Ushbu hisobotda asosan bankning har bir filiali bo‘yicha umumiy daromad, xarajat, foyda va ularga o‘rnatilgan sof foyda me’yorlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, har bir filialga Bosh Bankdan ajratilgan moliyaviy resursning qiymati, berilgan sanasi va qaytarish sanasi, foizi va nima maqsadda berilgani haqida izoh ham kiradi. Bizning bo‘lim boshqa tijorat banklari va yuridik shaxslar bilan o‘zaro olib borgan depozit operatsiyalari bilan shug‘ullanganligi sababli kunlik hisobotda ushbu operatsiyalar haqida ham ma’lumotlar kiritib bordim.
Shuni bildimki, oyning oxirgi kunida ish keskin ko‘payib ketadi. Chunki oyning oxirida barcha depozitlarga foizlar to‘lanadi va bizning departament banklar va yuridik shaxslardan olingan barcha depozitlarning foiz to‘lovini nazoratga olishi kerak. Shu sababli barcha filiallarga shu haqida kerakli ko‘rsatmalar berish uchun telefon orqali bog‘lanib turdim. Depozitlarga foizlar to‘lanib bo‘lgandan so‘ng, IABS dasturidan Bosh bank filiallarga ajratgan moliyaviy resurslar uchun hisoblangan foizlar bo‘yicha hisobot tuzdim va uni filiallarga yubordim. Uning ijrosi bo‘yicha har bir filial bilan aloqada bo‘ldim. Oyning oxirgu kunida to‘lovlar ko‘p bo‘lganligi sababli ba’zi filiallarning yetarli mablag‘i bo‘lmay qolishi mumkin. Shunday hollarda kerakli moliyaviy resurs ajratish uchun yuqoridagidek amallarni bajardim.
Oyning boshida esa O‘zbekiston Respublikasi Markazi Bankiga kerakli prudensial hisobotlarni tayyorlashda qatnashdim. Ushbu hisobotlar O‘zbekistondagi tijorat banklari haqidagi kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, Markaziy Bankning kelgusi siyosatiga ta’sir o‘tkazishi haqida bilib oldim.
Bank likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda boshqa tijorat banklari, moliya institutlari va boshqa ho‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatishda faol qatnashdim. Bunda har kuni talab va taklifni o‘rgangan holda ba’zi bir tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va kompaniyalar bilan depozit joylash va jalb qilish haqida olib borilgan muzokaralarda ham qatnashdim.
Byudjet tashkilotlari, shu jumladan davlat ulushi yuqori bo‘lgan tijorat banklari bilan pul bozori va qimmatli qog‘ozlar da oldi-sotdi qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi platformasidan foydalanishni o‘rgandim. Ushbu platformada qaysi bank yoki tashkilot qancha miqdorda necha foizdan qancha muddatga pul joylamoqchi yoki jalb qilmoqchi ekanligini ko‘rish mumkin. Ushbu platformaga kirish uchun esa maxsus trayder elektron kalitiga ega bo‘lgan shaxs kirishi mumkin. Platformadan foydalanganlik uchun komissiya to‘lovi ham bor va u jalb qilingan yoki joylangan pul mablag‘ining 0.00092 foizini tashkil etadi. Ushbu komissiya to‘lovini to‘lashda qilinadigan farmoyishni ham ijrosini amalga oshirishda qatnashdim.
Boshqa departament va xizmatlarni bajarish uchun:
G‘aznachilik va qimmatli qog‘ozlar departamenti nuqtai nazaridan o‘z takliflarimni berish bilan ichki Nizom va boshqa yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda qatnashdim hamda bankning barcha departament va boshqarmalari bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatdim.
Tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida barcha departament va boshqarmalar bilan xamkorlik qildim..
Ma’lumotlar almashish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqalarga yaqindan ko‘maklashadi va ularning ishlarida hamkorlik qiladi.
Barcha so‘rov va xatlarga o‘z vaqtida javob berdim.

Xulosa
Tanishuv amaliyoti bo’yicha shuni xulоsа qilish mumkinki, mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtining yеtаkchi tаrmоg‘i bо‘lmish bаnk tizimimiz bugungi kun zаmоn tаlаbigа jаvоb bеrishi uchun о‘z fаоliyаtidа zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаrni qо‘llаshi birinchi dаrаjаli dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. Shundаy zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаr аsоsidа mаsоfаviy bаnk xizmаtlаri, xususаn Intеrnеt-bаnking xizmаtining fаоl jоriy еtilishi еng muhim mаsаlа еkаnligi shubhаsiz. Xо‘jаlik yurituvchi sub’еktlаr, kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаri tоmоnidаn еlеktrоn tijоrаt vа еlеktrоn tо‘lоvlаr imkоniyаtlаridаn оqilоnа fоydаlаnilgаnligi tufаyli tijоrаt ishidа hаmkоrlаrni tоpish, shаrtnоmаlаrni tuzish, tаshqi bоzоrgа tеzkоr chiqishdа kеng imkоniyаtlаr yаrаtilib, ushbu imkоniyаtlаr ulаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа аsоs bо‘lib xizmаt qilmоqdа. О‘z nаvbаtidа, bundаy hоlаt milliy iqtisоdiyоtimizning bаrqаrоrligini tа’minlаmоqdа. Shundаy еkаn, ushbu sоhаni yаnаdа kеngаytirish, bаnk mijоzlаri uchun qulаy imkоniyаtlаr yаrаtishdа tinmаy izlаnishlаr оlib bоrish lоzim, dеb о‘ylаyman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
AJ “Milliy bank”ni yаnаdа rivоjlаntirish vа yаkuniy nаtijаlаrgа еrishish mаqsаdidа quyidаgi yо’nаlishlаrdа chоrа-tаdbirlаr аmаlgа оshirilib kеlinmоqdа.

  • tijоrаt bаnki fаоliyаtini tаrtibgа sоlish vа nаzоrаt qilish tizimini xаlqаrо аndоzа vа mе’yоrlаr, jumlаdаn, bаnk nаzоrаti bо’yichа Bаzеl qо’mitаsining yаngi tаvsiyаlаri (Bаzеl III) аsоsidа tаkоmillаshtirish;

bank tomonidan kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаrini mоliyаviy qо’llаb-quvvаtlаsh bо’yichа ishlаrni yаnаdа fаоllаshtirish;
kо’rsаtilаyоtgаn bаnk xizmаtlаri turlаrini, raqamli bank xizmatlarini kо’pаytirish vа sifаtini yаnаdа yаxshilаsh, xususаn, bаnk infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish, аyniqsа, qishlоq jоylаrdа аxbоrоt-kоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаrini kеng qо’llаgаn hоldа mаsоfаdаn turib bаnk xizmаtlаrini kо’rsаtish kо’lаmlаrini yаnаdа kеngаytirish;
Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа qаyd еtish lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr AJ “Milliy bank” tizimini аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtishi rаvshаn hоdisа. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn yangi raqamli bаnk xizmаtlаri joriy etilib, bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi.


Download 67,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish