Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida



Download 1,48 Mb.
bet9/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

3. LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida. LSQ – voqelikka aylanmagan, namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etadigan imkoniyat bo‘lsa, nutqiy hosila esa ana shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka aylanishidir.
4. LSQ – sabab, nutqiy hosila uning oqibati. LSQ – bu o‘ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi omildir. Chunki sabab biror ta’sirning boshlanish nuqtasi bo‘lib, u ma’lum bir natija, oqibatni yuzaga keltiradi. LSQ natijasida kelib chiqadigan oqibat – shunday hosila. Sabab oqibatdan oldin kelganligi kabi LSQ ham nutqiy hosilaning qanday bo‘lishini belgilaydi.
LSQning asosiy turlari. Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin:

  1. yasama so‘z;

  2. so‘z birikmasi;

  3. gap.

ishla yasama so‘zi ish leksemasi va -la morfemasining, kitobni o‘qimoq nutqiy so‘z birikmasi kitob va o‘qi leksemalarining, O‘qidim gapi esa o‘qi leksemasi va -dim kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‘lgan.
ishla so‘zi [ot → la q asosdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanmoq] so‘z yasash qolipi mahsuli bo‘lsa, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi [Ot tushum kelishigi → fe’l] LSQi, O‘qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasidir. Bular sirasida so‘z yasash va so‘z birikmasi qolipi tushuncha ifodalovchi – atash (nominativ) vazifasini bajaruvchi hosilani beradigan qolip bo‘lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilani tug‘diruvchi qolip hisoblanadi. So‘z yasash qolipi lisoniy bo‘lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida derivatsiya bo‘limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosila beruvchi, ya’ni so‘z birikmasi va gap qolipi tekshiriladi.
LSQni o‘qish va yozish qoidalari. Lisoniy birlik bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgidir.
Lisoniy birlik bo‘lgan LSQ yozuvda turli shartli belgi vositasida beriladi. Biroq bu shartli belgini o‘qishning o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ma’lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular aynan o‘qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to‘rt» deb o‘qish to‘g‘ri emas. LSQga ham shunday munosabatda bo‘lish lozim. Oo [W morfologik vosita →W morfologik vosita] qolipini o‘qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita va W morfologik vosita», deb emas, balki, «ikki uzvi morfologik shakllangan atov birligi» deb o‘qish tavsiya etiladi. Agar LSQ [ism kelishik qo‘shimchasi → ism egalik qo‘shimchasi] ko‘rinishida bo‘lsa, u «ikki uzvi ismli qaratuvchili birikma» tarzida o‘qilishi maqsadga muvofiq.
Ma’lum bo‘ldiki, LSQning shakliy tomonigina yoziladi va o‘qiladi. Zero, ikki yoqlamali birlik bo‘lgan leksema va morfemaning ham shakliy tomoni shartli ravishda yoziladi va o‘qiladi: kitob leksemasi, -ni morfemasi kabi. Ularning mazmuniy tomoni bo‘lgan semema yoki grammatik ma’no birliklarning shakliy tomoni bilan yaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat bo‘lmaydi.
Demak, LSQ ifodasida ham qulaylik uchun ularning shakliy tomoni bilangina cheklanish ma’qul.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish