Umumiylik
|
Farqlar
|
1.1.Erkak kishining ismi Q qaratqich kelishigi
|
Halim oti Qning
|
1.2.Qiz bola ismiQqaratqich kelishigi
|
Munira otiQning, Sitora otiQning
|
1.3.I shaxs birlik kishilik olmoshi
|
men olmoshiQning
|
1.4. II shaxs ko‘plik kishilik olmoshi
|
biz olmoshiQning
|
1.5.sifatQqaratqich kelishigi
|
Qizil sifati Qning
|
1.6.Harakat nomiQqaratqich kelishigi
|
Yashash harakat nomiQning
|
Farqlarni e’tibordan soqit qilib, olingan umumiylik asosida LSQning birinchi (tobe) a’zosini tiklaymiz. Nisbiy umumiyliklarni yana birlashtirib, quyidagi
[ ismqaratqich kelishigi Q ...
uzvi tiklanadi.
So‘z birikmasining ikkinchi uzvidagi farq va umumiyliklarni ham shu asosda aniqlaymiz (29-jadval):
29-jadval
Umumiylik
|
Farqlar
|
2.1. O‘quv vositasi oti Q III sh.egalik qo‘shimchasi
|
kitob oti Q i
|
2.2. Yozish mumkin bo‘lgan narsa oti Q III sh.egalik qo‘shimchasi
|
daftar oti Q i
|
2.3. Rang sifati Q III sh. egalik qo‘shimchasi
|
qizil sifati Q i
|
2.4. Mavhum ot Q III sh. egalik qo‘shimchasi
|
zavq oti Q i
|
2.5. Joy oti Q I sh. Egalik qo‘shimchasi
|
uy oti Q imiz
|
2.6. Yozuv quroli Q III sh. egalik qo‘shimchasi
|
ruchka oti Q si
|
Bu a’zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib qolamiz. Natijada,
...→ ismegalik qo‘shimchasi]
umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a’zoni birlashtirish natijasida [ismqaratqich kelishigi → ismegalik qo‘shimchasi] umumiyligi tiklanadi. Bu umumiylik LSQ bo‘lib, so‘z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur farqlar LSQga aloqador emas.
LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasiq qaratuvchi-qaralmish qurilishli so`z birikmasi] LSQi ham ikki – [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] va qaratuvchi-qaralmish qurilishli so`z birikmasi qismlaridan tashkil topgan.
LSQning chap, ya’ni [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni. LSQning o‘ng tomoni - uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [Ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish qurilishli so`z birikmasi] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarni ifodalovchi so`z biriklamasi» yoki «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarni ifodalovchi atov birligii» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan: mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog‘i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi».
Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgisi ko‘rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma’noviy munosabat» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar haqidagi tushuncha ifodasi tushuniladi. Masalan, kitob leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Chunki kitob leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksik. Lekin LSQ – sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar ahamiyatli bo‘lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun-qism», «sabab-oqibat», «holat – uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi bitta. [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish...] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi.
LSQning [Ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatidan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmaning alohida-alohida ma’nosini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim.
Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, so‘z birikmasining turli gap, matn va qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, uyni qurmoq birikmasida uyni so‘zshaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida buzmoq va qurmoq so‘zlariga xos ma’nolar. LSQ esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasi. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’no, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’no ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’noning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |