GAP TURI
|
MISOL
|
QOLIPI
|
|
I. Bir tarkibli gaplar
|
|
|
1
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Bahor
|
|
2
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Fasli bahor
|
|
3
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Bahordir
|
|
4
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Fasli bahordir
|
|
5
|
Ot markazli analitik kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Bahor edi.
|
|
6
|
Ot markazli analitik kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Fasli bahor edi.
|
|
7
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Borilsin.
|
|
8
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Toshkentga borilsin.
|
|
9
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Borilmasin
|
|
10
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Bu yerga borilmasin
|
|
11
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Borsa bo‘ladi
|
|
12
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli yoyilgan sodda gap.
|
Toshkentga borsa bo‘ladi.
|
|
|
II. Ikki tarkibli gaplar.
|
|
|
1
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
O‘qituvchiman
|
|
2
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Yangi o‘qituvchiman
|
|
3
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
O‘qituvchidirman
|
|
4
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Yangi o‘qituvchidirman
|
|
5
|
Ot markazli analitik kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
O‘qituvchi bo‘lay.
|
|
6
|
Ot markazli analitik kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Yaxshi o‘qituvchi bo‘lay
|
|
7
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Keldim
|
|
8
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Kecha keldim
|
|
9
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Kelmagandim.
|
|
10
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Kecha kelmagandim.
|
|
11
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli egasiz yoyilmagan yig‘iq sodda gap.
|
Kelmagan edim.
|
|
12
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli egasiz yoyilgan sodda gap.
|
Kecha kelmagan edim.
|
|
13
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men o‘qituvchiman
|
|
14
|
Ot markazli yig‘iq kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men yangi o‘qituvchiman
|
|
15
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men o‘qituvchidirman
|
|
16
|
Ot markazli yoyiq kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men yangi o‘qituvchiman
|
|
17
|
Ot markazli analitik kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men o‘qituvchi bo‘lay
|
|
18
|
Ot markazli analitik kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men yaxshi o‘qituvchi bo‘lay.
|
|
19
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men keldim.
|
|
20
|
Fe’l markazli yig‘iq kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men kecha keldim
|
|
21
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men kelmagandim.
|
|
22
|
Fe’l markazli yoyiq kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men kecha kelmagandim.
|
|
23
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli egali yoyilmagan sodda gap.
|
Men kelmagan edim.
|
|
24
|
Fe’l markazli analitik kesimlikli egali yoyilgan sodda gap.
|
Men kecha kelmagan edim.
|
|
[WPm] ning nutqiy voqelanishi. Yuqorida sodda gapning 24 va murakkablashgan sodda gapning 72 turi mantiqiy-riyoziy usul bilan hosil qilindi. Lekin bu 72 tur gapning qurilishi, kesimning ifodalanish materiali (ot, fe’l yoki frazema bilan berilishi), kesimlik qo‘shimchalarining xususiyati (yig‘maligi, yoymaligi, analitikligi), gap tarkibida eganing bor-yo‘qligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning bo‘lish-bo‘lmasligi kabi xususiyatlar bilan aloqador. Shuning uchun yuqoridagi 72 gap turini asosiy olti qolipning (6 ta qolip alohida qatorda o’qilishi bilan berilsin)[IWPmY], [IWPmYO],[ЕQ IIWPm Y], [EQIIWPm YO], [E-IIWPmY], [E-IIWPmYO] – [W], [Pm] ning ifodalanish xususiyatlari va gap tarkibida murakkablashtiruvchi vositalarning bor-yo‘qligiga ko‘ra voqelanishi deb qabul qilish zarur. Nutqdagi gaplar yuqorida ko‘rsatilgan qurilish xususiyatlaridan boshqa yana o‘nlab ko‘rsatkichlarga – nutqiy va nutqiy ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. Bulardan biri – ohang va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq, undov, his-hayajon, so‘roq-undov (ritorik) va hokazo ma’nolarga ega bo‘lishidir. Bundan tashqari, gap nutqda, albatta, ma’lum bir modal ma’nosiga ko‘ra neytral, gumon, ishonch, taxmin, taajjub kabi ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin; gapda bajaruvchi ega ifodalanmagan taqdirda, umuman, bo‘lmasligi, majhul, aniq, umumlashgan va noaniq bo‘lishi mumkin. Shu kabi ma’nolar gapning tildagi eng kichik qolipiga, umuman, aloqador emas. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida vositali va vositasiz to‘ldiruvchining 20 ga yaqin turi, holning 60 dan ortiq xili ajratiladi va nutqda bunday to‘ldiruvchi yoki holning bittasi bilan kelgan gap hol va to‘ldiruvchining ikkinchi turi bilan kelgan gapdan, albatta, farq qiladi. Lekin bu farqlar ham gapning tildagi kichik qolipiga – o‘zbek jamiyati a’zolari uchun gap ramzi sifatida mavjud bo‘lgan umumiy, zaruriy va majburiy bo‘lgan birlik [WPm] va uning asosiy qurilish ko‘rinishlari ([IWPm Y], [IWPmYO], [EQ IIWPm Y], [EQ IIWPm Y], [E- IIWPm Y], [E- IIWPm YO] larga aloqador emas, Bu farqlar shu qurilish qoliplarining shaxsni tavsiflash, gap markazini, kesimlik ko‘rsatkichlarini moddiy shaklda ifodalash, modal ma’nolarni berish, gapni ifoda maqsadiga ko‘ra nutq sharoitiga moslashtirish, unga ohang tugalligi berish kabi tom ma’noda nosintaktik hodisalar bilan bog‘liq. Bunday gap qurilishiga aloqador bo‘lmagan hodisalar nutqdagi muayyan gaplarda nosintaktik hodisalarning gap qurilishidagi aksi (in’ikosi, tajallisi) sifatida qaralishi lozim. Tajallilanuvchi bu ma’nolar nutqdagi gaplar uchun benihoya zarur va gap ulardan tashqari bo‘lishi mumkin emas. Lekin ulardan birortasining ham gapning lisoniy qurilishida ahamiyati yo‘q. Shuning uchun ayni bir xil qurilishdagi gap ifoda maqsadiga ko‘ra darak ham, so‘roq, buyruq ham, undov ham bo‘lishi, modal ma’nosiga ko‘ra qat’iy ishonch ham, neytral ham, taxmin ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun lisoniy tahlilda lison va nutq bosqichlarini farqlar ekanmiz, sodda gapning lisoniy qoliplari nutqda voqelanishi uchun qaysi kategoriyalar prizmasidan o‘tishini, bu o‘tish jarayonida qanday ma’no-bo‘yoqlarga “bo‘yalib” chiqishini unutmaslik lozim. Shuning uchun aytgan fikrlarimizni quyidagi jadvalga umumlashtirish va sintaktik tahlilni shu asosda olib borish zarur:
O‘zbek tilida grammatik shakllangan sodda gaplarning turlari
Bosqichi
|
Gapning eng kichik qolipi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |