Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet21/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Savol va topshiriqlar



  1. Valentlik nima?

  2. Tobe valentlik haqida gapiring.

  3. Hokim valentlik haqida gapiring.

  4. Valentlik va sintaktik aloqa haqida gapiring.

  5. Leksik valentlik nima?

  6. Sintaktik valentlik nima?

  7. Morfologik shakl valentligi haqida gapiring.



2–BO‘LIM


SO‘Z BIRIKMASI


Tayanch tushunchlar


lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, valentlik, sintaktik aloqa, sintaktik birlik, tobe aloqa, teng aloqa, kengaytiruvchi, kengayuvchi, birikish usullari, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, qolip, hosila, joylashuv omili, shakliy omil, ma’noviy omil


So‘z birikmasi (SB) haqida tushuncha. Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug‘iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so‘zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so‘z birikmasini afzal qilib qo‘yadi. Qiyoslang: o‘qimoq – tez o‘qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma’nosini tushunish» harakati (o‘qimoq) so‘zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga tez so‘zi ko‘maklashgan. Ko‘rinadiki, so‘z ham, so‘z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So‘z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq (masalan, o‘qimoq fe’lida harakat tez ham, sekin ham bo‘lishi mumkin), so‘z birikmasida esa ikki tushuncha o‘z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakat («harflarni tez urishtirib, ma’nosini tushunish») ifodalangan. Demak, so‘z o‘z ma’noviy imkoniyatini to‘laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so‘zga ehtiyoj sezadi. Bu so‘z uning ma’noviy ehtiyojini qondirmog‘i uchun ham ma’noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik:
olmaning termoq
osmonni tishlamoq
Halim keldi
kitobni o‘qimoq
Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so‘zlari ma’noviy jihatdan muvofiq bo‘lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (osmonni tishlamoq)da so‘zlar grammatik shakli jihatdan mos bo‘lsa-da, ma’noviy tabiatining «beo‘xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uchinchi birikuvda a’zolar ham ma’noviy, ham shakliy jihatdan muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To‘rtinchi birikuv (kitobni o‘qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan hokim-tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so‘z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu – ularning ma’noviy mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyati. Demak, nutqiy so‘z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin:
a) birdan ortiq mustaqil so‘z;
b) a’zolarning ma’noviy va grammatik jihatdan mosligi;
d) tobelik;
e) tushuncha ifodalash.
So‘z birikmasi bu to‘rt belgisining har biri bilan o‘ziga yondosh hodisalarga o‘xshaydi va bir vaqtning o‘zida farqlanadi ham. Masalan, birdan ortiq mustaqil so‘zdan tashkil topganligi bilan so‘zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan o‘xshashlik kasb etadi. Gap birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’noviy va grammatik jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SBdan farqli o‘laroq, fikr ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o‘xshashlari munosabatiga alohida-alohida to‘xtalish lozim bo‘ladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish