Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Yig’iq gap qo’shma gap tarkibida



Download 1,48 Mb.
bet119/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Yig’iq gap qo’shma gap tarkibida. Ma’lumki, gap predikativ birliklarning miqdoriga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1. Sodda gap.
2. Qo’shma gap.
Sodda gap bir markazdan, ya’ni bitta shakllangan kesimdan iborat bo’lsa, qo’shma gap ikki va undan ortiq markazdan, ya’ni ikki va undan ortiq shakllangan kesimdan tashkil topadi.
“Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko’ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lovchi yoki bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qo’shma gapni tashkil etadi.
Shaklan qo’shma gap birdan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topgan bo’lsa ham, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi” 1. “Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo’lgan bitta kesim bo’ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq kesim bo’ladi”2.
Demak, qo’shma gap ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo’ladi va yaxlit sintaktik qurilmani tashkil qiladi.
Sodda va qo’shma gaplar bir-biridan farq qiluvchi va o’xshash tomonlari bilan ajralib turadi. Bu, birinchidan, sintaktik qurilishda kuzatilsa, ikkinchi tomondan, aktual bo’linishda ham ma’lum darajada aks etgan bo’ladi.
Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo’lganligi uchun bitta hukmni, bitta fikrni ifodalasa, qo’shma gap birdan ortiq hukmni, ya’ni ko’p fikrni ifodalaydi. Sodda gap ko’p fikrni ifodalashi bilan qo’shma gapga o’xshab ketadi. Chunki uyushiq kesimli sodda gaplar ko’p fikrni ifodalashga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, 8-sinf “Ona tili” darsligida berilgan 132-mashqni keltirishimiz mumkin: Biz voqyea sodir bo’lgan joyga borishimiz, hammasini o’z ko’zimiz bilan ko’rishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak.3
Tilshunos olimlardan H.Ne’matov, N.Mahmudov, R.Sayfullayeva, A.G’ulomov, M.Abduraimovalar uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga - egaga aloqador bo’lishi zarurligini ta’kidlab, “gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so’z, ibora, so’z birikmalari) bilan ifodalangan kesim bo’lib, kesimni shakllantiruvchi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib, barchasiga aloqador bo’lsa, bunday ko’p kesimli gap uyushiq kesimli gap sanaladi”1, - degan fikrlarni ham aytadilar. Chunki yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki, bu gap bir predikativ markazga ega va unda bir emas, uchta fikr ifodalangan:

  1. borishimiz.

  2. ko’rishimiz.

  3. ishonch hosil qilishimiz kerak.

Lekin bu gapda bitta ega bo’lganligi va kesimni shakllantiruvchi so’z (kerak), ya’ni bevosita oxirgi kesimga qo’shilganligi uchun bu gap uyushiq kesimli gapdir. Agar bu gapda ega takrorlansa yoki kishilik olmoshlari qo’llansa, shuningdek, kesimlik shakllarini har bir predikatga alohida qo’shsak, u qo’shma gapga aylanadi. Zero, «shakllangan, ya’ni kesimlik shakllari (tasdiq, inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolari)ga ega bo’lgan kesim alohida bir hukmni ifodalaydi, alohida gap markazini tashkil eta oladi. Shuning uchun ikki va undan ortiq shakllangan kesimli gaplar qo’shma gaplar sanaladi»2. Masalan, Biz voqyea sodir bo’lgan joyga borishimiz kerak, hammasini o’z ko’zimiz bilan ko’rishimiz kerak va ishonch hosil qilishimiz kerak.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro zich bog’langan bo’ladi va «qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi»3. Bu nomustaqillik, eng avvalo, ohangda va grammatik vositalarda uchraydi. Misol qilib quyidagi gapni keltirishimiz mumkin: Aytsang, boraman. Bu bir tarkibli qo’shma gapda mazmun zich bog’langan bo’lib, birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun shart maqomidadir, shu sababli birinchi gap ikkinchi gapga shart mayli shakli –sa yordamida birikkan va u qo’shma gap tarkibidagi sodda ixcham gaplarni grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan.
Grammatik shakllarsiz, ya’ni bog’lovchilarsiz ham qo’shma gaplarni hosil qilish mumkin. Masalan: Ayt, boraman. Iymonlidir, jannatiydir.
Qo’shma gaplarning hosil bo’lishida ohang ham muhim rol o’ynaydi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida ohang uzilishi natijasida, qo’shma gap sodda gaplarga parchalanib ketadi. Ayt! Boraman. Iymonlidir. Jannatiydir.
Qo’shma gaplar ham sodda gapda bo’lgani kabi yig’iq va yoyiq shakllarda bo’ladi. Yig’iq qo’shma gaplarni ham sodda gaplardek, dastlab ikkiga bo’lish mumkin:

  1. Bir bosh bo’lakli yig’iq gaplardan iborat qo’shma gap.

  2. Ikki bosh bo’lakli yig’iq gaplardan iborat qo’shma gap.

Bir bosh bo’lakli yig’iq, ya’ni ixcham qo’shma gapda gap necha komponent(tarkib)li bo’lsa ham, uning komponentlari faqat kesimdan iborat bo’ladi. Masalan: 1. Keling, ko’ring, xarid qiling. 2. Yema, ichma, bo’l baxil, Boy bo’lmasang, men kafil.
Yuqoridagi birinchi misolda bir bosh bo’lakli yig’iq qo’shma gap uchta ixcham sodda gapdan tashkil topayotgan bo’lsa, ikkinchi qo’shma gap to’rtta ixcham [WPm] ko’rinishli hamda bitta sodda yig’iq [E-P] ko’rinishli gaplardan tashkil topmoqda.
Ikki tarkibli yig’iq qo’shma gaplarda esa u necha komponentdan, ya’ni sodda gaplardan iborat bo’lishidan qat’i nazar, ular ega va kesim ko’rinishida bo’ladi. Bunday yig’iq qo’shma gaplar ham bir necha turli bo’lishi mumkin:
a) qo’shma gap tarkibidagi har bir sodda gap alohida-alohida ega va kesimdan iborat bo’ladi: 1.Yer – xazina, suv - oltin (Maqol). 2. Gap – ko’p, umr – oz (Maqol). 3. Til – tesha, dil – shisha (Maqol)
b) qo’shma gap tarkibidagi sodda gap yoki qo’shma gapning komponentlari kesimdan, keyingi komponentlari esa ega va kesimdan iborat bo’lishi mumkin: Aralashdingmi, fitna ko’taradi, ko’r, Biri -g’iybatchi, chaqimchilik qiluvchi, Biri – ikkiyuzlama kishi, ta’magir (Yusuf xos Hojib). Bu qo’shma gap beshta sodda gapdan tashkil topgan bo’lib, ularning dastlabki uchtasi (Aralashdingmi; fitna ko’taradi; ko’r) [WPm] ko’rinishli sodda yig’iq gaplardan, keyingi ikkitasi (Biri - g’iybatchi, chaqimchilik qiluvchi; Biri – ikkiyuzlama kishi, ta’magir) esa [E-P] ko’rinishli sodda yig’iq gaplardan tashkil topgan.
v) qo’shma gap tarkibidagi dastlabki komponentlar ega va kesimdan, keyingi komponentlar esa faqat kesimdan iborat bo’ladi. Masalan: 1. Sen kel, ketaman. 2. U aytsin, boraqol.
Ushbu qo’shma gaplarning qolipini shartli ravishda [E-WPm, WPm] shaklida berish mumkin.
Qo’shma gap tarkibida qo’llangan bu birliklar ona tilimiz tabiati, uning uslubi haqida yanada qiziqarli ma’lumotlar berishi tabiiy hol. Bu sintaktik birlik – ixcham gap, uning qirralarini ochish, turli uslublarda qo’llanishi, [WPmRWPm] tarkibida kelishi kelajak tadqiqot ishlarining alohida mavzusi bo’ladi.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish