Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


So‘z birikmasi qoliplari oraliq ko‘rinishlarini shakllantirish, farqlash va voqelantirishda lug‘aviy va morfologik sathlar hamkorligi



Download 1,48 Mb.
bet126/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

So‘z birikmasi qoliplari oraliq ko‘rinishlarini shakllantirish, farqlash va voqelantirishda lug‘aviy va morfologik sathlar hamkorligi. Ta’kidlanganidek, qolip sintaktik sathdan quyida xususiylashar ekan, shunga muvofiq ravishda, uni shakllantiruvchi morfologik vositalar ma’noviy tabiati ham o‘z umumiyligidan xususiy voqelanishga tomon siljiy boshlaydi, qolip uzvlari esa muayyan xarakter kasb eta boradi.
Har ikkala uzvi morfologik shakllangan LSQlar oraliq ko‘rinishlarini morfologik vositalar nutqqa olib kiradi. Morfologik shakllarning qolipni nutqqa olib kirishdagi faolligi leksemalarning mazkur vositalarsiz ushbu uzvni to‘ldira olmasligi xossasi bilan belgilanadi. Xususan, ot turkumiga oid leksemalarning, asosan, hokim uzv maqomini egallashga ixtisoslashganligi uning tobe unsur sifatida kelishi uchun maxsus tobelik vositalarini qabul qilishini taqozo etadi. Shu boisdan [Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo‘shimchasi] qolipi hosilalari birinchi uzvi, asosan, ot yoki ot vazifasidagi so‘zlardir (kitobning muqovasi, Karimning kitobi, kattaning kichigi kabi). Morfologik vositalarsiz ko‘rinishidagi qolip turlari esa bevosita ularni to‘ldiruvchi tobe unsurning shu vazifasiga xoslanganligi xususiyati asosida tiklangan (yaxshi bola, asal bola, birinchi bola,o‘sha odam kabi). To‘g‘ri, mazkur birikmalarda tobe unsur sifatida ot turkumiga mansub birliklar ham ishtirok etgan. Biroq bunda mazkur unsurning tabiatida predmetlik xossasi susayib, belgi ifodalashga xoslanish kuchayganligi yaqqol sezilib turadi.
Morfologik shakllangan ayrim oraliq qoliplarda lug‘aviy birliklar o‘z umumlashgan ma’nosi asosida qoliplarni to‘ldirish, farqlash va nutqqa olib kirish vazifasini o‘taydi. Masalan, [Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo‘shimchasi] qolipi hosilalari bo‘lmish to‘rtning yarmi, qizilning qizili, bolaning tug‘ilishi so‘z birikmalarining farqlanishi birinchi oraliq bo‘g‘indayoq yuz beradi. Ya’ni:



[Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo’shimchasi]

[Otqaratqich kelishigi Q harakat nomiegalik qo’shimchasi]

[Sifatqaratqich kelishigi Q sifategalik qo’shimchasi]

[Sonqaratqich kelishigiQ otegalik qo’shimchasi]

Lug‘aviy to‘ldirilishga muvofiq ravishda har bir muayyan so‘z birikmasi turlicha nutqiy mazmuniy xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, bolaning tug‘ilishi SB “holat”, to‘rtning yarmi “butun-bo‘lak”, qizilning qizili “kuchaytirish” ma’nolariga ega bo‘ladi. Bu rang-barang ma’noviy munosabatlar qolip mohiyatiga daxldor bo‘lmay, bevosita to‘ldiruvchi lug‘aviy birliklarining o‘zaro munosabatidan kelib chiqadi.
Tipik morfologik vositalar asosida shakllangan ayrim qolip turlarida lug‘aviy birliklar ularni to‘ldirish vazifasini o‘taydi, oraliq shakllar orqali olib o‘tish va ularga mos ravishda shakllantirish vazifasini esa morfologik shakllar ado etadi. Masalan, [Ismkelishik qo‘shimchasi Q Fe’l] qolip turida tobe uzvning kelishik qo‘shimchalaridan qaysidir biri bilan birikish ixtiyoriyligi aks etgan. Shu bois u quyidagicha xususiylashadi va oraliq ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:



[Ismkelishik qo’shimchasi Q Fe’l]

[Ismtushum kelishigi Q Fe’l]

[Ismjo’nalish kelishigi Q Fe’l]

[Ismo’rin/payt kelishigi Q Fe’l]

[Ismchiqish kelishigi Q Fe’l]

Kitobni o’qimoq

Shaharga bormoq

Kuzda yig’moq

Nondan yemoq

Bu qolip turining birinchi oraliqlanish bosqichi bo‘lib, oraliq shakllar mofologik vositalar asosida farqlanadi. Zero, shakllarni qoldirib, so‘zlarni o‘rin almashtirish birikma mohiyatini o‘zgartirmaydi (shaharni ko‘rmoq kabi).


Shu o‘rinda mazkur oraliq qolipda munozarali nuqta borligi seziladi. Haqiqatan ham oraliq qoliplar [Ismkelishik qo‘shimchasi Q Fe’l] qolip turining sintaktik sathdan quyidagi nosintatik oraliq shaklimi? Agar shunday bo‘lsa, ular [Ismchiqish kelishigi Q Fe’lmajhul nisbat] qolip turidan qanday farqlanadi? Bizningcha, morfologik shakllar bilan farqlanuvchi qoliplar sintaktik, ammo morfologik shakli o‘xshashu, biroq lug‘aviy to‘ldirilishi o‘xshash bo‘lmagan, farqlanuvchi ko‘rinishlar sifatida baholanmog‘i lozim. Bunda ham, albatta, mustaqil sintaktik qolip uchun qo‘yilgan shakl va mazmun yaxlitligi tamoyilidan kelib chiqishimiz lozim. Unda [Fe’lravishdosh Q Fe’l] qolip turining hosilalari bo‘lgan kula-kula gapirmoq, yonib yashamoq birikmalari uchun asos bo‘lgan turli morfologik shakllardagi [Fe’l(i)bravishdosh Q Fe’l], [Fe’l(a)yravishdosh Q Fe’l] oraliq qoliplarining lisonga munosabati qanday? Bunda ham farqlanish morfologik vosita evaziga-ku? To‘g‘ri, biroq qolip mazmuni o‘zgarmasdan qolmoqda. Har ikkala shakl ham “holat” ma’nosini yuzaga chiqaradi. Qolipning shakl asosida mazmuniy farqlanmasligi uning lisonga xos emasligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, yuqorida qayd qilingan kelishik shakllari bir kategoriyaga mansub birliklardir. Biroq -a(y), -(i)b ravishdosh shakllarining esa bir ma’noviy mohiyatning, bir kategoriya shakli (ravishdosh)ning boshqa kategoriyalar ma’nolari tajallilari asosida farqlanuvchi turli ko‘rinishlari ekanligi asoslangan1.
Morfologik shakllanmagan LSQlarni nutqqa kiritishda ham, farqlashda ham leksik-semantik omil muhim ahamiyat kasb etadi va morfologik omil ancha kuchsizlanadi. Tilshunos S.Nazarova birikuvning turida ma’noviy va joylashuv omillari yetakchilik qilishini ta’kidlaydi.2 [Ism Q Fe’l] LSQi quyidagi oraliq bo‘g‘inlarga ega bo‘ladi:



[Ism Q Fe’l]

[Ot Q Fe’l]

[Ravish Q F]

[SifatdoshQ F]



[Sifat Q F]



Bunda qolip uzvlari ularni nutqqa olib kirish bilan birgalikda o‘z turkumiy xossalari asosida oraliq sintaktik qoliplarni ikkinchisidan farqlab ham turadi. Bunda qolip, shuningdek, nutqqa chiqayotgan leksema ma’nolarini muayyanlashtirishda joylashuv omili ma’noviy omilga hamkorlik qiladi.


Ayrim qolip turlarida ham sof lug‘aviy sathga daxldor mohiyatlar ularni farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, [Wmorfologik vosita Q Wmorfologik vosita] qolip tipiga mansub [Otbosh kelishik Q Otegalik qo‘shimchasi] turi boshqa turlardan, asosan, lug‘aviy to‘ldirilishning muayyanligi va joylashishning qat’iyligi asosida farqlanadi. Zero, yuqorida qayd qilingan boshqa qolip turlarida uzvlarning lug‘aviy to‘ldiruvchilari kamdan-kam bunchalik muayyan aks etadi. Shuningdek, qolip hosilalari bo‘lgan birikmalar uzvlarini inversiya holatida va distant vaziyatda qo‘llash imkoni chegaralangan (Pomir tog‘i, Qarshi shahri).
Shuningdek, [Otmodda Q Otaniq], [Otshaxs Q Otshaxs] qoliplarida lug‘aviy omil ustuvor ahamiyat kasb etib, birliklarni boshqa LSQlardan ajratib turadi. [Otmodda Q Otaniq] qolipida lug‘aviy omil ham shakllantiruvchi, ham farqlovchi va voqelantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lib, morfologik va joylashuv omillari buning evaziga so‘nish darajasigacha kuchsizlanadi. Chunki bu qolip hosilasi bo‘lgan so‘z birikmalari inversiya holatida bo‘la oladi. Temirchi Jo‘ra – Jo‘ra temirchi, mulla Karim – Karim mulla kabi.
Ma’lum bo‘ladiki, LSQlarning lug‘aviy va morfologik omillar asosidagi oraliq ko‘rinishlari orqali voqelanishlarida bu sathlar turli darajada hamkorlik qiladi. Biror sathga xos hodisaning hamkorligi darajasi boshqa sathlar birligining ehtiyoji va zaruriyatiga muvofiq bo‘ladi. Umuman olganda, morfologik shakllar, asosan, LSQlarni nutqqa olib kiruvchi leksemalarni shakllantiruvchilik hamda qolip tip va turlarini farqlovchilik xususiyatiga ega bo‘lsa, leksema qoliplarni to‘ldirish va qolip turi oraliq ko‘rinishlarini farqlash vazifasini o‘taydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish