Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


So‘z birikmasi qoliplarining oraliq shakllari xususida



Download 1,48 Mb.
bet125/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

So‘z birikmasi qoliplarining oraliq shakllari xususida. O‘zbek tilshunosligida oraliq sintaktik qoliplar muammosi ilk bor tilshunos M.Qurbonova tomonidan qo‘yildi.1
Mohiyat e’tibori bilan oraliq sintaktik qolip lisoniy darajalanishning bir ko‘rinishidir. O‘zbek tilshunosligiga darajalanish qonuniyatini olib kirgan O.Bozorov va Sh.Orifjonovalar uni bir sathga mansub turli til hodisalari misolida tadqiq qilishgan edi.2 Ular bir necha lisoniy birliklardan birining boshqasiga (masalan, kichik-o‘rta-katta, tor-o‘rta-keng) ma’noviy darajalanish asosida munosabatda bo‘lishini asoslashib, uning qonuniyat ekanligini isbotlashgan edi. Buni shartli ravishda darajalanishning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinishi sifatida ham baholash mumkin. Biroq, shuni alohida ta’kidlash lozimki, “falsafa va mantiqda borliqdagi umumiylikning xususiylashuvi, xususiyliklarning aqliy yo‘l bilan umumiylikka munosabatini tiklash ham turli bosqich va darajalarga ega bo‘ladi.3 Masalan, “daraxt” umumiyligi “o‘rik daraxti” xususiyligigacha “mevali daraxt”, “mevasiz daraxtlar” oraliq bosqichini quyiga qarab bosib o‘tadi. Demak, “daraxt” umumiyligidan “daraxt” xususiyligiga quyilash yoki, aksincha, keyingisidan yuqorilash bir necha bosqich orqali amalga oshadi. Bu darajalanish umumlashtirish yoki xususiylashuv bosqichlari bo‘lib, uni vertikal yo‘nalishidagi darajalanish sifatida qarash mumkin.
Har qanday umumiylik nutqiy voqelanishgacha pog‘onama-pog‘ona xususiylashar ekan, quyilashgan sari har xil o‘zga hodisalar tajallilari bilan boyib boradi. Bu boyish esa birlikning tub mohiyatini qorong‘ilashtiradi. Vazifasi umumlashtirish bo‘lgan tadqiqotchi bu tajallilarni chetlatish bilan mashg‘ul bo‘lsa, umumiylikning nutqiy voqelanishini tadqiq qiluvchi uchun tajallilarning birikish qobiliyatlari, qonuniyatlari va har bir tajallining funksional tabiatini oydinlashtirish birlamchi ahamiyat kasb etadi.
So‘z birikmasi umumiy sintaktik qolipi tilning yuqori sathiga – sintaksisga daxldor hodisalar bo‘lib, tom ma’nodagi lisoniy sintaktik mohiyatlardir. Umumiy sintaktik qolip, uning tip va turlari sintaksis sathidan quyi tushmagan bo‘lib, mavhumlashtirishning yuqori bosqichida tursa-da, o‘zaro umumiylik va xususiylik munosabatida bo‘ladi. Qolipning turlari lisonda sintaktik sathning quyi sarhadidan joy oladi. Muayyan sintaktik qurilmalarga aylangunga qadar qolip turlari ham ularni to‘ldiruvchi lug‘aviy birliklarning umumlashish qobiliyatiga bog‘liq ravishda bir necha oraliq bosqichlarni bosib o‘tadi. “Umumiy shakl bilan xususiy shaklning orasida qancha oraliq shakllarning mavjudligi xususiy qo‘llanishda bevosita voqelangan umumiylik sintaktik sath umumiyligidan qancha uzoqda turishi bilan bog‘liq. Shuning uchun M.Qurbonova Karimning kitobi xususiy so‘z birikmasini [Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo‘shimchasi] qolip turi bilan bog‘lovchi oraliq shakllar kitobning muqovasi so‘z birikmasini bu umumiy shakl bilan bog‘lovchi oraliq shakllardan bir bosqichga farq qilishini ta’kidlaydi.
[Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo‘shimchasi] qolip turining Karimning kitobi va kitobning muqovasi muayyan so‘z birikmalarigacha bo‘lgan oraliq bo‘g‘inlarni farqlash masalasiga izchil yondashuv uning boshqacharoq talqiniga olib keladi. Chunki ikkinchi oraliq qolip sanalgan [Turdosh otqaratqich kelishigi Q turdosh otegalik qo‘shimchasi] bo‘g‘ini bevosita Karimning kitobi so‘z birikmasini voqelantira olmaydi. Zero, oraliq qoliplardagi “Turdosh otqaratqich kelishigi” uzvini ham, “Atoqli otqaratqich kelishigi” uzvini ham Karimning so‘z shakliga daxldor qilib qo‘yish ma’qul emas. Qolip oraliq bo‘g‘inlardagi “Turdosh otqaratqich kelishigi” uzvi “Atoqli otqaratqich kelishigi” uzvi bilan bir qatorga qo‘yilsa, izchillik vujudga keladi va har ikkala hosilaning [Ismqaratqich kelishigiQIsmegalik qo‘shimchasi] qolip turidan bir xil “uzoqlikda” ekanligi ma’lum bo‘ladi:



1.[Ism qaratqich kelishigi....
2.[Otqaratqich kelishigi....
3.[Aniq otqaratqich kelishigi....
4.[ Turdosh otqaratqich kelishigi....
5.[Yakka otqaratqich kelishigi....
6.[Atoqli otqaratqich kelishigi....
7.[Karimning ....

1.[Ismqaratqich kelishigi....
2.[Otqaratqich kelishigi....
3.[Aniq otqaratqich kelishigi....
4.[ Turdosh otqaratqich kelishigi....
5.[Yakka otqaratqich kelishigi....
6.[Turdosh otqaratqich kelishigi....
7.[Kitobning ....

Agar “[Turdosh otqaratqich kelishigi....” uzvi “narsa-buyum otiqaratqich kelishigi” tarzida xususiylashsa, kitobning muqovasi o‘z umumiyligidan Karimning kitobi so‘z birikmasiga qaraganda bir pog‘ona quyiroq ekanligi ayon bo‘ladi.


Demak, [Ismqaratqich kelishigi Q ismegalik qo‘shimchasi] umumiy qolipi bilan Karimning kitobi so‘z birikmasi orasida quyidagi oraliq qoliplarni ajratish mumkin:

1.[Ot qaratqich kelishigi Qotegalik qo‘shimchasi]


2.[Ot aniq qaratqich kelishigi Qotaniq egalik qo‘shimchasi]
3.[Otyakka qaratqich kelishigi Qotyakka egalik qo‘shimchasi]
4.[Otatoqli qaratqich kelishigi Qotturdosh egalik qo‘shimchasi]
Salimning ukasi, kitobning muqovasi va mening kitobim so‘z birikmalari oraliq qoliplari o‘zlari mansub umumiylik [Ismqaratqich kelishigi Q Ismegalik qo‘shimchasi] dan quyidagicha ajraladi:
[Ism qaratqich kelishigi Qismegalik qo‘shimchasi]
[Ot qaratqich kelishigi Q otegalik qo‘shimchasi]
[Olmosh qaratqich kelishigi Q otegalik qo‘shimchasi]
[Otyakka qaratqich kelishigi Q otyakkaegalik qo‘shimchasi]
[Otaniq qaratqich kelishigi Q otaniqegalik qo‘shimchasi]
[Olmoshkishilik qaratqich kelishigi Q otaniqegalik qo‘shimchasi]
[Olmosh I shaxs qaratqich kelishigi Q otturdoshegalik qo‘shimchasi]
mening kitobim

[Otatoqli qaratqich kelishigi Qotturdoshegalik qo‘shimchasi]


[Otshaxs qaratqich kelishigi Qotturdoshegalik qo‘shimchasi]
Salimning ukasi

[Otturdosh qaratqich kelishigi Q otturdoshegalik qo‘shimchasi]


[Otnarsa-buyum qaratqich kelishigi Qotnarsa-buyumegalik qo‘shimchasi]
kitobning muqovasi

Ma’lum bo‘ladiki, oraliq sintaktik qoliplar sintaktik sathning quyi chegarasigacha davom etadi. Qolip turdan ajralar ekan, unda morfologik, lug‘aviy va fonetik sathlar o‘z izlarini bosqichma-bosqich qoldiraveradi. Har bir sathning ham yuqori va quyi chegaralarigacha qolip to‘ldiruvchi va shakllantiruvchi birliklarning umumiy va xususiy holatlariga muvofiq o‘z tabiatini o‘zgartirib boradi. Biroq ustiga qanchalik tajallilar qavatlanmasin, [Ismqaratqich kelishigiQismegalik qo‘shimchasi] umumiyligi har bir ko‘rinishda takrorlanaveradi.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish