O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti 5210200-Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi) yo‘nalishi talabasi RUZIBOYEV TEMUR BAHODIROVICHning “Nafs tarbiyasi vositasida shaxsning "men" tuyg'usini rivojlantirishning psixologik aspektlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Mustaqil ta’lim – ilim uchun keng yo’ldir. Keng maʼnoda mustaqil ta’lim inson faoliyati uchun maʼnaviy asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilim, g‘oya hamda shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuyini, shuningdek, Ilimlarning to‘g‘riligiga ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik holatni ifodalaydi.Bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirilib olingandagina ilmiy asosga aylanadi. Umuman olganda, ta’lim, shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol aʼzosiga aylantiruvchi kuch hisoblanadi.Ta’lim insonning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ruziboyev Temurning tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida “Men” konpessiyasining psixologiyada o’rganilishi hamda tasavvufda nafs va men konsepsiyasi” o’rganilgan.
Mazkur bobda zamonaviy psixologiyada “men” konsepsiyasining tadqiq etilishi hamda tasavvufda nafs tarbiyasi va men tuyg’usining o’rganilishi yoritib berilgan. Ikkinchi bob birinchisining mantiqiy davomi boʻlib, “Komil inson konsepsini rivojlantirishda nafs tarbiyasining ahamiyati va psixologik asoslari” deb nomlaniladi. Ikkimchi bobda “men” tuyg’usini shakllantirishda, komillikka erishishda nafs tarbiyasi qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan.
Ishning yakunlovchi uchunchi bobi “Nafs tarbiyasi vositasida shaxsning "men" tuyg'usini rivojlantirishning psixologik aspektlarining empirik tadqiq etish natijalari tahlili” deb nomlangan. Mazkur bobda o’tkazilga tadqiqot natijasida “men” konsepsiyasi rivojlantirishda nafs tarbiyasining ahamiyati empirik jihatdan o’rganilgan.
Umuman olganda bitiruv malakaviy ishi qo‘yilgan talablarga javob beradi. Undagi imloviy xatolar, uslubiy kamchiliklar tuzatilishi mumkin bo‘lgan holatlar sanaladi va ishning ilmiy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ruziboyev Temur Bahodirovichning “Nafs tarbiyasi vositasida shaxsning "men" tuyg'usini rivojlantirishning psixologik aspektlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Nizom talablari asosida shakllantirilgan, yakunlangan ish sifatida uni ijobiy baholab, himoyaga tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |