Mumtoz filologiya kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


KIRISh  Mavzuning dolzarbligini



Download 275,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana01.02.2022
Hajmi275,5 Kb.
#423520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
atoulloh husayniy badoyiu s sanoyi asarida badiiy sanatlar tasnifi

KIRISh 
Mavzuning dolzarbligini. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan ilk davrlardan 
boshlab prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan yetishib kelayotgan yosh avlodga 
bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgaradi. 
I.A.Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra, kuchli, bilimli, dono va 
albatta, baxtli bo‘lishlari shart”
1
, degan shiorlari esa bu borada olib boriladigan 
ishlarning asosi bo‘lib, xizmat qildi. 
Keyingi yillarda yosh avlodni bilimli, dono qilib tarbiyalashda asosiy etibor 
ta’lim sohasiga qaratiladi. 
Ayniqsa, 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb qilinishi yoshlarga bo‘lgan 
e’tiborni yuqori darajaga olib chiqdi. “Barkamol avlod yili” davlat dasturi haqida 
gapirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi prezident yoshlarni “Yurtimizning ertangi 
kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yetuk 
mutaxassislar”
2
deb nomladi. 
Bu esa hozirda ta’lim olayotgan va kelgusida turli xil sohalarda 
mutaxassilarga aylanishni maqsad qilayotgan biz kabi yoshlar qalbida ishonchni 
yanada ortib berishiga sabab bo‘ladi.
Yana shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, “Mustaqillik” bizga boy berilgan 
qadriyatlarimizni qaytarib olish imkonini berdi. Ma’lumki, o‘tmishda Markaziy 
Osiyo xududida juda ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan bo‘lib, ularni kerakli 
darajada tushunib yetish uchun maxsus bilimga yega bo‘lish kerak. Bu bilimlar 
sirasiga qadimgi turkiy, arab va fors tillarini o‘zlashtirish, falsafa, mumtoz 
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizning o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T., 1999. B.95. 
2
I.A.Karimovning O‘z.R. konstitutsiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi. “XXI Asr” gazetasi. 2009. 10 dekabr. -B.2.



adabiyotga oid ilmlarni egallash kiradi. Ayniqsa, adabiy asarlar badiiyat bilan 
yo‘g‘rilgani uchun ularni o‘qib tushuna olishda badiiy san’atlarni bilish talab 
etiladi. Bu borada Atoulloh Husayniyning “Badoyi’u-s-sanoyi’” asari qimmatli 
manba hisoblanadi. Bu asar ajam xalqlari orasida badiiy san’atlarga oid asar 
sifatida mashhurdir. Bu asar va uning muallifi haqida Alisher Navoiy o‘zining 
“Majolisu-n-nafoyis” asarida “...ammo sanoyi’da kitobe tasnif qiliptur “Badoyi’-i 
Atoiy”g‘a mavsumdur...”
3
deb yozadi. 
Balog‘at ilmining rivojiga munosib hissa qo‘shgan bu asar XV-XVI asrlarda 
yaratilgan. Muallif bu asarida balog‘at san’atlarini “Miftohu-l-’ulum”
4
da 
uchramagan o‘ziga xos uslubda tasniflaydi. 
“Badoyi’u-s-sanoyi’” asari bir necha tillarga tarjima qilingan bo‘lsa-da, 
uning o‘ziga xos xususiyatlari maxsus o‘rganilmagan. Demak, ushbu tadqiqot 
mavzuining dolzarbligi Atoulloh Husayniy yozgan “Badoyi’u-s-sanoyi’” asari 
mundarijasining o‘rganilishi bilan belgilanadi.

Download 275,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish