Multitasking va ko’p oqimli (potokli) tizimla


Psevdoparallel multitasking



Download 23,47 Kb.
bet3/4
Sana07.07.2022
Hajmi23,47 Kb.
#754831
1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu. Multitasking va ko’p oqimli (potokli) tizimlar. Vliw,

Psevdoparallel multitasking.

3 xil turi mavjud



  1. Oddiy ulash usuli. OT xotiraga bir vaqtda 2 ta yoki undan ko’p masalani yuklaydi. MP esa asosiy deb belgilangan masalani hal qiladi, qolgan masalalar esa, navbat bilan bir masalani bajarilishini to’xtatib turib, ikkinchisiga ulanish, ikkinchisini bajarilishini to’xtatib turib uchinchisiga ulanish va h.k tartibda bajariladi. Yorqin misol sifatida 1985-yilda MS DOS uchun ishlab chiqilgan DESQview dasturini ko’rsatish mumkin. Ustunliklari: multitaskingni qo’llamaydigan masala (jarayon) larni ham ishlatish mumkin. Kamchiliklari: nointeraktiv tizimlarda, inson faktorisiz ishlamaydi. Dasturlararo aloqa o’ta cheklangan.

  2. Kooperativ multitasking (hamkorlikdagi multitasking). Joriy qayta ishlanayotgan masala (jarayon) boshqaruvni keyingi masala (jarayon) ga uzamaguncha keyingisi bajarilmaydi. Birinchi masalaning tegishli registrida masala bajarilganligi ishirasi paydo bo’lishi kerak. Shundan keyingina ikkinchi (uchinchi, to’rtinchi, va h.k) masalaga boshqaruv uzatiladi. Linux da myuteks obyektini band qilgan masala joriy masala deb hisoblanadi va bajariladi. Windowsda foydalanuvchi interfeysi tizimidan xabar kelishi bilan boshqaruv keyingi masalaga uzatiladi. Kooperativ multitaskingni ko’pmasalalikning keyingi bosqichi deyish mumkin. Oddiy ulash usulida boshqaruvni olgan masala (yoki jarayon) MP ni to’liq band qiladi, boshqa barcha masalalrni bajarilishi to’xtab turadi. Kooperativ multitaskingda esa maslaning bajarilishi uchun MP ning qancha resursi kerak bo’lsa, shuncha ajratiladi. Barcha masalalae MP vaqtini teng taqsimlaydi, boshqaruvni davriy ravishda uzatilishi bilan jarayon davom etadi. Yutuqlari: barcha ma’lumotlarni kritik seksiyalar va myutekslar deb nomlanuvchi obyektlar bilan himoyalash shart emasligi. Bu esa dasturlash, ayniqsa bir masalali muhitdan ko’p masalaliga o’tganda kod o’zgartirish talab etmaydi. Kamchiliklari: bitta masalada xatolik yuz bersa, boshqa masalalar ham bajarilishdan to’xtaydi, chukni, xatolikka uchragan masala protsessorni bo’shata olmaydi. Bundan tashqari protsessor bir masalani bajarayotganda ikkinchi masala ma’lumot o’qish/yozishni bajarishini ta’minlashda murakkabliklar mavjudligi.

  3. Ustunlikli multitasking (real vaqt rejimi). Bunda OT masalalarni bajarilish tartibini o’zi nazorat qiladi. Buning uchun keyingi masala kiritish/chiqarishni yakunlashi, texnik qurilmalarda qandaydir o’zgarishlar sodir bo’lishi, bir dasturdan ikkinchisiga axborot uzatilishi kabi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Protsessor vaqtini jarayonlarni rejalashtirish ko’rsatkichi taqsimlaydi. Shuningdek, har bir masalaga foydalanuvchi yoki OT tomonidan ustunlik berilishi mumkin, bunday yondashuv protsessor vaqtidan yanada unumliroq foydalanishga olib keladi (masalan ko’p resurs talab qiladigan va qisqa vaqtda bajarilishi shart bo’lmagan masalaning ustunligini kamaytirib, uning bajarilishini sekinlashtirib, fon dasturlari yoki boshqa masalalarni ustunligini oshirish mumkin). Bunday multitasking foydalanuvchi chaqiruviga tezroq javob beradi. Yutuqlari. 1) OT yadrosida ko’pmasalali kiritish/chiqarish tashkil qilingan, bunda bir dastur axborotlarni kiritish/chiqarish bilan shug’ullanib turganda, boshqasi protsessorda bajarilishda davom etaveradi. 2) tizimning himoyalanganligi yuqori darajada ekanligi, bunda bir masalaning ishlamay qolishi boshqa jarayonlarga ta’sir o’tkazmaydi. 3) ko’protsessorli va ko’pyadroli tizimlarning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalana olish. Kamchiliklari. Dastru kodi yozishda qat’iy tartibning bo’lishi shart ekanligi

Quyidagi OT larda tashkil qilingan:



  • VMS

  • MenuetOS

  • Linux

  • barchaUNIX-mos ОT larda, jumladan Mac OS X, iOS; Symbian OS

  • Windows ning barcha versiyalarida

  • AmigaOS ning barcha versiyalarida

Multitaskingda muammoli holatlar.

Test

Qaysi biri multitasking xususiyati emas?
Tizim masalaning adres muhitini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qila olmaydi
Tizim o’zining yadrosini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
Tizim har bir alohida masalani (jarayonni) ishdan chiqishini va “osilib” qolganligini biladi va ularni to’xtatadi
Tizim bir nechta masala (jarayon) bir vaqtda bir joyga murojaat qilib, ularning umumiy “osilib” qolishini oldini olish uchun resurslar va qurilmalarga kirishni tartiblaydi

Kooperativ multitasking ning alohida xususiyati qaysi?


O’rnatish va ishlashda qulayliklar tug’diradi
Qattiq xotirada kam joy egallaydi, jarayonlarni boshqarishda inson omili muhim
Joriy qayta ishlanayotgan masala (jarayon) boshqaruvni keyingi masala (jarayon) ga uzamaguncha keyingisi bajarilmaydi
Masalalarni yechish jarayonida fon ilovalari bajarilmasdan, MP ni reaksiyasini kutib turadi

Tashkil qilinish uslubiga ko’ra multitasking qaysi shakllarga bo’linadi?


Ichki va tashqi
Xususiy va ommaviy
Jarayonli va potokli
Registrli va keshli

OT xotiraga bir vaqtda 2 ta yoki undan ko’p masalani hal qilayotganda, keyinga masalaga o’tishda qaysi texnologiya maqbul hisoblanadi?


Oddiy ulash usuli
Ustunlikli multitasking
Foydalanuvchi aralashuvi
Kooperativ multitasking
........... protsessor vaqtini jarayonlarni rejalashtirish ko’rsatkichi taqsimlaydi. Qaysi texnologiya haqida gap bormoqda?
Oddiy ulash usuli
Foydalanuvchi aralashuvi
Ustunlikli multitasking
Kooperativ multitasking



Download 23,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish