Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o’rganish


Multimedia texnologiyalari va ularni o’qitish



Download 175 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi175 Kb.
#907599
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
multimedia texnologiyalari va ulardan o\'qitishda foydalanish

2.2 Multimedia texnologiyalari va ularni o’qitish
Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma'ro’za, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Multimediya-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi.Axborotning xilma-xil turlari:an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original(nutq musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi.
Multimediya vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifatini va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.
Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o’quvchining o’zi tanlab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o’quvchi o’z ustida ishlash mumkin bo’ladi.
Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin:
Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko’rinishidir.
Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar,


telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari);
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta si\imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- "inson-kompyuter- inson" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir.
Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin.
Кasbiy ta’limda multimediya vositalarining afzalliklari va muammolari
Ta’lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo’ldi. Bu samarasizlik o’sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda.
Ta’lim sohasida multimediya vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari:

1. Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va


mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi.
2. Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqini yanada oshishi.
3. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi
natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi.
4. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab
qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi.
Multimediyani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud:
1. Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida kompyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimediya
elementlarini qo’llash.
O’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmokda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda.
Multimediya texnologiyasini texnik ta’minoti va ularga qo’yiladigan talablar
Multimediya texnologiyasini ta’limda qo’llash uchun quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish lozim:
1. Кamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter.
2. Mikroproseesorning taktli chastotasi kamida 66 mGs
3. bo’lishi kerak.
4. Operativ xotira kamida 4 Mbayt bo’lishi kerak.
5. Vinchesterning xajmi kamida 400 Mbayt bo’lishi kerak.
6. 1.44 Mbaytli disketa.
7. Ikki tugmali "Sichqon" tipidagi manipulyator.
8. 7. 101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma.
9. 640x480 piksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 piksel (16 rang bo’lganda) grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi displey va adapter.
10. Кompakt disklar uchun CD-ROM diskovodi.
11. Кamida parallel ikkita yo’nalishli bitta interfeys.
12. Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefonlar yoki ovoz kuchaytirgich.
13. 12.Кirish va chikish MIDI porti.
14. 13.MPC (Multimedia Personal Computer) bilan mos keluvchi
15. audioadapter.
Qayd etilgan talablar kerakli multimediya ilovasini ishini amalga oshirish imkonini beradi.
Windows Media Player dasturini ishlatishni ko’rib o’tamiz. Windows o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windows ning pusk tugmasi bosiladi, menyuning programmo’ menyu ostining standartno’y qismidan ishga tushiriladi.
Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmo\i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmo\idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o’quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Кompaniyalarni Internet tarmo\ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi programma hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o’ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmo\idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to’lanuvchi doimiy to’lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSh, Кanada, Avstraliya va boshqa ko’pgina Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo’l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kommunikasiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko’pincha telefon orqali to’g’ridan-to’g’ri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo’lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidensial noyob aloqalari butun dunyo bo’yicha imkoniyatga ega.
Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmog’i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so’zlaridan boshlangan manzilda ko’rish va uni shu manzildan nusxasini ko’rib olish mumkin degan so’zlar ko’proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo’lmoqda.
Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmo\iga ulangan bo’lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko’riladi.
Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko’p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yuli bor.
Кommutasiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutasiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini xam taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri
go’yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo’lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo’lsa, sizning kompyuteringizday bo’ladi. Internet qaydnomasiga kommutasiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama – nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo’shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi.
Terminal kirishda foydalunuvchi o’z kompyuteridagi modem va kommunikasiya programmalari (terminalni emmulyasiya qiluvchi) yordamida o’z provayderiga uy telefonidan qo’n\iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so’ng u bilan ulanadi. Bu xolda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bo\lanib, o’z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so’ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar buyicha sayoxat qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, bunday programmalar brauzer programmalar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko’rishni turlicha tahrir qiladilar.
Brauzer programmalar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir. Birinchi programma tekinga berilsa (albatta, Windows lisenzion programmasi mavjud bo’lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to’xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko’rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib, brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda monitor ekranida ko’rsatib berishdir. Biz quyida Microsoft Internet Explorer brauzeriga to’xtaymiz.
Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning programma menyusidan yoki bevosita ish stolidan kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo’ladi.
XULOSA
Xulosa shuki agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni te­jash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi, Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan semi­nar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kom­pyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir. O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi.



Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish