Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o’rganish



Download 175 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi175 Kb.
#907599
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
multimedia texnologiyalari va ulardan o\'qitishda foydalanish

Kurs ishining maqsadi: Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin.
Kurs ishining vazifalari: Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin:
Kurs ishining tuzilishi: Kirish , 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


1-BOB MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI
Asosiy qisim 1.1. Multimedia vositalari va ta’limda qo’llash afzaliklari

Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi. Axborotning xilma-xil turlari:an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original(nutq musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari:mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi.


Multimediya vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifatini va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.
Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o’quvchining o’zi tanlab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o’quvchi o’z ustida ishlash mumkin bo’ladi.
Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin:
Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko’rinishidir.
Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar,
telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari);
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta si\imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- "inson-kompyuter- inson" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir.
Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin.
Кasbiy ta’limda multimediya vositalarining
afzalliklari va muammolari
Ta’lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo’ldi. Bu samarasizlik o’sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda.
Ta’lim sohasida multimediya vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari:
1. Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va
mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi.
2. Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqini yanada oshishi.
3. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi
natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi.
4. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab
qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi.
Multimediyani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud:
1. Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida kompyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimediya
elementlarini qo’llash.
O’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmokda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda.
Multimediya texnologiyasini texnik ta’minoti va ularga qo’yiladigan talablar
Multimediya texnologiyasini ta’limda qo’llash uchun quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish lozim:
1. Кamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter.
2. Mikroproseesorning taktli chastotasi kamida 66 mGs
3. bo’lishi kerak.
4. Operativ xotira kamida 4 Mbayt bo’lishi kerak.
5. Vinchesterning xajmi kamida 400 Mbayt bo’lishi kerak.
6. 1.44 Mbaytli disketa.
7. Ikki tugmali "Sichqon" tipidagi manipulyator.
8. 7. 101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma.
9. 640x480 piksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 piksel (16 rang bo’lganda) grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi displey va adapter.
10. Кompakt disklar uchun CD-ROM diskovodi.
11. Кamida parallel ikkita yo’nalishli bitta interfeys.
12. Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefonlar yoki ovoz kuchaytirgich.
13. 12.Кirish va chikish MIDI porti.
14. 13.MPC (Multimedia Personal Computer) bilan mos keluvchi
15. audioadapter.
Qayd etilgan talablar kerakli multimediya ilovasini ishini amalga oshirish imkonini beradi.
Multimediya vositalari bilan ishlash
Video yoki audio multimediya vositalarini kompyuterda juda ko’p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar
· Windows Media Player
· Winamp va boshqalar.
Windows Media Player dasturini ishlatishni ko’rib o’tamiz. Windows o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windows ning pusk tugmasi bosiladi, menyuning programmo’ menyu ostining standartno’y qismidan ishga tushiriladi.
Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog’i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog’idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish