Multimedia vositalari va ulardan foydalanish



Download 30,21 Kb.
bet2/2
Sana03.01.2022
Hajmi30,21 Kb.
#314113
1   2
Bog'liq
MULTIMEDIADAN AXBOROT ta BT

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimediali texnologiya  Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma'ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Taqdimot nima uchun samarali?
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi.
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez
o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,
qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.

Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta'minlaydi.

MULTIMEDIANI TA’LIMDA QO’LLASHNING ASOSIY AFZALLIKLARI

Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:


1. Muqobil istiqbollar
2. Faol ishtirok
3. Tezkor ta'lim olish
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish
5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari
6. Tizimli ravishda tushuna borish
7. YUqori darajadagi tafakkur
8. Mustaqillik va e'tiborlilik
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari

Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma'lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‘yicha


onlayn usulidagi trening ekrani ko‘rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‘ng
tarafidagi matnda, videoda ko‘rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib o‘tilgan.
Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‘ra (Meyer bo‘yicha), ta'limning
muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga yonma-yon
joylashgan bo‘lishi zarur.
Quyidagi Xede va Xede (Hede and Hede) modelida multimedia resurslari
vositasida o‘qitish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar va ularning o‘zaro ta'siri ta'riflangan.Video (matn, rasm, video, animatsiya) Audio (suxandon ovozi, yo‘riqnomalar, replikalar, musiqa)
Ishchi xotira (ma'lumotlarga ishlov berish) (modal effektlar, ikkilik kodlash, kognitiv qayta yuklash, takrorlash, kognitiv ulanish)
 Davomli xotira (me'yoriy talablarga oid bilimlar, shartli bilimlar, jarayonga oid bilimlar)
O‘qitish.
– doira ichida:
O‘quvchilarni (o‘quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‘zaro
faollik, navigatsiya)
Motivatsiya (tashqi, ichki).
O‘qitish stili (yo’zaki/chuqur, tashqi omillarga bog‘liq/tashqi omillarga bog‘liq emas, faol/sust, vizual/verbal, “Kolb”ning 4 stili).
Kognitiv jalb etish.
Salohiyat (umumiy, spetsifik)
Refleksiya.
Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta'lim
jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‘lishini hisobga olishda yordam beradi.
Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‘qitish natijalarining
to‘laqonli bo‘lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‘pgina omillari
bo‘yicha yo’z berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Multimedia resurslarining
samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining
ta'sir etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta'lim jarayoniga juda ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e'tibor bilan yondashish zarur.
Ta'lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi?
Samarali ishlab chiqilgan ta'lim muhiti (shu jumladan, multimediali
ta'lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Axborotlarni aks ettirish.
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma.
3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar.
4. O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‘tish zarurligini aniqlash uchun o‘zini baholash.

Ushbu to‘rtta element elektron o‘quv resurslaridan foydalangan holdagi


ta'limda yoki an'anaviy ta'lim turlari bilan bo‘lgan kombinatsiyalarda
ishlatilishi mumkin. Elementlarning barchasini multimediasiz ishlatish
mumkinligiga qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish
ularni yanada samaraliroq va muhimroq qiladi.
Meyerning tadqiqotlaridan ma'lumotlarni keltirishdan maqsad, agar
quyidagi prinsiplarga rioya qilinsa, axborotlarni xotirada saqlab qolishga va
o’zatishga multimedia qanday ta'sir etishini ko‘rsatishdir. Ushbu prinsiplar o‘z
avvalini ishchi xotiraning chegaralanganligi haqidagi fikrlar va o’zoq muddatli
xotirada kodlash prinsiplari to‘g‘risidagi ilm-fan tasavvurlaridan boshlagan.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy
emotsional darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra keng
ko‘lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan
foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish)
darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish
imkoniyatini yaratadi.
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin.
Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar, turli
havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda
vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan samarali
foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab
darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta  hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.

MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH

Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi.Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida,yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga: - darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; - bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish; - nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.

Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga: - fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; - ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish; - mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash; -zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: - fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; - o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; -o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; - bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish; - o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv – metodik yordam ko'rsatish.

Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish kata samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Axborot texnologiyalari vositasida talabaning bilim olishi, fikrlashida, xuddi ikkita mexanizmdan foydalangandek bo'ladi: ularning biri belgili (simvolli) bo'lsa, ikkinchisi geometrik (algebrik)bo'ladi.Kognitiv grafikaning asosiy vazifasi bilim olish jarayonini faollashtiruvchi fikrlashning simvolli va geometrik mexanizmlarini o'z ichiga olgan, bilim berish-uyg'unlashgan modellarini yaratishdan iboratdir. Grafik axborot miyaning o'ng yarimsharlari imkoniyatlarini faollashtiradi, oliy ma`lumotli mutaxassis uchun zarur bo'lgan tasviriy fikrlash qobilyatini, intuitsiyani rivojlantiradi. Intuitsiyaning eng katta boylik ekanligi ta`kidlanib, A.Eynshteyn shunday degan edi: ”Mening ishonchim komilki, bizning fikrlashimiz asosan belgilar orqali,shu bilan birga biz anglamasdan kechadi”. Shuning bilan birga ko'rgazmali axborotning o'g'zakidan ko'ra ahamiyatliroq va samaraliroq ekanligini ta`kidlash lozim. Odam fiziologiyasi fanining ma`lumotlariga ko'ra, ko'rish analizatorining axborotni o'tkazish qobilyati, eshitish analizatoriga nisbatan juda yuqoridir. Bu esa, o'z navbatida, ko'rish tizimiga inson qabul qiladigan axborotning qariyib 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Shu bois ham o'quv materiali (axborot) qabul qilish va eslashga og'zaki axborotni qabul qilish hamda eslashga nisbatan kam vaqt sarf qilinadi.

Ta`lim jarayonida ko'rgazmali axborot ishlatilganda talabalarda taassurot hosil bo'lishi uni og'zaki bayon qilishga nisbatan o'rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.

Talabaning ko'rgazmali axborotdan ta`sirlanishi, hayratlanishi og'zaki yetkazilgan axborotga nisbatan ancha yuqori bo'lishini ta`kidlash joizdir. Ta`lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda, o'quv materialini yetkazishning og'zaki usuliga qayta - qayta takrorlash osonligini va uning aniqligini hisobga olish zarurligini ta`kidlash lozim. Kompyuter texnologiyalari yordamida ta`lim jarayonini rejalashtirishda o'quv materialini talabaga ko'gazmali tarzda uzatishda uning yana bir muhim afzalligini, ya`ni ko'rgazmali axborotda, uning talaba tomonidan qabul qilinishi va eslash samarasi, mazkur axborot ko'rsatilgandan keyin o'tgan muddatning uzoqligiga bog'liq emasligini yodda tutish lozim. Ayni paytda, buni og'zaki axborotni o'zlashtirish uchun aytib bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ko'rgazmali metodlarni og'zaki metodlardan ajratib bo'lmaydi, chunki har bir ko'rgazmali qo'llanma tushuntiriladi, tahlil qilinadi, o'rganilayotgan masalani yorituvchi qo'shimcha yoki asosiy axborot manbai hisoblanadi. Shuning uchun ta`limning ko'rgazmali metodlari suhbatni ham, ta`rif- u tavsifni ham, hikoyani ham, tushuntirishni ham, mustaqil o'rganishni ham o'z ichiga oladi. Ko'rgazmali qo'llanmalardan foydalanishda talabaning hissiy obrazlariga, sezgi va idrokiga ko'proq tayanib ish tutish, uning bilish faoliyatiga o'ziga xos struktura baxsh etadi. Talaba obrazli, konkret fikr yuritadi, bu holalarni tushuntirishga o'rganish uchun yaxshi negiz bo'ladi. O'qituvchi avvalo, talabaning ma`lum bir o'quv materialini o'zlashtirishi jarayonida hissiy obraz qanday o'rin egallashini va qanday ahamiyatga molik bo'lishini bilishi kerak. Nazariya qanchalik chuqurlashsa, hissiy idrokdan bilimlar shuncha ko'proq abstraktlashadi.

Talabalarning fikrlash faoliyatini kompyuter texnologiyalari yordamida ko'rgazmali tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim. Birinchi vazifa - ko'rgazmali qurol asosida o'rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish; Ikkinchidan, ko'rgazmali qurolning o'zi talabalarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil etish; uchunchidan, vazifa - nazariy bog'liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o'quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir. Bundan ko'rinib turibdiki, kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv materiallarini obrazlar yordamida o'quv materiallarini obrazlar ko'rinishida ifodalash orqali ta`lim metodlaridagi: og'zaki tushuntirish, ko'rgazmali va amaliy metodlarga xos xususiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish mumkin ekan. Ta`lim metodlarining birgalikda bajarilishi talabalarning o'quv materialini o'zlashtirishni oshirish, tushunchalar ko'rinishida fikr mulohaza yuritishi va aqliy o'sishiga zamin yaratadi.

Kompyuter taqdimotini tayyorlashda o'qituvchi mavzuni aniq, qisqa va lo'nda tarzda berishi, tezislardan foydalanishi, ko'proq uning multimedia xususiyatlari, ya`ni ranglar, ovoz va suratlardan fodalanishi zarur. Birdaniga, juda ham ko'p mavzuga oid raqamlar va faktlarning berilishi o'quvchilarni charchatish bilan birga, ularni zeriktirishi ham mumkin. O'tilgan mavzuni qaytarish va uyga vazifa berishda ham o'qituvchi slaydlar orqali namuna sifatida yechilgan misollarni ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa hech qanday texnik vosita bilan taqqoslab bo'lmaydi. Shunday ekan, axborot texnologiyalari ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni yechish imkonini beradi: didaktik-kompyuter dasturlaridan ko'rgazmali qurol sifatida foydalanish, uslubiy-mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni ishlatish usullarini belgilash, tashkiliy-ta`lim jarayonini qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish, ta`limiy -o'quvchilarda o'tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Darsda kompyuterdan foydalanish nafaqat ta`lim vaqtini tejaydi, shu bilan birgalikda ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi.

XULOSA



Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv faoliyatlarining yangi turlarini yaratishdir. Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir
Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish