Multimedia texnologiyalari tarmoq texnologiyalari axborot texnologiyalari evolyutsiyasi


Namuna simulatorlar: NS2 va OMNet++



Download 172,15 Kb.
bet8/9
Sana23.07.2022
Hajmi172,15 Kb.
#840779
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Multimedia texnologiyalari tarmoq texnologiyalari axborot

Namuna simulatorlar: NS2 va OMNet++ Axborot texnologiyalar olamida juda ham ko'plab simulatorlar mavjud. Ularning ba'zilari pullik, yopiq kodli yoki chegaralangan bo'lsa, bir qancha qismi esa ochiq kodli erkin tarqatiluvchi hamda bepul dasturiy ta'minotlardir3. Quyida shunday ochiq kodli simulatorlardan “Network Simulator 2” hamda “OMNet++”lar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Network Simulator 2 NS2 – akademik doirada mashxur bo'lgan netvork simulatorning ikkinchi avlodidir. NS2 C++ hamda Otcl yordamida yozilgan mustaqil jarayonlar simulatoridir4. NS2 ni qariyb barcha *NIX hamda Microsoft Windows (Cygwin yordamida) operatsiyon tizimlarida o'rnatish va foydalanish mumkin. O'z nomidan ko'rinib turganidek NS2 asosan netvork tizimlari ustida tadqiqot olib borishga mo'ljallangan. NS2 simli hamda simsiz netvorklarda TCP, UDP, routing, multicast, unicast va boshqa ko'plab protokollar ustida keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Barcha erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotlar kabi NS2 ham keng qamrovli jamoatchilik dastagiga ega. Bu har qanday muammo va qiyinchiliklarda murojaat qilish va yordam so'rash imkoniyatini yaratadi.
Netvork simulator 2 dasturini Janubiy Kaliforniya Axborot Texnologiyalari Instituti veb sahifasidan saqlab olish mumkin5. NS2 birnecha tarkibiy qismlardan iborat: dasturiy qismi C++ hamda Otcl yordamida amalga oshiriladi, simulatsiya jarayoni va natijalarni ko'rish esa Xgraph hamda Nam yordamida amalga oshiriladi. O'rnatish jarayonida foydalanuvchi faqat o'ziga kerakli qismlarinigina yoki butunlay barcha bo'laklari bilan birgalikda o'rnatib olishi mumkin. Birinchi usul tajribali foydalanuvchilarga moslangan, yangi foydalanuvchilar uchun esa ikkinchi variant ko'proq ma'quldir.
NS2 o'rnatilgach simulatsiya jarayoni hamda natijalarini Nam orqali kuzatib borish mumkin. Nam boshqaruv tugmalari orqali simulatsiyani bir necha holat va ko'rinishlarda kuzatish mumkin. Hozirda NS 2.33 versiyasi eng oxirgisi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda NS ning uchinchi avlod versiyasi ustida qizg'in ishlar olib borilmoqda.

OMNet++
OMNet ++ yana bir ochiq kodli, boy foydalanuvchi interfeysli modul hamda komponentlarga asoslangan simulatordir. OMNet++ NS2 dan farqli o'laroq keng qamrovli foydalanish doirasiga ega. Aloqa netvorklaridan tashqari axborot texnologiyalari tizimida, komputer va boshqa texnik jixozlar dizayn qilishda va xatto biznes jarayonlarida hamda foydalanib kelinmoqda. OMNet++:
• telekommunikatsiya netvorklari trafigini modellashtirishda,
• protokol modellashtirishda,
• navbat netvorklarini modellashtirishda6,
• ko'p protsessorlik hamda boshqa tarqoq tizimlar modellashtirishda,
• texnik jixozlarni sinovdan o'tkazishda,
• murakkab tizimlar unumdorligini sinashda,
• va boshqa har qanday mustaqil jarayonlar yondashuvi maqbul bo'lgan sistemalarni modellashtirishda qo'llanilishi mumkin.
OMNet++ simulator asos qismi (kernel) hisoblanadi va u bilan birga ishlash uchun moslashtirilgan bir qancha qo'shimcha qismlar (modullar) yaratilgan. Eng ommabop modullarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
• INET Framework: IP, TCP, UDP, PPP, Ethernet va boshqa protokollarni modellashtirishda foydalaniladi.
• IPv6Suite: IP v6 ni dastaklovchi modul. 802.11 protokollarini modellashtirishda ham qo'llaniladi.
• MF (Mobility Framework): simsiz hamda mobil netvorklarni modellashtirishga imkoniyat yaratadi. 802.11 protokollarini ad-hoc holatda modellashtirishda ham foydalanish mumkin.
• Castalia: OMNET++ asosida ishlaydigan o'ziga xos mustaqil, simsiz sensor netvork simulatori. Xaqiqiy radio kanallarni modellashtirishga imkoniyat beradi.
• AODV Framework: ad-hoc netvorklarda keng qo'llaniladigan routing protokol moduli.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, OMNet++ kuchli foydalanuvchi interfeysiga ega. Foydalanuvchi interfeysi orqali simulatsiya jarayoni to'la qonli boshqarish mumkin.



OMNet++ simulatorini o'zining rasmiy saytidan saqlab olish mumkin7. Simulator barcha mashxur *NIX tizimlarida hamda Microsoft Windows operatsiyon tizimida muvaffaqiyatli o'rnatilgan va tekshiruvdan o'tkazilgan. OMNet++ notijoriy hamda o'quv jarayonlarida foydalanuvchilar uchun bepuldir. Tijoriy maqsadlarda foydalanishni xohlovchilar Simulcraft Inc. kompaniyasidan tegishli ruxsatnoma va litsenziya olishlari lozim.




Xulosa

Simulatorlarning o'quv jarayonidagi ahamiyati hamda ikki namuna simulatorlar bilan tanishib chiqdik. O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida, ayniqsa axborot texnologiyalari hamda mexanika oliygohlarida, simulatorlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Simulatorlardan foydalanish kichik moliyaviy xarajatlar orqali ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulatorlar talabalarda nafaqat ma'ruza matnlarini o'rganish va eslab qolish, balki olgan bilimlaridan foydalana olish va hayotga tadbiq qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.


O'zbekiston sharoitida simulatorlardan foydalanishda bizga ma'lum bo'lgan ikki muammo mavjud. Birinchisi, til muammosi. Yuqorida ko'rganimizdek, simulatorlarning asosiy qismi ingliz tilidadir. Bu simulatorlardan foydalanmoqchi bo'lgan o'qituvchi va talabalarda biroz qiyinchilik tug'diradi. Ammo keyingi davrdagi ingliz tiliga bo'lgan qiziqish ushbu muammoning tez orada sezilarsiz darajaga tushishiga umid uyg'otmoqda.
Ikkinchi muammo esa o'qituvchi-pedagogik doiraning simulatorlar haqida kam ma'lumotga egaligidir. Dars jarayonida simulatorlardan foydalana olish uchun o'qituvchi albatta ular bilan yaqindan tanish bo'lishi lozim. Umid qilamizki, ushbu maqola simulatorlar haqida chuqurroq o'rganish borasida ozmiko'pmi turtki bo'ladi.



Download 172,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish