Muloqotning verbal va noverbal vositalari Axmedjonova Dilafro'z Kozimjon qizi



Download 9,73 Kb.
Sana15.04.2023
Hajmi9,73 Kb.
#928705
Bog'liq
Muloqotning verbal va noverbal vositalari Axmedjonova Dilafro\'z



Muloqotning verbal va noverbal vositalari


Axmedjonova Dilafro'z Kozimjon qizi
O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti


ANNOTATSIYA
Til-bu muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o'rtasidagi muloqotni ta'minlaydi. Inson o'z nutqi, turli xatti-hatakatlar va ohanglar orqali bir-biri bilan munosabatga kirishadi va o'z fikrini ifodalaydi. Muloqot jarayonida og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalari yordamida fikr almashiniladi. Ushbu maqolada verbal va noverbal aloqalarning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: verbal va noverbal muloqot, imo-ishoralar,


Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni.
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga yetkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga verbal va noverbal aloqalarni kiritishimiz mumkin.


Verbal aloqa- inson nutqi yordamida tajriba almashish, muloqot o'rnatish va harakatlarni rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir .Odamlar munozaralar, nutqlar va kundalik suhbatlarda o'zlarini ko'p jihatdan ifodalash uchun og'zaki muloqotdan foydalanadilar. Og'zaki muloqot faqat insonga xos hisoblanadi. U bir vaqtning o'zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o'zaro ta'sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Verbal muloqot tarkibiga so'zlar, iboralar va ularning mohiyati kiradi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi va buni o'z nutqi yordamida amalga oshiradi.


Noverbal aloqa- bu og'zaki va yozma ravishda so'zlardan foydalanmasdan xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayonidir. Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo'llanilishiga asosoanmagan bo'lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqotdir. Bunda axborot so'zlashish orqali emas balki fikrlar va hissiyotlarni turli harakatlar orqali ifodalash bilan namoyon bo'ladi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muloqot qanday tarzda kechishidan qat'iy nazar uning mazmunli va ta'sirli bo'lishi nafaqat so'zlovchiga balki tinglovchiga ham bog'liqdir. Muloqot vaqtida so'zlashish qoidalariga rioya qilish, aytilayotgan gaplarga e'tiborli bo'lish, suhbat davomida bir-birini yaxshi tinglash va tushuna olish muloqotni yanada chiroyli kechishiga yordam beradi. Biz verbal yoki noverbal aloqa qilishimizdan qa'tiy nazar muloqot qobilyatlari hayotning barcha jabhalarida o'ta muhim omil hisoblanadi va u hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.


2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.


3. A.Nurmonov.Tanlangan asarlar. Jild 1. - T.:Akadem nashr, 2012.-B. 281-286.


4. N. Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati.-T.:A.Navoiy nashr, 2007.-B.42.
Mahmudov N. Nurmonov A. O’zbek tili nazariy grammatikasi. -Toshkent:
O’qituvchi,1995. –B. 47-58.

R. Safarova. Leksik-semantik munosabatlarning turlari.- T.:O’qituvchi nashr, 1996.-B. 3-9.




Download 9,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish