Muloqot samaradorligi omillari haqida tushuncha



Download 19,47 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi19,47 Kb.
#715738
Bog'liq
10-variant Umida


10-variant
1-topshiriq
Muloqot samaradorligi omillari haqida tushuncha
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Shaxslararo muloqotning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi — suhbatdoshlarning o'zaro bir-birlarini tushunishlarini ta ’minlashdir. Bu o'zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. Bu jihat milliy o'ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solish bo'lib, odam bolasi faqat odamlar orasida ijtimoiylashadi, o'ziga zarur insoniy xususiyatlami shakllantiradi.
Muloqotda oltin so‘zlarning ahamiyati
«Oltin so’zlar» usuli. Oltin so’zlarning sinonimi — «ajoyib», «bebaho» kabi so’zlar. Masalan, «siz boshqalar ko’rolmaydigan narsalarni ko’ra olasiz!», «siz bilan muloqotda bo’lgan kishi ko’p narsalarni bilib olishi mumkin!». Bu so’zlar ular uchun «oltin so’z»lar bo’lib hisoblanadi. Buni xushomad deb ham tushunish mumkin.
Xushomad — kishining ijobiy xislatlarini bo’rttirib ifodalash. Rahbar bilan xodim o’rtasida attraksiyani tez vujudga keltiradigan so’zlar ham xushomad bo’lishi mumkin. Xushomad asosida ta’sir qilishning psixologik fenomeni turadi. Agar bir kishi bizni yaxshisiz deyaversa, u kutgandek bo’lishga harakat qilamiz. Ko’pgina rahbarlar xodimlariga nisbatan xushomad qilishni bilmaydilar.

2-topshiriq



  1. V

  2. G

  3. B

  4. B

  5. A

  6. A

  7. V

  8. G

  9. A

  10. A

  11. V

  12. V

  13. V

  14. A

  15. B

  16. V

  17. G

  18. V

  19. S

  20. D

3-topshiriq

  1. Vaziyat

Aksar hollarda insonlar boshqalarda ham o`zida bor fazilatlar va qusurlarni ko`radilar. Bordi-yu, o`quvchimga kulguli bo`lib ko`ringan bo`lsam bu uning muammosi. Har kim o`z dunyo qarashi va xarakteriga ko`ra fikrlaydi, hamda atrofidagilarga o`z fikr-mulohazalariga binoan munosabat bildiradi. Shuning uchun insonlarning menga nisbatan ko`rsatgan muomala, munosabatlari meniga zarar beradigan darajada tasirlantirmaydi. Ya’ni e’tibor qilmagan holda darsimni boshlab, davom ettiraveraman.

  1. Vaziyat

Kimningdir qachondir o`z sohamning ustasi emasligimni e’tirof etib meni noqulay ahvolga solmasligi uchun tinimsiz izlanishda bo`laman. Tinimsiz izlanishlar esa, o`zimga nisbatan ishonchimni oshiradi. O`ziga ishonchi kuchli, o`zidan ko`ngli to`lgan kishilarni turli vazuyat va insonlarning negative munosabatlari ta’sirlantirmaydi. O`zimga ishonchim sabab, bunday vaziyatni oddiy qabul qilaman. Har qanday murosa va munosabatlarda qars ikki qo`ldan deb hisoblayman. Imkon qadar o`zlashtirishi qiyin bo`layotgan o`quvchilar bilan ko`proq ishlashga harakat qilaman.

  1. Vaziyat

Insonni biror ishga majburlashdan naf yo`q o`qish, organishda manfaat u uchun kerak o`qishni qoldirishi yaxshi emasligini uning foydasi uchun chiroyli qilib tushuntirishga harakat qilaman, lekin zo`rlamayman. Chunki insonlarni buyruq yoki talabchanlik emas, fikr boshqaradi. Shuning uchun fikrini o`zgartirishga urinaman va tanlovni o`ziga qoldiraman.

  1. Vaziyat

Agar o`quvchiga horg`in va charchagan holda ko`ringan bo`lsam, bu mening nuqsonim. Psixolog imkon qadar atrofdagilarga har doim pozitiv ruhda ko`rinishi shart. Pozitivlik psixologga nisbatan odamlarning ishonchini oshiradi. Bu holatda o`quvchimga e’tibori uchun minnatdorchiligimni bildirib, holatim uchun uzr so`rayman.
Download 19,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish