15-VARIANT
Muloqatning psixologik vositalari va turlari.
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, xarakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-xarakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi:
Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogic nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa
ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sir - uning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi xarakatlar muxim rol o‘ynarkan. Muloqot maqsadiga ko`ra biologik va ijtimoiy ko`rinishda bo`ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Muloqot vositasiga ko`ra bevosita va bilvosita bo`lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo`li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo`ladi, agar muloqotni
tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi. Har bir kishining oʻz “Meni” atrofdagilar bilan boʻladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yoʻllari avval oilada, bogʻcha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan ehtiyojdir. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin. Muloqot jarayoni shaxslararo munosabatlarning shunday koʻrinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan oʻzaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, oʻzaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir oʻtkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik
hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi.
Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari
motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon boʻlishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir oʻtkazish uslubi tarkib topishi mumkin. Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi;
vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining
boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashuv tushunchasi va uning mohiyati.
2. Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam o‘zining jamiyatda o‘rnini topishga intiladi va samarasiga ko‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs o‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bo‘lib, odam ko‘rgan-kechirganlaridan yaxshi va to‘g‘ri xulosalar chiqarib, to‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning
odamlar orasida obro‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa chiqariladi. Har bir shaxsning voqelikni idrok etishi, uni qabul qilishi, ma’lum bilimlar tizimiga ega bo’lishi ijtimoiy taraqqiyot bilan izohlanadi. Shu bilan birga har kishining bilimi, xulqi, odobi va boshqa xususiyat–fazilatlari uning o’ziga xos tomonlarini ko’rsatadi. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Shaxs–jamiyatning bir a’zosi. U jamiyatdan tashqarida bo’lishi mumkin emas. Buning sababalari: shaxs axloqi hamisha jamiyat axloqiga bo’ysunadi, shunga majbur; kishi ko’pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi, baxtni ham odamlar orasidan topadi, shaxs baxt-saodati jamiyatdan tashqari bo’lmaydi; kishi jamiyat irodasidan dalda oladi; jamiyat shaxs kamoloti ustida g’amho’rlik qilib shart-sharoit ta’minlaydi, kishi faqat tug’ma sifatlar bilangina emas, balki mazkur jamiyatga xos xislatlarni ham o’zlashtiradi.
Shaxs - jamiyat o’zaro munosabatlar jarayonida odamlarning jamiyatda
birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o’rganish psixologiyada muhim vazifa hisoblanadi. Har bir shaxs jamiyatda yashar ekan, o’zining yaxshi his etishi, himoyalanishi va yashab qolishi uchun ma’lum chegaralarni o’ziga qo’yadi. Shu territoriyani – maydonni ichida har bir odamning o’z shaxsiy maydoni mavjudki, bu maydonga o’zga kishilarning kirib kelishi shaxs uchun noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Odamlarning maydonlari, maydonlari o’lchami bir xil emas, bu odamning
yoshi, ijtimoiy mavqei va boshqa jihatlarga bog’liq. Shaxslararo masofa millat va elatlarning yozilmagan qonuniyatlariga bo’ysunadi. Agar jamiyat adolatli bo’lsa, jamiyatning hamma a’zolari va alohida shaxs uchun ham barcha imkoniyat bo’ladi. Adolatli jamiyat shaxsni shunchaki shakllantirib qo’ya qolmaydi, balki ma’naviy yetuk inson qilib kamol toptiradi. Xuddi shuningdek, shaxs xulqi, odobi, fe’li ham jamiyatda yashayotgan odamlarga katta naf beradi. Tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan
yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga
ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.
Yuqorida ta’kidlangan barcha munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvi
jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tushuncha sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat,
shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga
bog’liq bo’lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatkich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim.
Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi
inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z
qonuniyatlari mavjud. Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlarini keltiramiz.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi mavjudligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini
dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya); ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya); uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat
bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
- ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3
yoshgach;
- bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha;
- kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha;
- o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha;
- yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan
bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi: ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha; kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha;
yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
- go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha;
- maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha;
- o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
Muloqot turlari va uning funksiyalari.
3.Muloqoqtning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma-yuz” bo`lishi yoki u yoki bu texnik vositalar ( telefon, telegraf va shunga o`xshash) orqali amalga oshiriladigan; Biror professional faoliayat jarayonidagi amaliy yoki do`stona bo`lishi; sub`ekt-sub`ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub`ekt – ob`ektli (monollogik) bo`lishi mumkin.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil
insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda.
Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir.
Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan
muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini
qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega
boʻladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi. Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot – bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni
oʻsha suhbatdoshlarning fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional
munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, Shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilishi, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni
tushunish va boshqa Shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud. Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi. Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir. Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi.
Shaxsning kasbiy orentatsiyalari va kasbiy motivatsiya turlari.
4. Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida (mеhnat bozori, ta'lim xizmati) yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash jarayonida mеhnat motivatsiyasini shakllantirishning zarur ijtimoiy-pеdagogik omillaridir.
«Ichki siyosatning nеgizi dеgan edi I.A.Karimov, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan himoyalash va mеhnat motivatsichsining kuchli mеxanizmi bilan, inson manfaatlariga yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotinqurishdir».
Kadrlar kasbiy tayyorlash sohasida psixologik-pеdagogik faoliyatning tadqiqoti va amaliyoti, o`quvchilarning o`qi shva mеhnat qilishining motivtsiyasini shakllantirish darajasi o`quv tarbiyaviy jarayonning muhim ko`rsatkichi ekanligini ko`rsatadi. Umumiy psixologik tushunchada, shaxs tuzilishida motivatsiya qator muhim vazifalarni bajaradi, ya'ni shaxsning muloqotda bo`lishi,hulqi va faoliyati motivlari tizimi bilan uyg`otiladi, yo`naltiriladi va boshqariladi. Motivatsiya, o`quvchilarning o`quv-ishlab-chiqarish faoliyati sharoitida shakllanish va rivojlanishga moyil bo`lgan, shaxsning mustahkam xususiyatidir. Kasbiy tayyorlash motivlari maktabda shakllangan o`qishga va bilimlarni egallashga bo`lgan munosabatga, tanlangan kasbga bo`lgan munosabatga, tanlangan kasbga bo`lgan munosabatga bog`liqdir.
Kasbiy tayyorlash sohasida motivatsiya muammolarining muhim jihatlari
quyidagilar: o`quvchi motivatsiyasining mazmuni va tarkibi, uning o`quv kasbiy faoliyati jarayonida motivlar dinamikasi.
Pеdagogika va psixologiyada o`quv va kasbiy faoliyatning motivlari
tarkibi еtarlicha ishlab chiqilgan. Lеkin o`quvchilar va ishlayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yo`naltirish bilan bog`liq kasbiy motivatsiyaning mazmuniy tomonlari еtarlicha o`rganilmagan.Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni
ajratib olish imkonini bеradi: -kasb va o`quv muassasasini tanlash sabablari; -o`qish, o`quv kasbiy faoliyat sabablari; -ish joyini tanlash sabablari; -mеhnat (kasbiy faoliyat) sabablari; -kasbiy o`sish va martabasi oshish sababalri.
Yoshlarni kasbga yo`llashda ularning xotirasidagi shaxsiy farqlarni hisobga olish maqsadga muvofiq , o`quv matеrialini turli tumanligi xotirani o`tkirlashtirish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Chunki kasb xunarning xilma-xilligi xotiraning o`tkirligini talab qiladi.
Xotiraning barcha turlari o`ziga xos jiqatlari kasb-xunar ixtisos mutaxassislik tanlashda turli tuman kasblar to`qrisidagima'lumot axborotlarni o`zlashtirish eslab qolish va kеyinchalik esga tushurishda juda muqim rol o`ynaydi. Biror ixtisoslikni egallash uchun xotirani yuqorida ta'riflab bеrilgan turlaridan bittasi albatta kеrak bo`lib qoladi. Bu esa o`z navbatida ishning samarali bajarilishini ta'minlaydi. Aqliy qobiliyat insonga xos yuksak fazilat bo`lib, muayyan opеratsiyalar xati-xarakatlar yordami bilan ro`yobga chiqadi. Inson mеqnat faoliyatining barcha
soqalarida o`zining aqliy qobiliyatidan samarali foydalanmoqi zarur.
Tеmpеramеnt tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish mumkin buning uchun; Kasb-xunarning talablari tеmpеramеntga mos kеladigan turini tanlash kеrak.
Shaxsning psixik xususiyatlariga mos tushadigankasbni tanlash, kasbiy saralash dеb yuritiladi. Shaxsning individual xususiyatlarini qisobga olish lozim. Tеmpеramеntga xos kamchiliklarini bartaraf etish kеrak.dеmak shaxsni qaytadan shakllantirish yo`li bilan tеmpеramеntni faoliyat talablariga qisman moslash mumkin. Individual uslubni shakllantirish zarur. Talabaning faoliyatga ongli faol va ijodiy munosabatda bo`lishi, buning uchun eng zarur shartidir. Xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishida va mеxnat faoliyatida еtakchi rol o`ynaydi, chunki o`qish va mеqnat jarayonida qo`llaniladigan individual usullar xulq-atvorga ta'sir etib, uning ayrim xususiyatlarini kеltirib chiqaradi. Ko`pgina
xususiyatlar o`zgaga taqlid qilish natijasida qam paydo bo`ladi. Xulq-atvorga janjalli vaziyatlar qam ta'sir ko`rsatadi. Inson umrining fikricha o`z xatti-xarakatlarini boshqarib xulq-atvorini o`zi barqarorlashtirgan bo`lsa kasb-qunar tanlashga shunchalik oqilona va qatiyatlilik bilan yondashiladi. Shunday qilib, kasbga yo`llash jarayonida shaxsning individual psixologik xususiyatlari va tuyqularini layoqat istе'dodini xisobga olish, shuningdеk yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan qurollantirish ularning kasb-qunar ixtisoslik mutaxassislik oldiga qo`yiladigan psixografik, profеssiogrammani talablarga moslashishiga imkon bеradi. Kasbga yo`naltirish maslaqatlari o`tkazishda qisobga olinishi zarur bo`lgan muqim omillar individual psixik –fiziologik xususiyatlardir. Kasbning shartli ravishda ikkita mazmun va dinamik tomonini ajratish mumkin. Dastlabkisi tеgishli bilmlar faoliyat maqsadlari talab etiladigan malaka va ko`nikmalar bilan bеlgilanib insonning shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga o`ziga xos talablar qo`yadi. Bu xususiyatlar mеqnat jarayonida qam shakllanishi mumkin ya'ni tarbiyaviy ta'sir o`tkazish mashq qildirish orqali amalga oshiriladi. Lеkin kasb bular bilan chеklanmaydi uning boshqa dinamik tomoni qam mavjud. Har qanday ish ma'lum tеzlikni uni bajarish sur'atini bir turdagi topshiriqda boshqasiga ko`chish malakasini diqqatini jamlash qissiy barqarorlik va
hokazolarni talab etadi. Bundan tashqari ayrim kasblarda psixikaning ma'lum inamik tavsiyalariga talablar birinchi o`ringa chiqadi va psixofiziologik xususiyatari mazkur kasb talablariga javob bеrmaydigan shaxslarda kasbiy yaroqlilik shakllanishida chеklanishlarni yuzaga kеltiradi. Odatda bu kabi kasblar doirasi kеng emas va ularda ishlash uchun maxsus kasbiy saralashdan o`tish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |