Mulkdorlar sinfini shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o’rni



Download 0,98 Mb.
bet3/10
Sana17.02.2021
Hajmi0,98 Mb.
#59016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
32 oxiri

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.A.Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” – T.”O’zbekiston”, 1997, 196‑bet.

2. I.A.Karimov. “Mamlakatimizni modernizasiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2010 yil 8 dekabr.

3. I.A.Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2010 yil 13 noyabr.

4. I.A.Karimov. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish ustuvor vazifamizdir”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2015 yil 17 yanvar.

5. I.A.Karimov. “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirish‑bosh maqsadimizdir”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2014 yil 6 dekabr.

6. I.A.Karimov. “2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2014 yil 18 yanvar.

 


© Copyright 2008 - 2020    biznes-daily.uz Vse prava zaщiщyenы
Svidetelstvo o registrasii № 0976, vыdano Uzbekskim agentstvom po pechati i informasii 04.06.2013 g
Vse uslugi lisenzirovanы, tovarы sertifisirovanы.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ­O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlash, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratib berish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. Zero, Prezidentimiz qayd etganidek, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi.

Tadbirkorlik, kichik biznes rivojining beqiyos ahamiyati haqida gap borar ekan, shuni qayd etish kerakki, ushbu soha mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli istiqlol yillarida odamlarni tadbirkorlik, ishbilarmonlik, kichik biznes sohasiga jadal jalb qilish, ularning xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda zarur shart-sharoitni yaratib berishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar hayotga tatbiq qilindi. Pirovardida jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va kerak bo‘lsa, ma’naviy jihatdan yangilashning mazmun-mohiyatini belgilab beradigan o‘rta — mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasi uddalandi. Asosiysi, mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali odamlarning mehnatga bo‘lgan munosabati, tafakkur tarzi, aholining mentaliteti hamda ­dunyoqarashini ham muayyan darajada o‘zgartirishga ­muvaffaq bo‘lindi.

Xususan, yaqinda qabul qilingan tadbirkorlik ­faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ­ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga oid farmonlar soha ravnaqida yangi bosqichni boshlab berdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda parlament tomonidan ushbu farmonlar asosida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayapti.

Albatta, faqatgina qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ayni vaqtda qonunlarning to‘liqligi, hayotiyligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish mexanizmlariga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning islohotlar samarasiga amaliy ta’siriga erishish zarur. Chunki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, qonun hujjatlarining ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolishi mamlakatimiz qonunchilik tizimiga fuqarolarimiz, tadbirkorlar, qolaversa, chet el investorlarining ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin.

Davlatimiz rahbari nutqida parlament faoliyatini yanada takomillashtirish borasida belgilab berilgan vazifalarning hayotga samarali tatbiq etilishi ham xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik kafolatlarini amalda ta’minlash, sohaning taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash va hal qilish imkonini beradi. Bugungi kunda parlament quyi palatasi tomonidan ushbu yo‘nalishdagi asosiy chora-tadbirlar belgilab olinayapti.

Xususan, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida xalq deputatlari Kengashlari bilan hamkorlikda joylardagi vaziyatni o‘rganib, rahbarlar hisobotining eshitilishi, avvalambor, mahalliy Kengashlar faolligini oshiradi, ayni paytda mahalliy boshqaruv organlari javobgarligini kuchaytiradi. Bu esa jamiyatga o‘zining kuchli ta’sirini ko‘rsatishi tabiiydir.

“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan monitoring ishlarini tashkillashtirish, bu borada mavjud bo‘lgan xorijiy tajribani o‘rganib, milliy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda joriy qilish yana bir muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Bular haqida atroflicha mulohaza yuritib, oldimizda turgan amaliy ishlarni rejalashtirib olishimiz zarur.

Bunday ishlar, asosan, bugungi kunda iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘ini hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa, chet el investorlari bilan ish olib borayotgan yoki turizm sohasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarimizning zaruriyat va manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish respublika markazi kabi fuqarolik jamiyati institutlari ekspertlari bilan hamkorlikni kengaytirish faoliyatimizda muhim o‘rin tutadi.


Oliy Majlis deputatlari tomonidan iqtisodiy taraqqiyotning kuchli asoslarini yaratishda xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sanoat, transport, turizm va boshqa sohalarga oid amaldagi hamda qabul qilinayotgan qonunlarning ijrosini ta’minlash, ularning samarali huquqiy mexanizmlarini yaratish borasidagi qonun ijodkorligi va parlament nazorati doirasidagi ishlarni yanada faollashtirish davr taqozosidir.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish