2-VARIANT
1. Mulk shakllarining tasniflanishi.
2. Davlat mulki, jamoa mulki.
3. Shaxsiy mulk, xususiy mulk
4. Yakka tartibdagi xususiy mulk.
5. Korporativ xususiy mulk.
Javoblar
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning Moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi. Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. ... Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va rivoj to’adi.
Davlat mulki — mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning uz vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquklar. D.m. tushunchasi "davlat" tushunchasi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ular doimo bir-birini taqozo etib keladi. Oʻtmishda D.m. asosan bosqinchilik urushlari hisobiga koʻpayib bordi. D.m. tarkibiga imoratlar va yerdan tashqari oziqovqat mahsulotlari, ot-ulov vositalari, yem va b. ham kirgan. Jamoa mulki — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin.
Shaxsiy mulk — bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʻpayadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʻz xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va koʻpayadi. Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Yakka tartibdagi xususiy mulk – alohida olingan mulkdor tomonidan o’zlashtiriluvchi vosita va nе’matlar. Korporativ xususiy mulk –ma’lum maqsad yo’lida o’zaro birlashgan mulkdorlar mablag’iga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o’zlashtiri-luvchi vosita va nе’matlar. Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: 1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlatning ixtiyoriga o’tkazilishi; 2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona.
Ko‘char mulkni baholash mulkning bozor bahosini aniqlashning yagona muqobil yo‘li. ... Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning o‘z ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk ob’ektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli bo‘lmagan yuridik shaxslarga berilishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qo‘shma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |