Sana : 01.05.2020
Mavzu : Oqsillarga xos rangli reaksiyalar
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Kerakli jihozlar: Stakan, probirka, shisha tayoqcha
Kerakli reaktivlar: Tuxum oqi, NaOH, CuSO4, nitrat kislota, distillangan suv
Oqsillar turli fizik xossalarga ega: ba’zilari suvda kolloid eritma hosil qilib eriydi (tuxum oqsili), ba’zilari tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, uchinchilari umuman erimaydi (teri to‘qimalari-ning oqsillari).
Oqsillar denaturatsiyasi - bu oqsillar konfiguratsiyasining (ikkilamchi va uchlamchi strukturalarining) qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar, og‘ir metallar tuzlari, kuchli silkitish ta’sirida buzilishi-dir. Oqsillar denaturatsiyasida fazoviy strukturasi buzilishi (vodorod, tuz, efir, polisulfid bog‘larining buzilishi) natijasida oqsillarning biologik faolligi ham yo‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |