Mukaddas Allaberganova 4-kurs 405-guruh
Mustaqil ish
Ushbu omillar operatsiyadan oldin yoki operatsiyadan keyingi
davrda korreksiya ishlarini olib borishda hisobga olinadi. L.V. Lopatina
fonetik-fonematik buzilish (rinolaliya) ga ega bolani tekshirish sxemasini
va unga tegishli ko'rsatmalarni taklif qiladi.
2. Dizartriyadagi logopedik tekshirish xususiyatlari
Tekshirish nutqiy va nonutqiy buzilishlarni, bolaning umumiy
psixo-nevrologik holatini hisobga olgan holda umumiy tizimli
yondashuvga asoslanadi.
Tekshirish texnologiyasi quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga
oladi.
1. Nonutqiy buzilishlarni tahlil qilish(bola rivojlanishining
dastlabki bosqichlarida juda muhim)
Ko'pincha dizartriyaning birinchi namoyishi psevdobulbar
sindromining mavjudligi bo'lib, uning birinchi alomatlarini xatto yangi
tug'ilgan chaqaloqda qayd etish mumkin:
- qichqiriqning zaifligi yoki yo'qligi (afoniya);
- emish, yutish qoidalarini buzish;
- yuzaki, tez-tez va aritmik nafas olish;
- ba'zi bir tug'ma shartsiz reflekslarning yo'qligi yoki kuchsizligi
(so'rish, qidirish, labni cho'chchaytirish, kaft-og'iz);
- yuz assimetriyasi;
- pastki labni osilib qolishi, bu esa ko'krak tutilishining
qiyinlashtiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |