Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

1.2. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy 
va huquqiy asoslari 
Tadbirkorlikni  shakllantirish  uchun  iqtisodiy,  ijtimoiy,  huquqiy  va  boshqa  muayyan  sharoitlar 
yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bо‗lgan taklif va talab; haridor sotib olishi 
uchun tovar turlarining  mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bо‗lgan  pul hajmining mavjudligi; 
ishchilarning  maoshiga,  ya‘ni  sotib  olish  imkoniyatiga  ta‘sir  kо‗rsatuvchi  ishchi  joylarining,  ishchi 
kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi. 
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imko-niyatlari, kiritilgan  kapitaldan  olinayotgan 
daromad  miqdori  va  о‗z  ishbilarmonlik  operatsiyalarini  moliyalashtirish  uchun  olinmoqchi  bо‗lgan  kredit 
miqdori iqtisodiy sharoitga ta‘sir etadi. 
Bu ishlarning barchasi  bilan bozor infratarkibini  tashkil qilgan turli xildagi tashkilotlar shug‗ullanadi. 
Tadbirkorlar  shunday  tashkilotlar  bilan  aloqa  о‗rnatib,  tijorat  operatsiyalarini  amalga  oshiradi.  Moliya 
xizmatini  kо‗rsatuvchi  banklar,  xom  ashyo,  materiallar,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  yoqilg‗i,  energiya, 
                                                 
7
 М.Х. Мескон, М.Альберт, Ф.Хедуори. Основы менеджмента. М., 1992.44-бет. 


 
12 
mashina  va  uskunalar,  instrumentlar  bilan  ta‘minlovchilar;  tovarni  haridorga  yetkazuvchi  ulgurji  va 
chakana  savdogarlar;  kasbiy,  yuridik  buxgalteriya  xizmatlarini,  vositachilik  xizmatini  kо‗rsatuvchi  firma 
va  korxonalar;  ishchilar  kuchini  yollashda  yordam  beruvchi  ishga  joylash  agentliklari;  ishchi  va 
mutaxassis  xizmatchilarni  tayyorlayotgan  о‗quv  yurtlari;  reklama,  transport,  sug‗urta  agentliklari; 
aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi. 
Tadbirkorlikning shakllanishi  iqtisodiy va ijtimoiy  sharoit bilan chambarchas bog‗liq. Tadbirkorlik 
shakllanishining  iqtisodiy  sharoitiga  ijtimoiy  sharoit  yaqin  turadi.  Ijtimoiy  sharoit,  avvalo, 
haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli 
bosqichlarda ushbu talab о‗zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog‗liq bо‗lgan ahloqiy va 
diniy meyorlar jiddiy ta‘sir kо‗rsatadi. Ushbu meyorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bо‗lgan 
talabiga  bevosita  ta‘sir  etadi.  Ijtimoiy  sharoit  shaxsning  ishga  bо‗lgan  munosabatiga  о‗z  ta‘sirini 
о‗tkazadi, bu esa, о‗z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bо‗lgan 
munosabatga ta‘sir etadi. 
Tadbirkorlik  faoliyatining  shakllanishida  ishbilarmon  xodim-larni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash, 
malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib 
borishning  zamonaviy  uslublarini  о‗rganishni  tashkil  etish,  xodimlarni  о‗qitish  va  qayta  о‗qitish,  ularni 
rivojlangan  mamla-katlarga  malaka  oshirish  uchun  yuborish,  ish-bilarmonlarni  о‗qitish  uchun 
о‗qituvchilarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  ishlarini  tashkil  etish,  tadbirkor  sektori  uchun  xodimlarni 
tanlash bо‗yicha maslahat markazlarini ochish kerak. 
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit 
yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik  faoliyatini tartibga keltiruvchi 
farmonlar  va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  qulay  sharoit  yaratib  beruvch i  qonunlarning 
mavjudligi,  ya‘ni  korxonalarni  rо‗yxatdan  о‗tish  jarayonining  qisqa  va  oddiy  bо‗lishi;  tadbirkorlikni 
davlat  byurokratizmidan  himoya  qilish;  soliq  qonunchiligini  takomillashtirish;  О‗zbekiston  va  chet  el 
ishbilar-monlarining  hamkorlik  faoliyatini  rivojlantirishdan  iboratdir.  Shu  bilan  birga  bunga  kichik 
tadbirkorlik  ishlariga  kо‗maklashish  hududiy  markazlarini  tashkillashtirish,  statistika shakli  va hisob-
kitobini  takomillashtirish  kiradi.  Tadbirkorlik  faoliyati-ning  huquqiy  kafolati  masalasi  bilan  bog‗liq 
masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
AQShning tadbirkorlik sohasida kо‗p yillar mobaynida qо‗llab kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol 
bо‗la oladi. Ulardan bir nechasiga e‘tibor beraylik (1-jadval)
8


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish