Fan bо‘yicha о‘quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani
bо‗yicha respublikamiz va MDH mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan kо‗plab darslik va
о‗quv qо‗llanmalar chop etilgan.
Jumladan, Abdullayev A., Sotvoldiyev A. va boshqa mualliflar tomonidan 2004 yilda «Kichik va
о‗rta biznes: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish» nomli о‗quv qо‗llanmasi nashr etilgan. Unda
kichik va о‗rta biznesni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan.
Bundan tashqari, qо‗l-lanmada bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish-ni maqsad qilib
qо‗ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish bilan bog‗liq bо‗lgan atamalar izohi berilgan.
Yuldashev SH.A. tomonidan 2003 yilda chop etilgan «Maliy biznes i predprinimatelstvo» nomli
о‗quv qо‗llanmada О‗zbekis-tonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, uning tashkiliy-
huquqiy shakllar, kichik biznes infratuzilmasi, biznes-reja ishlab chiqish masalalari va kichik
korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari kо‗rsatib berilgan.
Lapusta M.G. tahriri ostida 2003 yilda chop etilgan «Pred-prinimatelstvo» nomli о‗quv
qо‗llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik
psixologiyasi masalalari keng yoritilgan.
Gorfinkel V.Y., Polyak G.B. va Shvandar V.A.lar tomonidan 2002 yilda tayyorlangan
«Predprinimatelstvo» nomli о‗quv qо‗llanmada Rossiyada tadbirkorlikning shakllanishi va о‗ziga xos
xususiyatlari, uning zamonaviy shakllari, faoliyat turlari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, tahlil qilish
va soliqqa tortish masalalari keng yoritilgan.
Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001 yilda chop etilgan «Upravleniye malim biznesom» nomli
о‗quv qо‗llanmada kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan о‗rni, kichik biznesni tashkil etish va
boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, О‗zbekiston
sharoitida uni
bartaraf etishning yо‗llari va choralari. –T.:
О‗zbekiston, 2009, 24-bet.
5
Gorfinkel V.Y. va Shvandar V.A. tomonidan 2004 yilda nashr etilgan «Maliy biznes:
Organizatsiya, ekonomika, upravleniye» nomli о‗quv qо‗llanmada Rossiya va xorij mamlakatlarida
kichik biznesning rivojlanishi, uning iqtisodiyotda tutgan о‗rni, kichik biznes faoliyatini tashkil etish,
boshqarish va tahlil qilish masalalari keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan о‗quv qо‗llanmalardan farqli о‗laroq, mazkur о‗quv qо‗llanma
О‗zbekiston Respublikasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes
va tadbirkorlik» fani о‗quv dasturi asosida tayyorlangan.
Unda kichik biznes va tadbirkorlik bо‗yicha xorij iqtisodchi-olimlari tomonidan ilgari surilgan
nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy topishi, kichik biznes va tadbirkorlik
tushunchalari, ularning iqtisodiyotda tutgan о‗rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirishning о‗ziga xos xususiyatlari, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari
va ularni davlat tomonidan qо‗llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu о‗quv
qо‗llanmada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, uning
moliyaviy holati va kredit bilan ta‘minlash shakllari, bank, moliya muassasalari va audit tizimi bilan
aloqalari, ularning soliqqa tortilish mexanizmlari va imtiyozlari, axborot bilan ta‘minlash yо‗llari,
boshqarish psixologiyasi va faoliyatining iq-tisodiy samaradorligini aniqlash usullari batafsil bayon
etilgan.
О‗quv qо‗llanma mualliflari kichik biznes va tadbirkorlik fao-liyati bilan shug‗ullanuvchi
xodimlar, ishbilarmonlar, biznesmen-lar va Oliy о‗quv yurtlari talabalarining qо‗llanmaning mazmuni,
tuzilishi yuzasidan bildirgan taklif, mulohaza va maslahatlarini bajonidil qabul qiladilar.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |