Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va meyoriy axborotlarga bо‘linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat
bо‘ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlarini moddiy
99
va mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik
qarzlari haqidagi ma’lumotlarni о‘zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’-molchilarni,
hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bо‘ladigan
aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi
muhit xabarlaridan iborat bо‘ladi.
Foydalanish vaqti bо‘yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli,
о‘zgarish darajasi bо‘yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bо‘linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol о‘ynaydi, chunki ular tovar
ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |