bо‘linadi: oborot, daromad va mulk.
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomoni-dan belgilab
qо‘yilgan meyori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki
foizlarda obyektga nisbatan qо‘l-laniladi.
Soliq stavkalari proporsional, progressiv va regressiv kо‘rinishlarda bо‘lishi
mumkin.
92
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bо‘lgan yuridik va
jismoniy shaxslar bir xil proporsiyada (ulushda) soliq tо‘laydilar. Bu yerda soliq
stavkasi qat’iy о‘rnatilgan bо‘lib, proporsional ravishda olinadi. Masalan, korxona
asosiy fondlarining о‘rtacha yillik qiymati 200 mln sо‘m bо‘lib, undan undiriladigan
soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. sо‘mni
Do'stlaringiz bilan baham: |