yetarli mikdorga borguncha, yoki ishlatish fursati kelguncha bо‘sh turadi;
- davlat byudjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi
ham bir vaqtda yuz bermaydi;
- turli-tuman xayr-ehson va sug‘urta pullarining hosil bо‘lishi va ishlatilishi ham
turli vaqtda yuz berganidan, uning bir qismi sarflanmay, bо‘sh turib qoladi.
Xullas, jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekis bо‘lishi, bir qism
pulning bо‘sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Kredit tо‘rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan tо‘lov vositalari (masalan, veksel, chek,
sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xо‘jalik oborotiga jalb qiladi.
Ikkinchidan, bо‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, ishdagi kapi-talga aylantirib,
pulni pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag‘larini turli tarmoqlar о‘rtasida
qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining kо‘chib turishini ta’minlaydi.
Tо‗rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy о‘sishni
Do'stlaringiz bilan baham: |