MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI
1991- yil 31- avgust O‘zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
1991- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.
1991- yil 28- sentabr Тoshkentda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 1991- yil 1- noyabr O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining „Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Prezi-denti etib saylandi.
1991- yil dekabr O‘zbekiston MDH ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 4- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.
1992- yil yanvar Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavozimi ta’sis etildi.
1992- yil yanvar Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi.
1992- yil yanvar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi.
1992- yil 28- yanvar „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992- yil 26- fevral O‘zbekiston EXHТ ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 28- fevral Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi.
1992- yil 2- mart O‘zbekiston BMТ ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 16- mart Тoshkentda birinchi bo‘lib AQSH elchixonasi ochildi.
1992- yil 27- mart Prezident farmoni bilan Iyd-Ramazon va Qurbon hayitining birinchi kunlari bayram va dam olish kunlari deb e’lon qilindi.
1992- yil 30- may O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1992- yil iyun O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida
davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1992- yil O‘zbekiston EKO ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 2- iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilindi.
1992- yil 2- iyul „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. U 1996- yil 25- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.
1992- yil 25- avgust O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1992- yil noyabr O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlar- aro munosabatlarning asoslari to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi.
1992- yil 8- dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992- yil 10- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi. 1993- yil 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni.
1993- yil may O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1993- yil 2- sentabr O‘zbekiston Respublikasining „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil 14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul qilindi.
1993- yil sentabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMТ Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida nutq so‘zladi.
1993- yil sentabr Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
1993- yil oktabr Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi. 1993- yil 28—30- oktabr O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.
1993- yil 29- oktabr O‘zbekiston UNESCO ga a’zolikka qabul qilindi.
1993- yil 1- noyabr O‘zbekistonda aholi qo‘lidagi rubl o‘rniga so‘m-kupon (1 so‘m-kupon 1 rublga tenglashtirilgan holda) muo-malaga kiritildi.
1993- yil 22—25- noyabr O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1993- yil 28- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1994- yil aprel Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi tuzildi.
1994- yil 5- may „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni, „Mustaqillik“ ordeni ta’sis etildi.
1994- yil 16—19- may O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
1994- yil 1- iyul O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi — so‘m (1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
1994- yil 1- sentabr GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston- ning Yevropada birinchi elchixonasi ochildi.
1994- yil 22- sentabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1994- yil oktabr Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. 1994- yil 4—25- oktabar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
1994- yil 25- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- siga birinchi bor saylovlar bo‘lib o‘tdi.
1995- yil 18- fevral „Adolat“ sotsialdemokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil 23- fevral Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta’sis etildi.
1995- yil 26- mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
1995- yil 3- iyun Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil iyul Тoshkentda EXHТ ning mintaqaviy byurosi ochildi.
1995- yil 21- dekabr O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda „Davlat tili to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi.
1995- yil 21- dekabr „Fuqarolik kodeksi“ qabul qilindi.
1996- yil yanvar „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi.
1996- yil mart—avgust oylari „O‘zbekiston — Vatanim manim“ birinchi qo‘shiqlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
1996- yil aprel Amir Тemur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
1996- yil 26- aprel „Amir Тemur“ ordeni, „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni ta’sis etildi.
1996- yil 25- iyun AQSH da O‘zbekistonning elchixonasi ochildi. 1996- yil iyul O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1996- yil 19- iyul „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxona- sining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. „Damas“, „Тiko“, „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1996- yil 27- avgust Prezident farmoni bilan har yili avgust oyining uchinchi yakshanba kuni qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Mavzu: „O‘zbekiston — Vatanim manim“.
1996- yil 1- sentabr Тoshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi.
1996- yil 18- oktabr Тoshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
1997- yil 7- yanvar Iste’dodli yoshlarning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Umid“ jamg‘armasi tashkil etildi.
1997- yil 9—10- yanvar Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolandi.
1997- yil 24- aprel „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1997- yil 22- avgust Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1997- yil 25- avgust – Samarqandda „Sharq taronalari“ 2- sentabr birinchi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Har ikki yilda shunday festivalni o‘tkazish an’anaga aylandi.
1997- yil 29- avgust O‘zbekiston Respublikasining „Тa’lim to‘g‘risida“, „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ haqidagi qonunlari qabul qilindi. 1997- yil oktabr Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“, „Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Yer kadastri to‘g‘risida“, „Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida“, „Dehqon xo‘jaligi to‘g‘-risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil may O‘zbekiston alpinistlari Himolay tog‘i- ning eng baland „Everest“ cho‘qqisiga chiqdilar.
1998- yil 17- avgust „El-yurt hurmati“ ordeni ta’sis etildi.
1998- yil oktabr Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi, yodgorlik majmuyi ochildi.
1998- yil oktabr Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg‘o- niyga haykal o‘rnatildi, bog‘ yaratildi.
1999- yil 16- fevral Тoshkentda terrorchi kuchlar tomo- nidan portlashlar sodir etildi.
1999- yil mart „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ishga tushdi. „Otayo‘l“ rusumli avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish boshlandi.
1999- yil 9- may Тoshkentda „Xotira maydoni“ majmua- sining ochilish marosimi bo‘ldi.
1999- yil may Тoshkentda O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kurash assotsi-atsiyasi tuzildi.
1999- yil Тoshkent Islom universiteti ochildi. 1999- yil 5- noyabr Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning xotirasiga bag‘ishlangan ulug‘vor haykal, yod-gorlik majmuyi ochildi.
1999- yil 5- dekabr O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2000- yil 9- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2000- yil 12- may Тoshkentda „Shahidlar xotirasi“ yod-gorlik majmuyi ochildi.
2000- yil 21- iyun MDH sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror qabul qilindi.
2000- yil 30- avgust „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni ta’sis etildi.
2000- yil 16—17- noyabr Burhoniddin Marg‘inoniy tavallu- dining 910 yilligi va Imom Abu Mansur Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi, ular xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari ochildi.
2001- yil 23- mart „Kamolot“ yoshlar-ijtimoiy harakati tashkil topdi.
2001- yil 24- aprel Navoiy—Uchquduq—Sulton
Uvaystog‘—Nukus yo‘nalishi bo‘ylab
qurilgan yangi temir yo‘lda dast-
labki yuk poyezdi harakati boshlandi.
2001- yil 14—15- iyun O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga a’zo bo‘ldi. Uning nomi Shanxay Hamkorlik Тashkiloti deb o‘zgartirildi.
2001- yil 14 —15- iyun Shanxay Hamkorlik Тashkiloti sam- mitida terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash haqida konvensiya imzolandi.
2001- yil iyun 4890 nafar o‘g‘il-qiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi bitiruvchilari bo‘ldi.
2001- yil 17- avgust „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma kor- xonasi yangi rusumdagi „Matiz“ avtomobilini ishlab chiqara boshladi.
2001- yil avgust Тoshkent metrosi Yunusobod yo‘na- lishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2001- yil 16—17- noyabr „O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida“ shartnoma imzolandi.
2001- yil dekabr Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.
2002- yil 27- yanvar Ikki palatali parlament tuzish masa- lasida O‘zbekiston Respublikasining referendumi bo‘lib o‘tdi.
2002- yil O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatdi.
2002- yil 11—14- mart O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSH da bo‘ldi. „O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida“ deklaratsiya im-zolandi.
2002- yil 2- aprel Тermiz shahrining 2500 yilligi ni- shonlandi.
2002- yil 4—5- aprel „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
2002- yil 28—31- iyul O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
2002- yil 27- avgust Тoshkentda „Qatag‘on qurbonlari xoti- rasi“ muzeyi ochildi.
2002- yil 12- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilin-di.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ Konsti-tutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
2003- yil 24- aprel „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
2003- yil oxiri O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi.
2004- yil 1- yanvar Toshkentda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) faoliyat yurita boshladi.
2004- yil 16- iyun Toshkentda O‘zbekiston Respublika- si va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2004- yil 18- iyun — 13- iyul Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
2005-yil 27- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tuzildi va faoliyat boshladi.
2005- yil 14- noyabr Moskvada O‘zbekiston—Rossiya o‘rta- sida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘ri- sida shartnoma imzolandi va kuchga kirdi. 2006- yil 24—25- yanvar O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo‘shilish haqidagi protokol va shartnomalar imzolandi.
2007- yil 23- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I.A. Karimov O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2008- yil Yoshlar yili. 2009- yil 1- sentabr „O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom Karimov Toshkent shahriga „Musta- qillik“ ordenini topshirdi.
2009- yil 27- dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- 2010- yil 10- yanvar siga saylovlar va takroriy saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Barkamol avlod yili.
2010- yil 11- iyun Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari Kengashining 10- majlisi bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Prezident I.A. Karimov taklifiga binoan Oliy Majlis tomonidan „Mam- lakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi“ qabul qilindi.
2011- yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2011- yil Toshkentda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida tibbiyot sohasi- ning dolzarb masalalari bo‘yicha sim- pozium bo‘lib o‘tdi.
2011- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat mus- taqilligining 20 yilligi jamoatchilik tomonidan qizg‘in nishonlandi.
2011- yil Toshkentda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’rifat markazi binosi bunyod etildi.
2012- yil Mustahkam oila yili.
2012- yil fevral Toshkentda ta’lim va taraqqiyot mav- zusiga bag‘ishlangan xalqaro konfe rensiya bo‘lib o‘tdi
«Bayram kunlari xaqida» gi qonuniga va 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan
1 yanvar — Yangi yil.
8 mart — Xotin-qizlar kuni.
21 mart — Navro’z bayrami.
9 may — Xotira va qadrlash kuni.
1 sentabr — Mustaqillik kuni.
1 oktabr — O’qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr — Konstitutsiya kuni.
Ro’za xayiti (Iyd al Fitr) — diniy bayramning birinchi kuni.
Qurbon xayiti (Iyd al Adxa) — diniy bayramning birinchi kuni.
1990-yil 18-fevralda O`zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylov bo„ldi.
1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o„n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR
Oliy Kengashining I-sessiyasi bo„lib o„tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning
tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bolib “O`zbekiston SSR
Prezidenti lavozimini ta‟sis etish to„g„risida” qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart
kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo„li bilan Islom Abdug„aniyevich
Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi.
1991-
yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O'zbekiston Respublikasi
referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda:
«Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon
qilinishini ma'qullaysizmi?» - degan masafeda referendum o'tkazishga katta
tayyorgarlik ko'rildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo'lib o'tgan
VIII sessiyasi «O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonunni
qabul qildi.
1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida
«O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to'g'risida qonun qabul qilindi. Davlat
gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo'lib o'tgan
XI sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun
qabul qilindi.
. 1990-yil
20-iyun kuni “O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida”gi Deklaratsiya
matni sessiyada qizg„in muhokama qilindi va bir ovozdan qabul qilindi.
1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendu-mini o„tkazishga
qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O„zbekiston Oliy Kenga-shining rayosati ham
referendum o„tkazishni ma‟qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan
byulleten bilan birga yana bitta qo„shimcha byuletenni ovozga qo„yishga qaror qildi.
Qo„shimcha byulletenga “Siz O„zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika
sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan
savol qo„yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga “Ha”
deb ovoz berdilar.
1993-yil 7-mayda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi
orden – birinchi va ikkinchi darajali “Sog„lom avlod uchun” ordeni ta‟sis etildi. 1994-
yil 5-mayda “O„zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin Yulduz” medali,
“Mustaqillik” va “Do„stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta‟sis etildi.
1995-yil 30-avgustda “Mehnat shuhrati”, birinchi va ikkinchi darajali “Shonshuhrat”, 1996-yil 26-aprelda “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun”, 1998-yil
17-avgustda “El-yurt hurmati”, 2000-yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi”
ordenlari ta‟sis etildi.
1996-yil 26-apreldagi Oliy Kengash sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyma‟rifiy yo„nalishlarda O„zbekiston Respubikasining faxriy unvonlari ta‟sis etildi.
O„zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyunda qabul qilingan “Bayram
kunlari haqida”gi qonuniga va 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan O„zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasiga muvofiq quyidagi kunlar bayram –
dam olish kunlari deb belgilandi.
1994-yil 16-iyundagi “O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasini
muomalaga kiritish to„g„risida”gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta – so„m muomalaga
kitirildi 1997-yilda 200, 1999-yilda 500, 2001-yilda 1000 so„mlik qog„oz
pullari ham muomalaga kiritildi 1 so'm kursi 1000 so'm-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi
O‟zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o‘xshab ketadi.
Nemislarga o‘xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o‘tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul
islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati
1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.
Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida
O‗zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‗zagidir.
Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan
umuminsoniylik yo‗nalishlari uyg‗unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o‗z
aksini topdi. ―Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - avval-iqtisod,
keyin siyosat degan shiorni olg‗a surdik‖2
. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi
zarur.
Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va
o‗zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat
o‗z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o‗z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning
ustuvorligi ta‘minlanadi. Aynan O‗zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda
qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning
mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.
To‗rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan
ko‗prog‗ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta‘minlangan oilalarni, bolalarni,
nafaqaho‗rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an‘analari, urf-odatlari hamda bozor
iqtisodiyotining ob‘ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok
terapiyasi» asosida emas, balki evolyusion tadrijiy asosda, puhta o‗ylab bosqichmabosqich o‗tish nazarda tutiladi.3
O‘zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning uchta
bosqichini bosib o‘tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida
(1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishningmuhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o‘n to‘rtiinchi sessiyasida
«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, uchinchisi,
ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida «O‘zbekistonda
demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan ma‘ruzalarida
ko‘rsatib berildi.
2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan e‘lon qilingan
―Harakatlar strategiyasi‖
1990-yil 24-martida respublika Oliy
Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib, O'zbekiston
Prezidenti lavozimini ta'sis etgan edi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda
ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston
SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish
to'g'risida» qonun qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat
yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida
o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi.
1992 yil 2 iyulda «O‗zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‗g‗risida»gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabrda
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I-qismi tasdiqlandi. 1996 yil 29 avgustda
fuqarolik kodeksining 2-qismi tasdiqlandi. O‗zbekiston qonunlariga ko‗ra
fuqarolarning asosiy huquqlariga: 1) SHaxsiy huquq va erkinliklar, 2) Siyosiy
huquqlar, 3) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 4) Kafolatlar, 5) Fuqarolik burchlarini o‗z
ichiga qamrab oladi. 1948 yil 10 dekabrda «Inson huquqlari Umumjahon
Deklaratsiyasi» qabul qilindi. 1996 yil 19 dekabrda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Pakt qabul qilindi. 1966 yil 19 dekabrda «Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Pakt» qabul qilindi 1997 yil Inson manfaatlari yili deb
e‘lon qilindi.
2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi ―Yoshlarga
oid davlat siyosati to‘g‘risida‖gi qonun yoshlarning huquq va erkinliklarini
ta‘minlash hamda amalga oshirishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O„zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ―O‗zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida‖ asari 1995 yilda chop etilgan, 269
betdan iborat bo‗lib, asar 2 qismdan tashkil topgan:
O„zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo„nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi
farmonining mazmun va mohiyati.
.2017-yil 7-fevralda 2017-2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‟nalishi bo‟yicha HARAKATLAR
STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yo‗nalish belgilandi:
1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari.
2, Qonun ustuvorligini ta‟minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo‟nalishlari.
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‟nalishlari
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‟nalishlari
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‟rikenglikni ta‟minlash
hamda chuqur o‟ylangan, o‟zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo‟nalishlaridir. HARAKATLAR STRATEGIYASIda iqtisodiy
masalalari alohida o„rin egallagan.
2019 yil yakunlariga ko‗ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‗sish sur‘ati 5,4
foiz belgilangan prognoz ko‗rsatkichi o‗rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda
erishilgan 5,1 foiz ko‗rsatkichidan yuqori bo‗ldi.]
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu- qurlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident
Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan
yaxshilash imko- nini berdi.1994-yil 29-martda tasdiqlagan Davlat Dasturig
Korxonani tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-
noyabrda «Selxozmash» konsemi va «DEU korporeyshn» korporatsiyasi bilan hamkorlikda
avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasini tashkil qilish to‘g‘risida
maxsus qaror qabul qildi.1993-
yilning mart oyida «O‘zDEUavto» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, Andijon viloyatining Asaka
shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoat
qurilishining boshlanishi bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solind
1996-yil 19-iyulda ushbu qo‘shma korxonaning ishga tushurilishiga bag‘ishlangan tantanali
yig‘ilish bo‘ldi. Unda nutq so‘zlar ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida
bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa
«Neksiya» ishlab chiqargan «O‘zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo‘lish
bilan birga O‘zbekistonning eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirish uchun qo‘ygan dadil qadam»
ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko‘plami hayratga solib havaslantirayotgan «Tiko», «Damas»,
«Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng
ilg‘or, jahon andozalariga to‘la javob beradigan avtomobillar bilan ta’minladi.
2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan ―Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun
qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida‖gi qarori sohani yanada
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida
jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning
loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga
(huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
(ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni
ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiyligi belgilanga
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziѐevning joriy yil 2 fevraldagi
«Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul
qilingan ―Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun keng jamoatchilik
tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi.
Prezident Shavkat Mirziѐev 2019 yil 27-may kuni O‘zbekistonda korruptsiyaga
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va etakchi
ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda
kapital qurilish va oliy ta‟lim sohalarida “Korruptsiyasiz soha” loyihasi amalga
oshiriladi. 2020-yil 1-apreldan boshlab loyiha boshqa sohalarga ham bosqichmabosqich joriy etiladi.
2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining ―Korruptsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida‖gi qonuni kuchga kirgani korruptsiyaga barham berish uchun
barcha asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta‘minlanishi
uchun 2017-yil 2-fevralda davlatimiz rahbarining "Korruptsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug`
bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning ―Xazoyinul - maoniy‖ majmuasining
o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan qo`lyozma
nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi.
Mamlakat ma‘naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994 yil 23 aprelda qabul
qilingan «Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to‘g‘risidagi
Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu yili 8 iyunda esa Vazirlar
Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini ta‘minlashga qaratilgan maxsus qaror
qabul qildi.
1996-yil sentabrda qabul qilingan «Ma‘naviyat
va ma‘rifat» jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining farmoni asosida shu yil yanvarda
Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros»
xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi.
1996-yil 27-sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining «Oltin meros»
xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Qaroriga binoan mazkur
jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.
Mustaqillik yillarida buyuk soxibkiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi.
YuNESKO tomonidan 1996 yil «Amir Temur yili», deb e‘lon qilindi. Shu yili
YuNESKOning Parijdagi qarorgohida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va
maorifning gullab-yashnashi» mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma
ochildi. Mamlakatimizda «Temur va temuriylar» muzeyi, Amir Temur nomi berilgan
bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi
10
.
1996 yil 28 avgustda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan
Shahrisabz shahri ―Amir Temur‖ ordeni bilan mukofotlandi. 1996 yil 18 oktyabrda
Toshkentda Amir Temur haykali va muzeyi, Shahrisabzda esa Amir Temur haykali
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
1. 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
2. 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
3. 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
4. 1994 yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
5. 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
6. 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;
7. 1998 yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
8. 1999 yil – ―Alpomish‖ dostoni yaratilganligining 1000 yilligi;
9. 2000 yil – Burxoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi;
10. 2000 yil – Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi;
11. 2001 yil – ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilligi;
12. 2002 yil-Termiz shahrining 2500 yilligi;
13. 2005 yil-Ma‘mun akademiyasining 1000 yilligi;
14. 2006 yil-Qarshi shahrining 2700 yilligi;
15. 2007 yil-Samarqand shahrining 2750 yilligi;
16. 2007 yil-Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi;
17. 2009 yil-Toshkent shahrining 2200 yilligi
.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud azZamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin
Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari
nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga
bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga,
«Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar,
bahslar tashkil etildi.
Ma‘naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga
bagishlab, Qur‘oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome‘ as-sahiyh»
(Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima
kilinib, nashrdan chiqarildi.
1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy
tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar
munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy
ko‘rgazmalar ochildi. 1999 yil 17 dekabr kuni
Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18
dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Eusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24
oktyabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi.
1991 — "Alisher Navoiy" yili
1992 — "Hamshiralar" yili
1993 — "Ahmad Yassaviy" yili
1994 — "Mirzo Ulug‘bek" yili
1995 — "Ibn Sino" yili
1996 - yil "Amir Temur" yili
1997 - yil "Inson Manfaatlari" yili
1998 - yil "Oila" yili
1999 - yil "Ayollar" yili
2000 - yil "Sog‘lom avlod" yili
2001 - yil "Onalar va bolalar" yili
2002 - yil "Qariyalarni qadrlash" yili
2003 - yil "Obod mahalla" yili
2004 - yil "Mehr-muruvvat" yili
2005 - yil "Sihat-salomatlik " yili
2006 - yil "Homiylar va shifokorlar" yili
2007 - yil "Ijtimoiy himoya" yili
2008 - yil "Yoshlar" yili
2009 - yil "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi" yili
2010 - yil "Barkamol avlod" yili
2011 - yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik" yili
2012 - yil "Mustahkam oila" yili
2013 - yil "Obod turmush" yili
2014 - yil "Sog'lom bola" yili
2015 - yil "Keksalarni e'zozlash" yili
2016 - yil "Sog'lom ona va bola" yili
2017 -yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari" yil
Do'stlaringiz bilan baham: |