Ilmiy maqola, tezislar va ma`ruzalar tayyorlash
Talabaga biron bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referat) xarakterda maqola, tezis yoki ma`ruza tayyorlash topshirilta`lim mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo’shimchalar, izohlar kiritadi, o’z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma`ruza kafedrada himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash
Bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilta`lim mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo’lta`lim kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab,unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Magistrant mustaqil ta’limini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Berilgan mavzular bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni konspektlashtirish.
2. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.
3. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin.
4. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.
5. Faol o‘qitish metodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Talabalar tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo‘yicha tayyorlangan faol o‘qitish metodlarini (o‘yinli texnologiyalar, munozara, seminar va v.b.) qo‘llagan dars mashg‘ulotlari.
6. Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |