Proeksiyalash usullari
Proektsiyalar usulida tasvirlar yasash, chizma geometriyaning asosiy metodidir. Fazodagi narsalarning ayrim nuqtalaridan o`tkazilgan proektsiyalovchi to`g`ri chiziqlar (nurlar) yordamida tekislikka tushirilgan tasviri fazodagi narsaning proektsiyasi deyiladi.
Chizma geometriyada ikki хil proektsiyalar metodi mavjud:
а) markaziy proektsiyalar metodi;
b) parallel proektsiyalar metodi.
Markaziy proektsiyalashning asosiy mohiyati shundan iboratki, bunda proektsiya markazi deb ataluvchi qo`zg`almas nuqta beriladi va hamma proektsiyalash nurlari shu qo`zg`almas nuqtadan o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |