Muhandislik texnologiyasi fakulteti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi



Download 1,15 Mb.
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#653505
  1   2
Bog'liq
MAXSAR MOYI MESSELLASI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
MUHANDISLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
 
"O’SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI" FANIDAN
 
KURS LOYIHASI
Mavzu:_MAXSAR MOYI MISSELASINI 3 BOSQICHLI ‘MEZ’ EKSTRAKTSION LINIYADA DISTILLYATSIYALASH TEXNOLOGIK LINIYASINI LOYIHALASHNING
TAQDIMOT SLAYDI 167-18 GURUH TALABASI IBRAGIMOV QUVONCHBEK
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, respublikamiz iqtisodiyoti yiliga 8% dan yuqoriroq koʼrsatgich bilan rivojlanib kelmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanib, sifat va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish koʼpaymoqda va import hajmi kamayishi kuzatilmoqda. Oʼz navbatida “mahsulot raqobatdoshligini taʼminlash uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash boʼyicha katta va kichik loyihalarni izlash, buning uchun zarur mablagʼ va manbalarni topish – bu har bir korxona rahbari va muhandis-texnik xodimlarining birinchi navbatdagi eng muhim vazifasi va majburiyati boʼlmogʼi kerak” [1].
Mavzuning dolzarbligi: Maxsar — Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurgʼoqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urugʼidan 25-32% yarim quriydigan, och sariq moy olinadi. Sifatiga koʼra kungaboqar moyidan qolishmaydi. Maxsarning pistalarini qayta ishlash natijasida hosil boʼlgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa boʼladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 ozuqa birligi, 7-8 % yogʼ saqlanadi. Unidan oʼgʼit sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urugʼlari parrandalar uchun yaxshi oziqa. Unumdorligi yuqori, nam bilan taʼminlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Kurs loyihani yozishda, tayyorlashda maxsar o’simligini urug`i va undan yog` olish texnologik jarayonidagi misselasini distillyatsiyalash ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Ekstraksiyalsh va distillyatsiyalash jarayonlarini mukammal o’rganib, o’zlashtirib natijalaridan ishimizda foydalandik.
Bundan tashqari maxsar to’g’risida va soya moyi misselasini distillyatsiyalash to`g`risida yozilgan ilmiy-amaliy maqolalardan, uslubiy qo’llanmalardan, darsliklardan va internet materiallaridan keng foydalandik.
Yaqin paytlargacha mistsellani tozalash romli yoki patronli filtrlarda olib borilardi. Bu filtrlarni tez-tez tozalash lozim bo'lganligi uchun, ekstraksion sexda uskuna ochilgan paytda ko'p miqdorda benzin bug'lari uchib chiqib, yong'inga nisbatan anchagina xavfli vaziyat paydo bo'lardi. Hozirgi paytda deyarli barcha ekstraksion sexlarda mistsellani barabanli yoki diskli fitrlar yordamida tozalash joriy etilgan. Bu yo'l bilan filtrlash quyidagi sxema asosida olib boriladi. Loyqa mistsella 0,2 MPa bosim ostida nasos bilan taqsimlagich (6) ga uzatiladi va undan filtr mato bilan qoplangan diskli filtr (5) ning tashqi yuzasiga beriladi. Bu disklar (jami 7 ta) kollektor (3) ga mahkamlangan. Наг bir disk o'zaro bir-biri bilan qisilgan, ilgak va kegay yordamida mahkamlangan o'nta filtrlash sektoridan tashkil topgan. Kerak bo'lganda, istalgan sektor filtrdan ajratib olinishi mumkin.
Rotatsion diskli filtr (71-rasm) - tarkibida 1,0% cha qattiq zarrachalari bo’lgan mistsellani filtrlash uchun qo’llaniladigan uzluksiz qurilmasi. Filtrning 6 gorizontal silindrsimon korpusi 1 staninaga mahkamlangan. Korpusning ichida ichi bo’sh 7 o’q va tozalangan mistsella uchun 9 kollektor o’rnatilgan. Qo’zg’almaydigan kollektorning ichida ettita 13 filtrlash disklari joylashtirilgan. Disklar filtrlash mato bilan qoplangan va bir biriga mahkamlangan o’nta sektordan iborat. Staninaga payvandlangan korpus tublaridan 15 o’q o’tadi. Tozalanmagan mistsella 12 patrubka orqali kiradi. Filtrlangan mistsella 14 va 2 patrubkalardan chiqariladi. Korpusda 18 quyqani (shlam) chiqarish uchun, 8 vakuum va 3 havo tizimiga ulanish patrubkalari, monovakuummetr va 19 extiyot klapani mavjud. Tozalangan mistsella chiqayotgan joyda filtr 4 nazorat fonar bilan jihozlangan. Disklar orasida cho’kma yig’ilmasligi uchun korpusning ustidan sakkizta 11 yuvish moslamasi o’rnatilgan. Ular orqali filtr korpusiga 10 taqsimlovchi kollektordan mistsella yuboriladi. Filtr ikkita 20 nazorat oynasi va 21 qopqoqli lyuklar bilan jihozlangan. Filtr o’qi 17 uzatma yordamida aylanadi. Harorati 50...600C bo’lgan mistsella 12 va 14 patrubkalardan 0,2 MPa bosim bilan filtrga keladi, filtrlash disklardan va kollektor teshiklaridan o’tib o’qning ichiga kelib tushadi. U erdan mistsella nazorat fonarga keladi va 2 patrubka orqali filtrdan chiqib ketadi. Disklar sirtida yig’ilib qolgan zarrachalar filtrga keladigan mistsella bilan yuviladi. Filtrlash vaqtida disklar harakatlanmaydi. Disklar sirti quyqa bilan to’lganda filtr ichidagi mistsella miqdori 70...75 % qoldirilib so’ng elektrodvigatel qushiladi, o’q bilan disklar aylanadi va filtr segmentlari yuviladi. Filtrda yig’ilgan quyqalar (shlam) 18 patrubka orqali chiqariladi va ekstraktorga yuboriladi. Filtrlash jarayonida hosil bo’lgan erituvchi bug’lari havo bilan birga 3 patrubka orqali deflegmatsiyaga yuboriladi. Mistsellani qayta ishlash liniyasida bir necha filtrlash qurilmalari, shuningdek rezerv (zahira) filtr joylashtiriladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish