Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari


Nur chiqarish orqali issiqlik almashishi



Download 182,81 Kb.
bet6/10
Sana14.06.2023
Hajmi182,81 Kb.
#951071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdug`aniyeva Mohira hisobot

Nur chiqarish orqali issiqlik almashishi. Harorati abso­lyut noldan yuqori bo’lgan jismlar nur orqali o’zaro energiya almashishi mumkin. Bunday energiyaning almashinishi oqibatida harorati past bo’lgan jism harorati yuqori bo’lgan jismdan qo’shimcha energiya (issiqlik) oladi. Harorati yuqori bo’lgan jismdan harorati past bo’lgan jismga o’tgan issiqlik miqdori energetik balans orqali aniqlanadi. Masalan, yuzalari , va ga teng bo’lgan o’zaro parallel joylashgan tekis jis­mlar o’rtasidagi nurlanish orqali o’tgan issiqlik miqdori quyidagicha topiladi:

bu yerda, birinchi jismdan ikkinchi jismga nurlanish orqali berilgan issiqlik miqdori; - jismning nur chiqarayotgan yuzasi; - jismlar tizimining keltirilgan nur chiqarish koeffitsienti.
Qattiq jism va suyuqliklar nur energiyasining hamma to’lqin uzunligi intervalida nurni yutishi va chiqarishi mum­kin, gazlar esa nur energiyasining faqat ayrim to’lqin uzunliklarini yutish va chiqarish hususiyatlariga ega; Gazlar nurni butun hajmi bo’yicha yutishi yoki chiqarishi mumkin, shu sababli nurlanish jarayoni gaz qatlamining qalinligi va gaz aralashmasi tarkibidagi nur chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan gazning miqdoriga bog`liqdir.
Gazning nurlanish issiqligini quyidagi tenglama orqali topish mumkin:
(25)
bu yerda, -gazning nisbiy nur chiqarish koeffitsienti; - gazning absolyut harorati. Gazlarning nisbiy nur chiqarish koeffitsientlari qiymati maxsus adabiyotlarda keltiriladi.
Issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi
Issiqlik almashinish jarayonlarida issiqlik bir muhitdan ikkinchisiga o’tadi. Ko’pincha issiqlik tashuvchi agentlar bir-biridan devor orqali (qurilma yoki quvurning devori va hokazo) ajratilgan bo’ladi. Harorati yuqori bo’lgan muhitdan harorati past bo’lgan muhitga biror devor orqali issiqlikning berilishi issiqlikning o’tishi deb ataladi. Bunda berilgan is­siqlikning miqdori Q issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi:
(1)
bu yerda, K — issiqlik o’tkazish koeffitsienti; — issiq va sovuq muhit haroratlarining o’rtacha farqi; F muhitlarni ajratuvchi devor yuzasi; — jarayonning davomiyligi. Uzluksiz ishlaydigan turg`un jarayonlar uchun (1) tenglamadan hisobga olinmaydi. U holda,
(2)
K ning qiymatini topish uchun issiq muhitdan sovuq muhitga tekis devor orqali issiqlikning o’tish jarayonini ko’rib chiqamiz (1-rasm).
Turg`un jarayonlar uchun birinchi muhit markazidan devorga berilgan, devordan o’tgan va devordan ikkinchi muhit markaziga berilgan issiqlikning miqdori o’zaro teng, ya’ni:


(3)

1-rasm. Issiq muhitdan sovuq muhitga tekis devor orqali issiqlik o’tish jarayonining sxemasi.

bu erda, harorati yuqori muhitdagi issiqlik berish koeffitsienti; issiq muhit markazidagi harorat; — devor yuzasining issiqlik muhiti tomonidagi harorat; — devor materialining issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti; devorning qalinligi;


— devor yuzasining sovuq muhit tomonidagi harorati; harorat past muhitdagi issiqlik berish koeffitsienti; sovuq muhit markazidagi harorat.


(3) ifodalardan quyidagilarni olish mumkin:
(4)
(4) tenglamalarning chap va o’ng tomonlarini o’zaro qo’shamiz:
(5)


Yoki
(6)
(2) va (6) tenglamalarni o’zaro solishtirish natijasida tekis devor uchun quyidagi ifodalarni olish mumkin:
(7)
yoki
(8)
Issiqlik o’tkazish koeffitsientiga teskari bo’lgan qiymat issiqlik utishining termik qarshiligi deb yuritiladi. va qiymatlar issiqlik berishning termik qarshiliklarini,
esa devorning termik qarshiligini ifodalaydi. Issiqlik o’tkazish koeffitsienti quyidagi o’lchov birligiga ega:

Shunday qilib, issiqlik o’tkazish koeffitsienti K harorati yuqori bo’lgan muhitdan harorati past bo’lgan muhitga vaqt birligi ichida ajratuvchi devorning 1 m2 yuzasidan muhitlar haroratlari farqi 1 gradus bo’lganda o’tkazilgan issiqlikning miqdorini bildiradi.


Ko’p qatlamli devordan issiqlik o’tish jarayonida har bir qatlamning termik qarshiliklari hisobga olinadi. Bu holda A" ning qiymati quyidagi tenglama bilan topiladi:
(9)

bu yerda, i — qatlamning tartib soni; n qatlamlar soni.


Kimyoviy texnologiyada ko’pincha issiqlik quvur yuzasi orqali o’tadi. Silindrsimon yuzadan issiqlik o’tishining sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan. Quvur ichida harorati bo’lgan issiq muhit bo’lib, undan issiqlik quvurning ichki yuzasiga beriladi ( ). Quvur tashqarisida harorati bo’lgan sovuq muhit bor. Quvur tashqi yuzasidan sovuq muhitga issiqlikning berilishi . bilan ifodalanadi. Quvurning balandligi L, ichki radiusini , tashqi radiusini esa . bilan belgilaymiz. Silindrsimon yuzadan o’tkazilgan issiqlik miqdori quyidagi tenglama orqali topiladi:
(10)
ning qiymati esa ushbu tenglama bilan hisoblanadi:
(11)
issiqlik o’tkazishning chiziqli koeffitsienti deb ataladi. Agar K ning qiymati yuza birligiga nisbatan olinsa, ning qiymati quvur uzunligining birligiga nisbatan olinadi. Shu sababli o’lchov birligiga ega.
Qalin devorli silindrsimon yuzalarni, jumladan, katta qalinlikdagi izolyatsiya qatlami bilan qoplangan quvurlarni hisoblashdagina (10) va (11) tenglamalardan foydalaniladi. Yupqa devorli quvurlarni hisoblashda esa (1) va (2) tenglamalardan foydalanish mumkin.



Download 182,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish