Muhandislik grafikasi fanidan ko‘pyoqliklarni proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesish va yoyilmasini yasashni kompas 3d dasturida bajarish



Download 1,23 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#815747
Bog'liq
4-shuba. Jo\'rayev Q


MUHANDISLIK GRAFIKASI FANIDAN KO‘PYOQLIKLARNI PROYEKSIYALOVCHI TEKISLIKLAR BILAN KESISH VA YOYILMASINI YASASHNI KOMPAS 3D DASTURIDA BAJARISH
O‘qituvchi: Q.Ch.Jo‘rayev
Termiz muhandislik – texnologiya instituti


Kalit so’zlar: Kompas 3D, ko’pyoqlar, proyeksiyolovchi tekislik, piramida yoyilmasi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Ko'pyoqlik – fazoviy geometrik shaklga ega bo'Iib, hamma tomondan ko'pburchaklar, ya’ni yoqlar bilan chegaralangan bo'ladi. Hayotda eng ko'p qo'llaniladigan ko'pyoqliklardan piramida va prizmadir. Qirraning bir uchini S nuqtada qoldirib, ikkinchi uchini yopiq siniq chiziq bo'yicha yo'naltirsa piramida hosil bo'ladi.

1-rasm. Piramida hosil qilish
Endi piramida balandligiga perpendikular holatda kesuvchi P tekislik o'tkazilsa, barcha qirralarni kesib o'tib, piramidaning asosini hosil qiladi.
Muntazam piramidani proyeksiyalovchi tekislik bilan kesish. Muntazam piramidani proyeksiyalovchi P tekislik bilan kesish hamda kesim yuzasi va uning haqiqiy kattaligini topish talab qilinsin. Unda asosi kvadratdan iborat gorizontal tekislik ustida turgan piramida va uni frontal proyeksiyalovchi P tekislik izlari (PV, PH) bilan berilgan (2-rasm).Kesuvchi tekislikning PV izi, piramidaning qirralarini А", В", C" va D" nuqtalarda kesib o'tayapti, ularning gorizontal (A', В ' , C', D') va profil А"', В'", C " , D'".

2-rasm. Muntazam piramidani proyeksiyalovchi tekislik bilan kesish
proyeksiyalari topilib tutashtirilsa, kesilgan yuzaning mos proyeksiyalari hosil bo'ladi.
Endi kesim yuzaning haqiqiy kattaligini yasash uchun prizm adagidek P tekislikni gorizontal tekislik bilan jipslashtirib haqiqiy kattaligi hosil qilinadi, bu­ning uchun PV izini aylantirib, А", В", C", D" nuqtalar bilan OX o'qigacha tushiriladi, ular vertikal chiziqlar bilan pastga proyeksiyalanadi, mos А' B’ С' D' nuqtalardan chiqarilgan chiziqlar bilan kesishib kesim yuzaning haqiqiy kattaligi (A0, C0, B0, D0) hosil bo'ladi.

K esilgan piramidaning yoyilmasi 2-rasmda ko'rsatilganidek bajariladi. Ixtiyoriy S0 nuqtadan to'g'ri chiziq o'tkazilib bitta qirra S" 1'' haqiqiy kattaligida S0 markaz bo'yicha yoy chiziladi, unga gorizontal proyeksiyadagi 1' 2', 2' 3' va h.k. masofalar o'lchab qo'yiladi va Sa nuqta bilan tutashtiriladi. Ularga kesilgan piramida qirralarining haqiqiy kattaligi I" A", 3" B", 2"' C" va 4"' D'"lar o'lchab qo'yilib, Aq, Cn, Ba, D0 nuqtalar topiladi.


3-rasm. Piramidaning yoyilmasi
Keyin A0, C0, B0, D0 nuqtalar tutashtiriladi, ularga mos holda asos ham chizilib, kesilgan yuza ham chiziladi, shunda kesilgan piramidaning to'liq yoyilmasi hosil bo'ladi.[1]
Endi esa yuqorida ko’rib chiqqan piramida mizni Kompas 3D dasturi yordamida chizib olamiz. Buning uchun biz Kompas 3D 18.1 versiyadan foydalandik. Siz esa o’zingizda mavjud versiyasidan foydalanishingiz mumkin. Kompas dasturiga kirib undagi «Листовая детал» bo’limiga kiramiz va piramidamizning asosini chizish uchun tekislik tanlaymiz. Piramida asosi kvadrat bo’lib uning o’lchamlarini kiritib olamiz va Листовое тело buyrug’idan foydalanib unga qalinlik beramiz(4-rasm). Qalinlikni iloji boricha yupqaroq berishga harakat qiling shunda piramida yoyilmasi shuncha aniqroq chiqadi.

4-rasm. Piramidaning asos qismi
Keyin esa yaratgan asos qismining xar bitta tomoniga «Сгиб» buyrug’i yordamida piramidaning yon tomonlarini hosil qilib olamiz. Agar piramidamizning asosining tomonlarini 60mm deb olsak u holda «Сгиб» buyrug’i o’lchamlarini 5-rasmdagidek kiritsak maqsadga muvofiq bo’ladi.



5-rasm. «Сгиб» buyrug’I o’lchamlari kiritish oynasi


Quyidagilarni amalga oshirib bo’lganimizdan keyin piramidamizning ko’rinishi taxminan shunday bo’ladi(6-rasm).

6-rasm. Piramida 3D ko’rinishi.
Piramida 3D modeli tayyor bo’lganidan so’ng uni kesuvchi tekislik bilan kesib olamiz. Kesuvchi tekislik piramida asosi bilan ma’lum qiyalikda gradus o’lchamini kiritgan xolda yordamchi tekislik xosil qilib chizib olamiz va ushbu buyruq yordamida uni kesib olamiz.

7-rasm. Piramidaning kesilgan xolatini yon tomondan ko’rinishi
Mana piramidani kesib xam oldik. Endi uning yoyilmasini xosil qilish uchun piramida qaysi tomonida yoyilma xosil bo’lishini belgilashimiz kerak bo’ladi. Buning uchun dasturning развернуть buyrug’idan foydalanib piramida tomonini belgilaymiz va ekranda piramidaning yoyilmasini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

8-rasm. Kompas 3D dasturida yasalgan piramida yoyilmasi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki yuqorida bajarilgan ishlar eski usulda bajarilgan qog’oz qalam va chizmachilik qurollarini ta’lab etmaydi va vaqt jihatidan xozirgi zamonamizda eng qimmat xisoblanmish vaqtni tejaydi. Kompas 3D dasturni yaxshi o’rgangan foydalanuvchilar uchun bu taxminan 20 daqiqani oladi. Yuqorida ko’rib chiqqanimiz kichkina bir parcha bo’lib bundanda qiyin va murakkab chizmachilik masalalarida ushbu dasturga tayanishimiz mumkin. Bu usul bilan biz vaqtni tejash bilan birga yuqori darajadagi aniqlikka xam ega bo;lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Qulnazarov В.В.К81 Chizma geometriya : Bakalavriat ta'lim yo’nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma / — Т.: O’zbekiston nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2006. — 144 b .

  2. http://kompas-uroki.ru/kompas-3d/kak-postroit-razvertku-v-kompas

  3. https://kompas.ru/source/info_materials/user-manuals/rukovodstvo-polzovatelya-oborudovanie-razvyortki.pdf

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish