ohaktoshlar
deyilib, gil miqdori 6-20% bo’lsa -
mergelli ohaktosh
, gil miqdori
20% dan ko’p bo’lsa –
mergellar
deb ataladi. Mergel suvda turg’un emas,
47
sovuqqa bardosh bermaydi, shu sababli tosh o’rnida ishlatib bo’lmaydi, biroq
sement ishlab chiqarishda bahosi yo’q xom ashyo hisoblanadi. Ohaktoshlar
tarkibida gillarni juda oz miqdorda bo’lishi ham (3...4%), ularning suvda
turg’unligini va sovuqbardoshligini kamaytiradi. Qurilish xossalari sifatini
kamaytiruvchi yana bir mineral - bu
piritdir - FeS
2
.
Tarkibida qumtuproq bo’lgan ohaktoshlar, boshqa xillariga qaraganda
mustahkam va turg’unroqdir.
Tarkibida dolomit aralashgan ohaktoshlar,
dolomitlashgan ohaktoshlar
deb ataladi.
Zich ohaktoshlar
- Ularning zichligi 1800 kg/m
3
dan katta bo’lib,
zichlangan mayda kal’tsit donachalaridan tashkil topgan bo’ladi yoki tabiiy
sementlar (ohakli, ohak-qumli) bilan zichlashgan bo’ladi.
Qurilishda bunday ohaktoshlar - tosh ko’rinishida, isitilmaydigan
binolarda, devor urishda, poydevor toshi o’rnida, janubiy hududlardagi turar joy
binolarining devorlarini qurishda, devorga qoplash uchun ishlatiladigan plitalar
yoki bezakbop detallar ko’rinishida, soqol, karniz, zinapoyalarda, shuningdek
betonga ishlatiladigan to’ldirgich o’rnida, yo’llar poyi uchun material;
portlandtsement, ohaq ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Chig’anoqtoshli ohaktoshlar
- dengizda yashagan mollyuskalarning
chig’anoqlaridan hosil bo’lgan g’ovak tuzilishli, zichligi va mustahkamligi past
bo’lgan jinsdir.
Ulardan qurilishda devorga ishlatiladigan tosh o’rnida, devorlarni ustidan
qoplanadigan material ko’rinishida, shuningdek, yengil betonga to’ldirgich
sifatida ishlatiladi.
Ohakli tuflar
- kimyoviy yo’llar bilan hosil bo’lgan serg’ovak
ohaktoshlardir. G’ovakli tuzilishiga ega bo’lishligiga qaramasdan ohakli tuflar
yetarlicha sovuqqa chidamlikka ega, chunki ulardagi mayda yopiq g’ovaklar kam
suv shimishni ta’minlaydi. Ohakli tuflarning o’zga ko’rinishidan biri -
travertin
tog’ jinsi bo’lib, mayda zich zarralardan tuzilgan mustahkam (siqilishga
48
mustahkamligi 80 MPa) jins, qurilishda binolarni sirtlarini qoplash uchun
ishlatiladi.
Dolomit
- kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan, dolomit minerallaridan
tuzilgan jins. Xossalari jihatidan zich ohaktoshlarga yaqin turadi, ohaktoshlar qay
maqsadlarda ishlatilsa, dolomitlar ham ana shu maqsadlarda ishlatiladi,
shuningdek ulardan o’tga chidamli va issiqdan himoya qiladigan material
tayyorlanadi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |