Muhandislik geologik tadqiqotlar



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/204
Sana26.04.2023
Hajmi6,17 Mb.
#932255
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204
Bog'liq
-qullanma (1)

o’tkir zaharlanish
deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilishi natijasida yuz 
bersa 
suruikali zaharlanish
deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga 
olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib 
chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimning ortiq yoki kam 
bo’lishi natijasida kesson yoki tog’ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang 
ta’siridan pnevmokonioz kasaligi, yallig’lanish va zaharli moddalar ta’siridan 
dermatit va yazva kasalliklari kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari bizning jamiyatimizda
toqat qilib bo’lmaydigan hol hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni 
sanoat korxonasida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash 
kerak.


273 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday 
baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va 
hisobga olish umumiy o’rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo’lga 
qo’yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, 
ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash bunday baxtsiz hodisa va kasb 
kasalliklarining qaytarilmasligi uchun chora-tadbirlar ko’rish imkoniyatini 
yaratadi.
36.2.Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb
kasalliklarini tekshirish va hisobga olish 
O’lim bilan tugagan, og’ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga
uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig’i, 
xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat inspektori tarkibida tuzilgan komissiya 
tomonidan tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin ish 
joyida, zavod territoriyasida va ma’muriyatning topshirig’iga asosan zavod 
territoriyasidan chetda yuz bergan bo’lishidan qat’iy nazar tekshirilishi lozim.
O’tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba’zi qismlarining muzlashi baxtsiz 
Hodisa sifatidatekshiriladi.
Bir kundan kam bo’lmagan ish kunini yo’qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat 
davomida tekshirilib, maxsus forma bo’yicha (N-I) 4 nusxadan akt tuziladi.
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborot tashqari,
aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar 
qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko’rilganligi haqida axborot beriladi.
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex
boshlig’iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda 
ko’rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi 
nusxasi kasaba uyushmasi, komitetiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining 
texnik inspektoriga va to’rtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo’limiga nazorat 
o’rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning 


274 
tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik 
ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanish kerak.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma’muriyati yo’l 
qo’yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon 
qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz Hodisaning kelib chiqishiga 
aybdor bo’lgan kishilarning javobgarligi aniqlanib, ta’kidlanadi.
Baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchrasa
va og’ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan 
o’tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni mahsus komissiyalar tomonidan 
tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik inspektori, yuqori 
xo’jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy 
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday holatlarda tekshirish tezda o’tkazilishi kerak, ya’ni tekshirish
materiallari 7 kun ichida tayyor bo’lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani ko’rgan 
guvohlarning ko’rsatmalari, medekspert xulosasi, baxtsiz Hodisa yuz bergan 
joyning, hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron-bir ob’ekt zararlangan bo’lsa, 
ularning foto surat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa 
materiallar qo’shib yuboriladi. Aktga shuningdek baxtsiz hodisaga javobgar 
bo’lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo’yiladi.
Og’ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o’lim bilan tugugan baxtsiz
hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi komitetida va yuqori xo’jalik 
tashkilotlari kasaba uyushmalari komitetida va yuqori xo’jalik tashkilotlari kasaba 
uyushmalari komitetlarida tahlil qilish va ko’rib chiqilishi kerak. So’ngra 
bildirilgan fikr mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro’y 
bermaslik uchun umumiy chora tadbirlar kompleksi ishlab chiqilish va uni qaror 
bilan tasdiqlanishi zarur.
O’zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasaliklari oldini
olish uchun kerakli qonuniyat va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash,
shuningdek kasb kasalliklari vujudga kelganda ularni hisobga olish va tekshirish 
ishlari O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga 


275 
topshirilgan kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbari 
yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta’minlovchi chora-
tadbirlar kompleksi tavsiya etiladi va uning boshqa nusxasi Respublika sog’liqni 
saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz hodisaga uchragan kishini hisobga olinib, unga ma’lum davolanish 
kursi belgilanadi. Agar zarur bo’lsa kasb kasaligiga uchragan kishini mehnat 
ekspert vrachlar komissiyasi (VTEK)ga yuboriladi va unda uning kasb 
kasalligining oqibati natijasida nogironlik gruxi aniqlanadi va shunga yarasha 
ma’lum moddiy ta’minlanish miqdori belgilanadi.

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish