Muhandislik geologik tadqiqotlar



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/204
Sana14.12.2022
Hajmi6,17 Mb.
#885839
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204
Bog'liq
-qullanma




50 
9.1-jadval 
Jinslarning nomi 
Zarrachalarning ulchami, 
mm 
Yirik valunlar 
Yirik xarsang toshlar 
O’rtacha valunlar 
O’rtacha xarsang toshlar 
Mayda valunlar 
Mayda xarsang toshlar 
Yirik chaqiq tosh 
O’rtacha shag’al 
O’rtacha chaqiq tosh 
Mayda shag’al 
Mayda chaqiq tosh 
Yirik shag’al 
Yirik dresva 
O’rtacha shag’al 
O’rtacha dresva 
Mayda shag’al 
Mayda dresva 
Yirik qum 
O’rtacha qum 
Mayda qum 
Juda mayda qum 
Yirik chang 
Mayda chang 
Yirik gil 
Mayda gil 
800-400 
400-200 
200-100 
100-80 
80-40 
40-20 
20-10 
10-6 
6-2 
1-1 
1-0,5 
0,5-0,25 
0,25-0,05 
0,05-0,01 
0,01-0005 
0,005-0,001 
<0,001 
9.1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi tarkibining 50% dan ortig’ini 
tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi, masalan, qumning tarkibida 
1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa, u qum 
yirik qum
deb 
ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalar - bog’lanmagan cho’kindi tog’ 
jinslari nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay ularning muhandislik - geologik 
xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi siqilmaydi, shuning uchun ulardan inshootlarga 
poydevor qilinadi. 


51 
B. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga
gil, 
mergel (gil va kal’siy karbonat aralashmasi), qumoq tuproq, qumloq tuproq, gilli 
slanetslar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari kiradi. 
Gil
deb mayda (diametri 0,005 
mm dan kichik) tanga shaklidagi zarralardan iborat va ko’p miqdorda suv (3 dan 
60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega tuproq mineral massalari to’plamiga 
aytiladi. Gil quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi, 
boshqa jinslarga nisbatan petrofografik tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan
iborat bo’lib, unga temirning suvli oksidlari va boshqa minerallar aralashgan 
bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillarning 
kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa 
gillar bo’ladi.
Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi. 
Xalq xo’jaligida gillar juda muhim rol’ o’ynaydi. Ular ayniqsa qurilish 
ishlarida ko’p ishlatiladi: ular g’isht tayyorlashda, kanalizatsiya quvurlari, 
cherepitsa va ko’prik yo’llari uchun material sifatida ishlatiladi. Gilning tarkibida 
oz miqdorda SaSO
3
bo’lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deb ataladi. Agar SaSO
3
,
MgSO
3
tuzlari tog’ jinsi tarkibining 40-60% ni tashkil etsa qolgan qismi esa gil 
zarrachalaridan iborat bo’lsa, ular mergel’ deb ataladi. Shunday kilib, mergel’ gili 
bilan kimyoviy jinslar o’rtasida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi.
Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish zarur, 
chunki gil tarkibidagi ba’zi minerallar suv ta’sirida shishish xususiyatiga ega 
bo’ladi. 
Qumoq, qumloq tuproq tog’ jinslari ularning tarkibidagi gil 
zarrachalarining protsent miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli 
cho’kindi tog’ jinslarining klassifikatsiyasida ham ko’rish mumkin (9.2-jadval). 
Agar gilli tog’ jinsida changli zarrachalar miqdoriga nisbatan qumli zarracha ko’p 
bo’lsa, u holda tog’ jinsining nomiga changli degan so’z qo’shib yozilmaydi.
Masalan, qumoq tuproq og’ir, qumloq tuproq yengil va xokazo.

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish