Muhandislik geologik tadqiqotlar


Konstruktiv chora tadbirlar turkumiga



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/204
Sana14.12.2022
Hajmi6,17 Mb.
#885839
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204
Bog'liq
-qullanma

Konstruktiv chora tadbirlar turkumiga
tosh - materiallar ustiga yog’in - 
sochinlarni tegdirmaslikni ta’minlash, material yuzasini va shaklini silliqlash 
hisobiga tushgan suvni unda turib qolmaslik va ichiga kirmaslikni ta’minlash 
choralari kiradi.
Kimyoviy choralarga
esa tosh materiallar sirtida zich, suv
o’tkazmaydigan yuzalar hosil qilish yoki uni gidrofoblash kiradi.
Yuzalarni 
zichlashdagi usul-laridan biri flyuatlashdir. Bunda karbonatli jinslar
kremniyftorli vodorod kislota tuzlari bilan shimdiriladi.
Gidrofoblash
- deganda g’ovakli tosh materialni gidrofob (suvni itaruvchi) 
moddalar bilan shimdirish tushuniladi. Bunda tosh qoplamaning yuzasi zichligi 
ortib, nurashga yaxshi chidaydi. Toshlarni kremniy - organik suyuqliklar, polimer 
materiallar, parafin eritmalar yoki metall changlari (alyuminli, ruxli) bilan 
shimdirish yaxshi samara beradi. Tosh materiallar sirtini monomerlar bilan 
qoplab, so’ngra uni polimerlash uni uzoq muddatlarga chidamliligini oshiradi. 
14.4. Shamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar
Yer yuzida turli yo’nalish va tezlikda shamollar esib turadi. Shamolning 
tezligi 60 - 70 m/sek ga yetsa, u quyunga aylanib katta vayronagarchiliklar 
keltiradi, odamlarni halokatiga sabab bo’lishi mumkin va xalk xo’jaligiga katta 
zarar keltiradi. Shamol o’z yo’lida katta geologik ishlarni bajaradi. Shamol o’z 
yo’lida qumlarni surib ketadi. Ularni toshlarga borib uradi. Toshlar yuzi bu 
zarbalar natijasida tekislanishi, jo’yakchalar, chuqurliklar hosil bo’lishi mumkin. 
Shamolninng ishi bilan bog’liq bo’lgan har qanday jarayonlarni
eolli jarayonlar
deb yuritiladi. 
Shamolning mexanik kuchi bino va inshootlarga jiddiy ta’sir ko’rsatib,
unga to’siq bo’lib xisoblanadi. Bu shamoldan bo’ladigan yuklama deyiladi,
qurilish konstruktsiyalarining yon tomonlariga ta’sir ko’rsatadi. Baland
qurilmalar, ayniqsa zavodlarning baland tutun trubalari shamol yuklamalari 
ta’sirida doim tebranib turadi. Qurilish konstruktsiyalarini loyixalash va 
xisoblashda bu yuklamalarni xisobga olish lozimdir. Shamol o’z xarakati 


102 
davomida o’zi bilan qum, xatto shag’allarni xam uchirib ketadi. Eng katta 
buzuvchi, yemiruvchi ishlarni qum parchalari bajaradi. Ular qattiq jinslarga urilib, 
ular yuzasida turli jo’yakchalar, yo’lchalar, chuqurchalar xosil qiladi. Bu xodisa 
korroziya deb nom olgan. Cho’llarda korroziya tufayli telegraf ustunlari, simlar 
tezda yaroqsiz holga keladi, binolarning old qismi ko’rinishi buziladi. 
Deflyatsiyaning va korroziyaning birgalikdagi xarakati faqat yumshoq jinslar 
emas, qattiq jinslarni xam yemirib, turli o’lchamli parchalarga aylantiradi. Ayni
vaqtda ushbu jarayonlar rel’efning turli shakllarini yuzaga chiqaradi. Shamolning 
tezligi bilan va zarrasining katta-kichikligiga qarab qum ko’chgan holda yoki 
urilib aylanib ketishi mumkin.
Gilli changsimon va mayin qum zarralari tepaga ko’tarilib ko’chadi va 
shamolning kuchiga qarab yuzlab va xatto minglab km gacha ko’chib borishi 
mumkin.
Shamol o’z yo’lida tog’ jinslariga mexanikaviy ta’sir etishi natijasida 
undan mayda zarralarni, g’ovaklardagi nurash mahsulotlarni o’zi bilan olib chiqib 
ketadi. Bu hodisa -
deflyatsiya
deb atalib, cho’lda tog’ jinslarini batamom 
buzilishiga olib keladi. Shamol faqatgina mayda zarralarnigina uchirib keta oladi. 
Qumni esa yer ustidan bir ozgina ko’tarib, uchirib ketadi va uzoq joyga bormay 
ularni to’playdi. Shamol ta’sirida cho’llarda katta - katta qum tepaliklari, 
do’ngliklar hosil qiladi. Bular 

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish