Geomorfologiya
- yerni sathiy shakllari, tog’liklarni hosil bo’lishi davrlari
va yo’llarini o’rgatadigan fan;
Gidrogeologiya
- yer ostida to’planadigan suvlar haqidagi fan bo’lib
ularning hosil bo’lishini, harakatlanish qonuniyatini, tarkibini, qidirib topish
usullarini o’rganadi.
Muhandislik geologiyasi
- fanning vazifasi qurilish maydonining
geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi va mustahkamligini
ta’minlashdir. Muhandislik geologiyasi fani quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
Gruntshunoslik
- gruntlarning tarkibi va xossalarini o’rganadi; gruntlar
mexanikasi - gruntlar mustahkamligi va bardoshligini o’rganadi; geologik -
jarayonlarni
o’rganuvchi
maxsus
muhandislik
geologiyasi,
muhandislik
gidrogeologiyasi; muhandislik gidrodinamikasi - tabiiy geodinamik jarayonlar
(surilishlar, jarliklar, sellar, eroziya, muzli gruntlarni o’rganish) shuningdek
odamlarning ish faoliyatlari tufayli qurilishda hosil bo’ladigan jarayonlarni
o’rganadi.
Muhandislik geologiyasi rivojlanishi XIX asr oxirida boshlanib, bu vaqtda
ko’plab yirik muhandislik inshootlari qurilishi boshlangan edi. XX asrning 20 - 30
yillariga kelib, muhandislik geologiyasi maxsus ilmiy yo’nalish bo’lib shakllandi.
6
Muhandislik geologiyasi fanining rivojlanishida, murakkab tabiiy sharoitda
bo’lgan, Volxov, Dnepr, Svir, Quybishev, Kaxov elektrostantsiyalarining,
Baltika - Belomor, Volga - Don kanallari, shuningdek Moskva, Leningrad, Kiev
va Toshkent shahri tonnellarining qurilishi asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur o’quv
qo’llanmada geologik jarayonlarga muhim o’rin berilgan bo’lib, quruvchilar buni
bilishlari kerak, chunki hozirgi sharoitlarda geologik jarayonlar shaharlarda, suv
omborlari va qazilmagohli hududlarda faollashib bormoqda. Yer osti suvlari
bosgan hududlar kengaymoqda, qirg’oqlarda surilishlar, o’pirilishlar ro’y
bermoqda.
Neft va gaz sanoati yo’nalishi bo’yicha bitirgan bakalavrlar muhandislik
tarmoqlari inshootlari quriladigan maydonning geologik - litologik tuzilishini,
gruntlarning turlarini, tarkibi, fizik - mexanik xususiyatlarini bilish bilan bir
qatorda yer osti suvlari, ularning paydo bo’lishi, harakat qonuniyatlarini va ular
bilan bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar va hodisalar turlarini bilishi kerak.
Bo’lajak neft va gaz sanoati mutaxassislari qurilish maydonining geologik
sharoitlarini quriladigan inshoot mustahkamligi va chidamliliga ta’sirini taxlil qila
olishi shartdir.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |