Konlarni razvedkasi. Boshlang’ich va mufassal razvedka bo’ladi.
Boshlang’ich razvedkada quyidagi ishlarni bajarish lozim:
- foydali qazilmani yotishini geologik sharoitlarini (yotish chuqurligi, ustini
qalinligi, ya’ni foydali qatlamni qalinligi va formasi, foydali suvlarni xususiyatlari
va x.k.) belgilanadi;
- foydali qazilmani tarqalish chegaralarini aniqlash, ya’ni konni chegara-
lash, ekspluatatsiya (qazib olish) uchun eng yaroqli uchastkalarni ajratish;
- kondagi materialni zaxirasini (miqdorini) hisoblash;
- foydali qazilma materialini sifatini o’rganish;
- konni ishlatish sharoitlarini va qurilish materialini transportirovka imko-
niyatlarini aniqlashtirish.
Konni ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy taxlil
asosida belgilanadi va ustki jinslarqalinligi (N) bilan foydali qazilma qatlamini
qalinligi (h) nisbatidan aniqlandi. N/h nisbat geologik koeffitsient nomini olgan.
Bu koeffitsient qiymatini kamayishi bilan konni qimmati oshib boradi. Iqtisodiy
jihatdan 2:1 nisbat yaxshi, linzasimon konlar uchun 1:1 mumkin, agar faqat foydali
qatlam 3-5 m dan katta bo’lmagan chuqurlikdayotgan bo’lsa (yer yuzidan).
238
Konni tarqalish chegaralari tog’ laxmlari (shurflar, burg’ilash quduqlari)
yordamida belgilanadi, ular to’g’ri setka chiziqlari kesishgan nuqtalarda
joylashtiriladi. Laxmlar orasidagi masofa ko’pincha 50-100 m va joyni
sharoitlariga bog’liq. Qoyali jinslarni razvedkalashda mavjud ochiq joylarni
o’rganish va chuqur bo’lmagan (2-5 m) shurflar qazish (ustki qatlam va elyuviy
qatlami qalinligi aniqlash uchun) bilan cheklanadi. Cho’kindi jinslarni
razvedkalashda tog’ laxmlari chuqurligi foydali qazilmani to’liq qalinligigacha
yoki qatlamni qazishga mo’ljallangan qismigacha o’tiladi.
Razvedka tog’ laxmlari geologik kesimlar tuzishga imkon beradi, ular
bo’yicha foydali qazilmani yotish tuzilishi, ustki va foydali qatlam qalinligini
bilish, konni ishlatishda grunt suvlarini ta’siri haqidagi masalani yechish mumkin.
Foydali qazilmani sifatini razvedka laxmlari yordamida o’rganish uchun
o’ziga xos namunalar olinadi. Laboratoriya sinovlari o’tkazilish uchun quyidagi
miqdorda namna olish lozim: qum – 2-3 kg, graviy – 10-158 kg, tosh – 15-20 kg
va x.k.
Mufassal razvedka uchun texnik topshiriqni talablariga to’liq javob
beradigan bitta yoki bir nechta uchastka tanlanadi. Bu razvedkaning asosiy
vazifalari: zaxiralarni aniqlashtirish, qo’shimcha geologik va gidrogeologik
ma’lumotlar to’plash va foydali qazilmani yaxshilab namunalash.
Mufassal razvedkani o’tkazish jarayonida konni qazib olishni texnik
sharoitlari aniqlanadi, qazib olishni uslubi belgilanadi, tog’ ishlarini o’tkazishga
texnika aniqlanadi, foydali qazilmani qazib olishni texnologik sxemasi belgilanadi
va x.k.
Zaxiralar tasnifi va qurilish materiali miqdorini hisoblash. Zaxira deganda
geologik tanani hajmi, tuzilishi, xususiyatlari, yotish sharoitlari va tog’ qazib
olish ishlarini o’tkazishbo’yicha kompleks ma’lumotlar tushuniladi. Rossiyada
foydali qazilmalarni zaxiralari A, V va C kategoriyalari bo’yicha tasniflanadi, ular
o’z navbatida C
1
va C
2
ga bo’linadi. Har bir bo’limga (kategoriyaga) quyidagi
mazmun beriladi:
239
Do'stlaringiz bilan baham: |